I X t I o L o g I y a


 Bir o‘pkalilar turkumi (Monopneumones)


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

1. Bir o‘pkalilar turkumi (Monopneumones) 
Bitta oilasi (Cyeratodidae) va hozirgi zamonda yashaydigan bitta Neocyeratodus avlodi 
bor. Vakili neotsyeratod (N. forsteri). Bu hozirgi eng yirik ikki xil nafas oluvchi baliq bo‘lib, 
uzunligi 175 sm. SHarqiy Avstraliyaning Kvenslend daryosida tarqalgan. Ikkita simmetrik 
qismga bo‘linmagan toq o‘pka xaltasi bo‘lishi bilan xaraktyerlanadi. Jabralari yaxshi 
rivojlangan. Neotsyeratod ham o‘pka bilan, ham jabra bilan yoki aloxida aloxida nafas olishi 
mumkin. SHuning uchun ham boshqa baliqlar yashay olmaydigan, o‘simliklar o‘sib ketgan 
suvlarda yashay oladi. YOzda suv kamayib, o‘simliklar chirishi bilan suvda kislorod nixoyatda 


kam bo‘lgan vaqtda ular qisman yoki to‘liq o‘pka orqali nafas oladi. Baliq tez tez suv satxiga 
ko‘tarilib, shalpillab tovush chiqarib, xavodan nafas oladi. Kuzda xovuzlar asta sekin to‘lishi 
bilan o‘pka orqali nafas olishningmoxiyati kamayadi va ko‘pincha qonning oqsillanishi jabra 
orqali bo‘ladi. Neotsyeritodlar butunlay qurib ketmaydigan xavzalarda yashagani uchun uyquga 
ketmaydi. Suv tubiga yaqin joylarda yashab, ko‘p vaqt suv tubida yotadi. Qisqichbaqasimonlar, 
chuvalchanglar va molyuskalar bilan oziqlanadi. Sentabr oktabr oylarida urchiydi. Tuxumini 
o‘simliklar orasiga qo‘yadi. O‘zgarishsiz rivojlanadi, yosh baliqchalarda tashqi jabralar 
bo‘lmaydi. 
Qo‘sh o‘pkalilar turkumi (Dipneumones) 
Bu turkumga o‘zaro juda yaqin bo‘lgan ikki oila; tropic Afrikada tarqalgan Protopteridae 
va Janubiy Amyerikaning Amazonka vodiysida yashaydigan Lepidosirenidae kiradi. Birinchi 
oilaga protoptyerus (Protoptyerus) avlodiga mansub bir necha tur. Ikkinchisiga esa bir avlod va 
bir tur lepidosiren (Lepidosiren) kiradi. Qo‘sh o‘pkalilarga jabra orqali nafas olishning axamiyati 
jabra bilan nafas olishga nisbatan ko‘p. Bu baliqlar suvda kislorod ko‘p bo‘lganda ham o‘pka 
bilan nafas bilan yashay olmaydi. Juft suzgichlarning rivojlanmaganligi va ularning ingichka 
chilvir shaklda bo‘lishi xaraktyerlidir. Ular neotsyerotidlarga nisbatan mayda; lepidosirenniki 
125 cm gacha, protopteusniki 140 sm gacha uzunlikda. 
Daryolarda va bazan butunlay qurib qoladigan sayoz botqoqliklarda yashaydi. Protoptyerus 
xavzalar qurigan vaqtda baliqqa ko‘milib, kapsulaga o‘ralib oladi. Lepidosiren kapsula hosil 
qilmaydi. YOzgi uyqusi 5 oy davom etadi. Sun’iy holatda protoptyerus 3-4 yil uxlashi mumkin. 
Uxlagan vaqtda faqat o‘pka orqali nafas oladi. Xavo tuproqdagi yo‘laklar orqali og‘iz 
bo‘shlig‘iga yoki burun teshiklari orqali o‘pkasiga o‘tadi. YOmg‘ir fasli boshlanishi bilan baliq 
uyg‘onadi. Uyqu davrida protoptyerusda faqat nafas olish emas balki azot almashinuvi ham 
o‘zgaradi. Masalan, suvda bo‘lganda siydigida (huddi boshqa baliqlardagi singari) ammiak ko‘p 
bo‘ladi. Uning xissasi mochevinaga nisbatan 3 marta ko‘p. Suvda bo‘lmagan vaqtida bu nisbat 
aksincha bo‘ladi.
Hozirgi bosh skeletlilar (ya’ni umurtqalilar) orasida eng soddasi to‘garak og‘izlilar 
(Ceclostomata)dir. SHu bilan bir qatorda, ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar ekanligi ma’lum. 
Afsuski, paleontologiya umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi savolga bevosita javob 
byermaydi. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davrlariga 
mansub. Bu qatlamlardan qalqonlilar yoki pansirlilar (Ostrocodyermi)sinfi deb ataluvchi 
balisimon hayvonlar topilgan. Tansasini qoplab turgan yirik suyak qalqonga qarab ularga 
shunday nom berilgan.
Qalqonlilar ma’lum darajada to‘garak og‘izlilarga yaqin. O‘xshashlik ularda gipofizlar 
xaltachaga ochiluvchi toq burun teshigi, jag‘ apparati bo‘lmasligi, jabra yoylarining bo‘g‘imlarga 
bo‘linmaganligi, jabralari entodyermal ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo‘lmasligi, 
qulog‘ida faqat ikkita yarim aylana kanallar bo‘lishidan ko‘rinadi. Ostrocodyerme lar hozirgi 
to‘garak og‘izlilar singari, Agnatha guruhiga kiradi.
Qalqonlilar faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ancha muhim biologiyasi bilan ham 
to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Aksariyat qalqonlilar tanasi elka-qorin tomoni bo‘ylab 
yassilashgan, aytilganidek, suyak qalqon bilan qoplangan bo‘ladi. Bu esa ular suv tubida 
yashagan, deb taxmin qilishga imkon byeradi. Bosh qalqonining orqa tomonida joylashgan 
ko‘zlari ham shuni tasdiqlaydi. Ularda tepa ko‘z yaxshi rivojlangan bo‘lgan. Boshining orqa 
tomonida boshlang‘ich ko‘krak suzgichlarini eslatuvchi ikkita o‘simtasi bor. Og‘zi xuddi hozirgi 
to‘garak og‘izlilarniki kabi so‘ruvchi tipda bo‘lgan va ular plankton va detrit bilan oziqlangan.


Qalqonlilar ancha katta guruh bo‘lib, uch turkumni tashkil qiladi. Ularga boshqa 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling