I X t I o L o g I y a


Okunsimonlar (Pyerciformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Okunsimonlar (Pyerciformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. 
Okunsimonlar turkumi eng keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan baliqlar. 150 dan ortiq oilalari 
va 6 mingdan ortiq turi bor. Okunsimonlar turkumi xaraktyerli belgilari: 
-
suzgich pufagi yopiq; 
-
suzgichlarida tikanlari bor; 
-
tanasi ktenoidli yokissikloidli tangchalar bilan qoplangan. 
Okunsimonlar dengiz baliqlari hisoblanadi, lekin chuchuk suvlarda ham uchraydi. Juda 
ko‘p turlari yoki oilalari vakillari sanoat ahamiyatiga ega, masalan, okunsimonlar, 
skumbriyasimonlar va boshqalar. 
Okunsimonlar turkumining bir nechta kenja turkumlari bor. 
1.
Okunsimonlar (Pyercoidei) kenja turkumi. Bu turkumga syerranlar, okunlar, 
sultan okuni, stavridlarquloqli okunlar, lufarlarsparlar yoki dengiz karasi, bukrilar, gubanlar, 
dengiz ajdarchasi, yulduzsimonlar va boshqa oilalar kiradi. 


Syerranlar oilasi – anal suzgichlarida 3 ta nur bor, orqa suzgichi odatdagidek 1 ta, qorin 
suzgichlarida 5 ta nur bor. Tropik va subtropik suvlarda keng tarqalgan. Yirtqich baliqlar. 
Syerranlar uchun xaraktyerli belgilaridan biri – gyermofrodit. Bitta turni o‘zida ham ikra ham 
spyerma bo‘ladi. Agar ikralar etilsa o‘z-o‘zini otalantiradi.
Okunlar oilasi – tanasi ktenoidli tangacha bilan qoplangan. Anal suzgichida 1 – 2 nurlar 
mavjud. Jabra qopqoqlarining cheti tishchali. Okunlar oilasiga okunlar, sudaklar, yershilar 
pyerkarinlar avlodlari kiradi. Okunlar avlodiga sariq okun, oddiy okun va balxash okuni kiradi. 
Sariq okun asosan Amyerikada tarqalgan.
Oddiy okun Evropa va Morkaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. CHuchuk suvlarda 
yashaydi, ayniqsa kislorod rejimi yaxshi suvlarda ko‘p uchraydi. Xaraktyerli belgisi: 
-
tanasi mayda ktenoidli tangachalar bilan qoplangan; 
-
birinchi orqa suzgichi ikkinchisidan yuqoriroqda joylashadi; 
-
birinchi orqa suzgichlarida qora dog‘lari bor; 
-
tanasi yashil-sariq; 
-
tanasida 5-9 ta ko‘ndalang qoramtir yo‘llari bor; 
-
qorin, anal va dum suzgichlari ochiq qizil rangda. 
Tana uzunligi 50 sm, og‘irligi 1,5 kg. 2 ta turi bor: birinchisi mayda qirg‘oqqa yaqin 
yashaydiga turi va ikkinchisi yirik turi chuqur joylarda uchraydi. Qirg‘oqda yashaydiganlari gala 
bo‘lib yashaydi. Sekin o‘sadi, zooplankton bilan oziqlanadi. CHuqur joylarda yashaydigan turlari 
tez o‘sadi, baliqlar bilan oziqlanadi. Bu ikki tur yashash joyi bilan farq qiladi.
Sametslari 2-3 yoshda, samkalari 3-4 yoshda voyaga etadi, 10-16 sm uzunlikda. Pakana 
sametslari bor 1 yilda voyaga etadigan. Okunlar bahorda ko‘payadi 8-15 grad. Ikralarini 
o‘simliklarning orasiga qo‘yadi. Tasmaga o‘xshash uzun o‘ralgan holda ikralarini tashlaydi. Bu 
ikrali tasmalarni uzunligi qirg‘oq okunlarida 10-40 sm, chuqurlikda yashaydiganlarida 1 m 
bo‘lishi mumkin. 10 mingdan 900 mingta gacha ikra qo‘yadi. Birinchi yilda tez o‘sadi.
Balxash okuni Balxashda keng tarqalgan, yirtqich, xaraktyerli belgisi voyaga etganlarida 
ko‘ndalang yo‘llar yo‘q.
Sudaklar avlodi. Tanasi baland emas, oddiy okun singari. CHuchuk suv va yarim o‘tkinchi 
baliqlar. Qorin suzgichlari orasi uzoq, yaqin emas. Boshida sliz yoki shilimshiq modda 
chiqaradigan chuqurchalar kam. Tanasida ko‘ndalang sariq yo‘llar bor. SHimoliy Amyerika, 
Orol dengizi, Kaspiy va boshqa dengizlarda uchraydi. 5 ta turi ma’lum. 3 ta turi soyuzda 
uchraydi – sudak, byersh, dengiz sudaki. 
Oddiy sudak – Jag‘ida klik (ortiqcha et) bor. YUqori jag‘ suyagi uzun. Tana uzunligi 130 
sm. Og‘irligi 15 kg. Balxash, Issiqko‘lda iqlimlashtirilgan. Voyaga etganlari 40-60 sm bo‘ladi. 3-
7 yoshda voyaga etadi. Ikkita formalari bor: o‘troq va yarim o‘tkinchi. O‘troqlari daryo va suv 
omborlarida yashasa, yarim o‘tkinchilari sho‘r suvlarda hayot kechiradi. YArim o‘tkinchilari tez 
o‘sadi, sanoat ahamiyatiga ega o‘troqlariga nisbatan. 19-20 grad urchiydi. Ikralarini suv 
o‘simliklari ildiziga yaqin joylarga qo‘yadi. Sametslari ikralarni himoya qiladi.200 mingdan 2,5 
mln 
tagacha 
ikra 
qo‘yadi. Ikralari yoshishuvchi, sariq rangda. YOsh sudaklar 
qisqichbaqasimonlar bilan, voyaga etganlari yirtqich (mayda baliqlar). Qimatli sanoat 
ahamiyatiga ega.
Byersh – Kaspiy Azov va Qora dengizlarda tarqalgan. 
Dengiz sudaki – Qora dengiz va Kaspiy dengizda tarqalgan.
Yershilar avlodi – 2 ta turi bor. Oddiy yershi va yersh-nosar yoki biryuchok.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling