I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga tikanurlilar turkumi, okunsimonlar, skumbriyalar, 
tunenslar to‘g‘risida umumiy ma’lumot byeriladi va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va 
kunikmalar shakllantiriladi. 
 
Talabalarga treskasimonlar turkumi. nalim, navaga, sayka, piksha. tarqalishi va uchrash 
areallari to‘g‘risida umumiy ma’lumot byeriladi va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 
 
 
 


14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Kambalasimonlar turkumi. Kambalalilar oilasi. Tuzilishi, biologiyasi. 
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga kambalasimonlar turkumi, kambalalilar 
oilasi. tuzilishi, biologiyasi to‘g‘risida ma’lumot byerish va ularning bilimlarini rivojlantirish. 
Mazmuni. Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli 
belgilari. Kefalsimonlar turkumi vakillarining tanasi duksimon. Kefalsimonlar turkumining 
xaraktyerli belgilari: 
-
qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlarining orqasida joylashgan; 
-
orqa suzgichlari ikkita; 
-
tanasissikloid tangacha bilan qoplangan. 
Bu turkumning 2 ta kenja turkumi ma’lum 
3.
Dengiz cho‘rtansimonlar (Sphyraenoidei) kenja turkumi vakillari jag‘larida o‘tkir 
va kuchli tishlari bo‘lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. 
Oddiy cho‘rtan daryo va ko‘llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o‘tlari orasida 
yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo‘jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka 
birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 3 m ga etadi. 
4.
Kefalsimonlar (Mugiloidei) kenja turkumiga 2 ta oila kiradi. 
Kefalsimonlar (Mugilidae) va aterinsimonlar (Athyerinidae) oilalari. 
Kefalsimonlar oilasiga singillar, lobanlar, o‘tkir tumshuqlilar, pilengaslar va boshqalar 
kiradi. Boshi unchalik katta emas, og‘zi kichik, tishlari mayda, tanasida yon chiziqlari yo‘q. Iliq 
va o‘rtacha sovuq suvlarda uchraydi, masalan, Atlantik, Tinch, Hind okeanlarida. Bular 
qirg‘oqqa yaqin joylarda yashaydi. Lobanlar - asosan chuchuk suv baliqlari hisolanadi. Uzunligi 
75 sm. Ko‘krak suzgichlarida uzunchoq tangachalari mavjud.YOsh lobanlar zooplakton bilan, 
voyaga etganlar – hamaxo‘r (o‘simliklar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, detritlar). 
Singillar –O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Azov dengizlarda yashaydi. Kaspiy dengiziga 
iqlimlashtirilagan.
Aterinsimonlar unchalik katta bo‘lmagan dengiz yoki chuchuk suv baliqlari bo‘lib, tropik 
va subtropik dengizlarda yashaydi. Bularda boshi yon tomondan siqilgan bo‘ladi. Qora dengiz, 
Azov dengizlarda va Kaspiy dengizlarda uchraydi. Tanasida kumush rang yo‘l bor. Aterinlarni 
ham bir qancha turlari majud, masalan qora dengiz aterinasi va boshqlar. Sanoat ahamiyati 
unchalik katta emas.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling