I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Treskasimonlar turkumi. Nalim, navaga, sayka, piksha. Tarqalishi va uchrash 
areallari 
 
Mazmuni. Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. 
Treskasimonlar (Gadiformes) turkumining ko‘p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning 
dengizga quyiladigan joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va 
boshqalar) tarqalgan, suv tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq SHarqda 
SHimoliy dengizda treska (Gadus morhua) yashaydi.
Treskasimonlar turkumi vakillarining xaraktyerli belgilari: 
-
ostki jag‘ida mo‘ylovlari bor; 
-
orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; 
-
hamma suzgich qanotlari yumshoq; 
-
suzgich qanotlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan shu’lalari mavjud; 
-
qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan 
xaraktyerlanadi.
Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi 
ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi 
uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko‘pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi
aksariyati endem turlardir. Bular shu yerda paydo bo‘lgan va shu yerdan boshqa joylarga 
tarqalgan. Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga kirib 
kelgan, masalan navagalar, Amyerikaga xuddi shunday borib qolgan.
Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq suvni 
yaxshi ko‘radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni 
chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar 
pelagik hayot kechiradi. Qirg‘oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m 
chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turi treskacha. 
Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. Esmarka 
va saykalarni tana uzunligi 30 sm. 
Asosan qishda tuxum qo‘yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo‘yadigani ham bor 
(pikshalar). Treska juda syerpusht bo‘lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo‘yadi. Ayrimlarining 
yashash joyiga ko‘ra urchishi ham har xil davrga to‘g‘ri keladi. Masalan mintaylar Koreya 
dengizlari qirg‘og‘ida noyabr-dekabrda tuxum qo‘ysa, Byering dengizida fevral-aprelda tuxum 
qo‘yadi. 
Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar 
bentofag. Treska, sayda, myerluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko‘p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, myerluzalar, saydalar, 
Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. 
Treskasimonlar turkumining 3 ta kenja oilasi bor: 
Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasi 
Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi 
Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi 
Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasining xaraktyerli belgisi: 


orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichi 2 ta. Mo‘ylovlari bor. Bir nechta (9 ta avlodi) avlodlari 
ma’lum. Sanoat ahamiyatiga ega. Bu oilaga kiradi: mintay, sayda, piksha, navaga, putass va 
boshqalar.
Treska avlodi - Gadus. Treska – Gadus morhua kiradi. Bir nechta kenja turlari ma’lum, 
masalan atlantik treskasi - Gadus morhua morhua. Boltiq treskasi, tinch okeani treskasi va 
boshqlar.
Treskalar yilning hamma vaqtida oziqlanadi, faqat urchishdan oldin oziqlanmaydi, ayniqsa 
urchish davrida umuman oziqlanmaydi. Kichiklari umurtqasiz hayvonlar bilan voyaga etganlari 
esa baliqlar bilan oziqlanadi.
Pikshalar avlodi – Melanogrammus. Pikshalarni o‘zi kiradi bu avlodga. Pikshalar sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosiy xaraktyerli belgilar orqasi qoramtir bo‘ladi.
Myerlanglar avlodi – Odontogadus. Myerlang - Odontogadus myerlangus turi Evropa 
dengizlarida uchraydi.
Mintaylar avlodi – Thyeragra. Mintay. Tinch okeani endem turi. Sanoat ahamiyatiga ega.
Putasslar avlodi – Micromesistius. Janubiy va shimoliy putasslar farq qilinadi.
Arktika treskasi avlodi – Arctogadus.
Navaga avlodi - Eleginus. CHuqurlikda yashaydi. Dengizdan daryolargacha kirib keladi. 2 
ta turi ma’lum: shimol navagasi, tinch okeani navagasi.
Saykalar avlodi yoki qutb treskasi – Boreogadus saida. Sovuqni sevadi.
Esmarka treskachasi – Tricoptyerus. Esmarka treskachasi - Tricoptyerus esmarki.
Demak, treskalar sanoat ahamiyatiga baliqlar bo‘lib, ular faqat go‘shti uchun emas, balki 
baliq moyi deb ataladigan, ya’ni vitaminga boy bo‘lgan jigar moyi uchun ham ovlanadi. 
Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi. 1 ta avlod - Nalimlar avlodi kiradi. Bu avlodga 
dengiz cho‘rtanlari yoki molvalar, ikki mo‘ylovli, to‘rt mo‘ylovli, besh mo‘ylvli nalimlar va 
boshqalar kiradi.
Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi. Myerluzalar avlodi kiradi. Bu avlod 
vakillari – kap myerluzasi, kumush rang myerluza, Evropa myerluzasi, tinch okean myerluzasi 
va boshqlar kiradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling