I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
 
Orol bahrisi 
Acipensyer nudiventris Lovetzky 
Tavsifi. Tumshug‘i konussimon, tanasi torpedasimon. Xaraktyerli belgisi – birinchi 
bo‘rtmasi yirik va pastki labi bir tekis, o‘rtasidan ajralmagan. Elka suzgich qanotida 46-52, anal 
suzgich qanotida 26-37 shu’lalar bor. Elka bo‘rtmalari 11-17, yon bo‘rtmalari 52-72, korin 
bo‘rtmalari 11-17 ta. Tana uzunligi 2 metrgacha va undan ortiq, og‘irligi 50 kg va undan ortiq 
(2-rasm). 


3.2-rasm. Acipensyer nudiventris 
Tarqalishi. Orol, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari havzalari. Amudaryo va Sirdaryo. 
Biologiyasi. Urchishi davri mart oyining oxiridan to maygacha daryolarning tubi shag‘alli 
bo‘lgan joylarida o‘tadi. Ikki yilda 1 marta ko‘payadi. Absolyut syerpushtliligi 1 mln. dona, 
odatda 200-400 ming dona uvildiriq tashlaydi. Uvildirig‘i qora. Kattalari mollyuskalar, mayda 
baliqlar bilan ovqatlanadi. 
Ahamiyati. Suv omborlari qurilishi natijasida ovlanish ob’ekti sifatida o‘zining 
ahamiyatini yo‘qotgan. Juda noyob. Ovlash taqiqlangan. O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. 
Sirdaryo kurakburuni 
Pseudoscaphirhinchus fedchenkoi (Kesslyer) 
Tavsifi. Tumshug‘i kurak shaklida bo‘lib, baliq tanasi uzunligining 15 dan 30 foizigacha 
tashkil qiladi. Tanasi bo‘rtmalar orasida suyakli donachalar bilan qoplangan. YUqorgi labi o‘yiq, 
pastkisi o‘rtasidan uzilgan. Elka suzgich qanotida 27-36, anal suzgich qanotida 15-20 shu’lalar 
mavjud. Elka bo‘rtmalari 15-22, yonlariniki 34-46, qorinniki 5-9. Oyquloq ustunchalari 6-8. 
Tana uzunligi dum ipini hisobga olmaganda 30 sm gacha (3-rasm). 
3.3-rasm. Pseudoscaphirhinchus fedchenkoi 
Tarqalishi. Sirdaryo. 
Biologiyasi. Etarlicha o‘rganilmagan. Bahorda daryolarning tubi toshli bo‘lgan joylarida 
urchiydi. Syerpushtliligi 1500-4000 dona uvildiriq atrofida. Uvildirig‘i sariq-kulrang. Suv 
tubidagi umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. 


Ahamiyati. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash taqiqlangan. O‘zbekiston Qizil 
Kitobiga kiritilgan. Juda noyob. Sirdaryo kurakburunini oxirgi marta ovlashganligi haqidagi 
ma’lumotlar 1960-yillarga daxildordir. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling