I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHprot yoki kilki
- Tyulkalar yoki kaspiy kilkilariga
Seldsimonlar oilasi. Sel’dsimonlar oilasi vakillar asosan okean baliqlari. Seldlar oilasiga
190 tur, 50 oila baliqlari kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, yer sharida keng tarqalgan, chuchuk suvlarda ham uchraydi. Ba’zilari esa ko‘payish uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlar gala bo‘lib yashaydigan baliq hisoblanadi, umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tangchalarissikloidli, engil ko‘chadigan. Tanasida yon chiziqlar yo‘q. Suzgich pufagining oldingi qismida o‘simtalar bo‘lib, bular bosh suyagining eshitish kapsulasiga ochiladi va rezanator vazifasini bajaradi. Seldsimonlar oilasi vakillari ovlanadigan baliqlarni orasida asosiy ovlanadigan hisoblanadi. Bu oilaga okean seldi, atlantik seld, boltiq seldi va boshqalar kiradi. Okean seldi Atlantik va Tinch okeanlarida yashaydi. 2 ta gurug‘i bor: ko‘p umurtqali va kam umurtqali. Ko‘p umurtqali seldlarga atlantik seldi, boltiq seldi yoki salaka kiradi. Kam umurtqalilarga tinch okeani seldi va oqdengiz deldi kiradi. Atlantik seldi Atlantik okeanining shimol qismida keng tarqalgan. Boltiq seldi yoki salaka kenja tur hisoblanadi atlantik okeani seldining. SHprot yoki kilki avlodining vakillarida tish bo‘lmasligi va qorin tomondagi to‘sh tangachalari kuchli rivojlanganligi bilan farq qiladi. Uvildiriqlari pelagik. SHprotlar dengiz gala baliqlari bo‘lib, Boltiq dengizidan to O‘rta Yer va Qora dengizgacha Evropa qirg‘oqlarida yashaydi. Boltiq shproti Boltiq dengizida yashaydi. Kilki qora dengiz shproti deyiladi Qora dengizda yashaydi. SHprotlardan asosan konsyervalar tayyorlanadi. Tyulkalar yoki kaspiy kilkilariga 4 tur kiradi. Bular asosan kichik razmyerli baliqlar. Kaspiy Azov va Qora dengizda uchraydi. Qorin qismi ikki tomondan siqilgan, tangachalari tikansimon. Anal suzgichlaridagi ikkita o‘qi uzunchoq. Og‘zi tepada, kichik va tishsiz. Uvildiriqlari pelagik. SHo‘r hamda chuchuk suvlarda yashaydi. Kilkilarning tana razmyerlari kichik, syerpushligi uchun va gala bo‘lib yashashganligi sababli yirtqich baliqlarning oziqasi hisoblanadi. Ba’zi dengizlarda (Azov, Qora dengiz) ular delfinlaga oziqa bo‘ladi. Kaspiy dengizida kilkilarni elektr to‘rlar bilan ovlaydi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling