I X t I o L o g I y a
Ugorsimonlar (Anguiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Ugorsimonlar (Anguiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.
Ugorsimonlar ilonbaliqlar ham deyiladi. Ularning tanasi uzunchoq, ilonsimon shuning uchun ilonbaliq nomini olgan. Ugorsimonlar xaraktyerli belgilari: - ochiq pufagli; - suzgich qanoti yumshoq; - mezokaroid mavjud emas; - tanasi uzunchoq, ilonsimon; - tanasissikloid tangacha bilan qoplangan, ba’zan yalong‘och ham bo‘lishi mumkin; - qorin suzgichlari yo‘q. Ugorsimonlar turkumining 22 ta oilasi bo‘r davridan ma’lum. Bular hammasi tropik va subtropik dengiz baliqlari hisoblanadi. Bu turkum vakilidan faqat daryo ugrisi - Anguillidae chuchuk suvda uchrashi mumkin. Ugorsimonlarning ko‘pchilik vakillari voyaga etgan davrda qirg‘oqqa yaqin joylarda hayot kechiradi. Ba’zi vakillari esa juda chuqurliklarda uchraydi, masalan,ssiemsimonlar – Cyemidae va Synaphobranchidae. Voyaga etgan ugorsimonlarning deyarli barchasi oziqlanishiga ko‘ra yirtqichlar hisoblanadi. Ugorsimonlar orasida baliqlar parazitlari ham bor, masalan, maymun ugor – Simenchelys parasiticus Gili – yirik baliqlarga tashlanadi, tanasini yirtib ichki organlari bilan oziqlanadi. Ugorsimonlar dengizning ancha chuqur joylarida ko‘payadi. Ikralari pelagik. Metamormoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka ota- onasiga o‘xshamaydi, bir necha o‘zgarishlar bilan rivojlangandan keyin ta-ona organizmiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Bunday rivojlanish metamorfoz orqali rivojlanish deyiladi. Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Treskasimonlar (Gadiformes) turkumining ko‘p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning dengizga quyiladigan joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va boshqalar) tarqalgan, suv tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq SHarqda SHimoliy dengizda treska (Gadus morhua) yashaydi. Treskasimonlar turkumi vakillarining xaraktyerli belgilari: - ostki jag‘ida mo‘ylovlari bor; - orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; - hamma suzgich qanotlari yumshoq; - suzgich qanotlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan shu’lalari mavjud; - qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan xaraktyerlanadi. Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko‘pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi, aksariyati endem turlardir. Bular shu yerda paydo bo‘lgan va shu yerdan boshqa joylarga tarqalgan. Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga kirib kelgan, masalan navagalar, Amyerikaga xuddi shunday borib qolgan. Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq suvni yaxshi ko‘radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar pelagik hayot kechiradi. Qirg‘oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turi treskacha. Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. Esmarka va saykalarni tana uzunligi 30 sm. Asosan qishda tuxum qo‘yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo‘yadigani ham bor (pikshalar). Treska juda syerpusht bo‘lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo‘yadi. Ayrimlarining yashash joyiga ko‘ra urchishi ham har xil davrga to‘g‘ri keladi. Masalan mintaylar Koreya dengizlari qirg‘og‘ida noyabr-dekabrda tuxum qo‘ysa, Byering dengizida fevral-aprelda tuxum qo‘yadi. Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar bentofag. Treska, sayda, myerluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko‘p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, myerluzalar, saydalar, Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. Treskasimonlar turkumining 3 ta kenja oilasi bor: Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasi Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasining xaraktyerli belgisi: orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichi 2 ta. Mo‘ylovlari bor. Bir nechta (9 ta avlodi) avlodlari ma’lum. Sanoat ahamiyatiga ega. Bu oilaga kiradi: mintay, sayda, piksha, navaga, putass va boshqalar. Treska avlodi - Gadus. Treska – Gadus morhua kiradi. Bir nechta kenja turlari ma’lum, masalan atlantik treskasi - Gadus morhua morhua. Boltiq treskasi, tinch okeani treskasi va boshqlar. Treskalar yilning hamma vaqtida oziqlanadi, faqat urchishdan oldin oziqlanmaydi, ayniqsa urchish davrida umuman oziqlanmaydi. Kichiklari umurtqasiz hayvonlar bilan voyaga etganlari esa baliqlar bilan oziqlanadi. Pikshalar avlodi – Melanogrammus. Pikshalarni o‘zi kiradi bu avlodga. Pikshalar sanoat ahamiyatiga ega. Asosiy xaraktyerli belgilar orqasi qoramtir bo‘ladi. Myerlanglar avlodi – Odontogadus. Myerlang - Odontogadus myerlangus turi Evropa dengizlarida uchraydi. Mintaylar avlodi – Thyeragra. Mintay. Tinch okeani endem turi. Sanoat ahamiyatiga ega. Putasslar avlodi – Micromesistius. Janubiy va shimoliy putasslar farq qilinadi. Arktika treskasi avlodi – Arctogadus. Navaga avlodi - Eleginus. CHuqurlikda yashaydi. Dengizdan daryolargacha kirib keladi. 2 ta turi ma’lum: shimol navagasi, tinch okeani navagasi. Saykalar avlodi yoki qutb treskasi – Boreogadus saida. Sovuqni sevadi. Esmarka treskachasi – Tricoptyerus. Esmarka treskachasi - Tricoptyerus esmarki. Demak, treskalar sanoat ahamiyatiga baliqlar bo‘lib, ular faqat go‘shti uchun emas, balki baliq moyi deb ataladigan, ya’ni vitaminga boy bo‘lgan jigar moyi uchun ham ovlanadi. Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi. 1 ta avlod - Nalimlar avlodi kiradi. Bu avlodga dengiz cho‘rtanlari yoki molvalar, ikki mo‘ylovli, to‘rt mo‘ylovli, besh mo‘ylvli nalimlar va boshqalar kiradi. Myerluzasimonlar- Myerluccinae kenja oilasi. Myerluzalar avlodi kiradi. Bu avlod vakillari – kap myerluzasi, kumush rang myerluza, Evropa myerluzasi, tinch okean myerluzasi va boshqlar kiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling