10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: Suyakli baliqlar. Seldsimonlar turkumi.
Losossimon baliqlar.
Umumiy tuzilishi,
xaraktyerli belgilari. Hazm qilish organlari
Kerakli materiallarva jihozlar: Kambalasimonlar turkumi. Kambalalilar oilasi
vakillarining
fiksatsiya qilingani, vannacha, skalpel, pinset, qaychi,
preparoval ninalar, qo’l
lupalar, Kambalasimonlar tashqi va ichki tuzilishiga doir jadvallar.
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga suyakli baliqlar. seldsimonlar turkumi,
lasossimon
baliqlar, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.xazm qilish organlari to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar byerish va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va kunikmalarini shakllantirish.
Mazmuni. Suyakli baliqlarning 40 dan ortiq turkumlari bor. Umurtqa pog‘onasi suyakdan
iboratligi bilan o‘ziga xos xaraktyerga ega. Tangachalari suyak,ssikloidli yoki ktenoidli. Suzgich
pufagi ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufag yoki yopiq pufagli. Ko‘pchilik
turlarida arterial
konus yo‘q spiral klapan mavjud.
Seldsimonlar (
Clupeiformes)
turkumining umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.
Seldsimonlar turkumiga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi. Bu turkumga seldlar va
anchouslar oilalari kiradi. Tanasining umurtqalarining o‘rtasida teshik mavjud.
Suzgich pufagi
ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufagli bo‘ladi. Yon chiziqlari yo‘q. Suzgich qanotlarining
shu’lalari yumshoq va bo‘g‘imli bo‘lishi xaraktyerli. Seldlar dunyoda
tutilayotgan baliqlarning
37 foizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: