I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga kambalasimonlar turkumi, kambalalilar oilasi. tuzilishi, biologiyasi to‘g‘risida ma’lumot byeriladi va ularning bilimlari rivojlantiriladi. 15-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu: Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi. Chuqur suv baliqlari. Baliqlarning filogeniyasi. Mazmuni. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar aloxida tuzilishga ega bolgan, chuchuk suvlarda yashaydigan baliqlardir. Bularda kislorod kam bo‘lgan suvlarda yashashga imkon byeruvchi sodda belgilari bilan bir qatori yuqori darajada moslashgan belgilar ham mujassamlashgan. Jumladan hozirgi vakillari skeletining ko‘p qismi butun umr davomida togaydan iborat bo‘ladi. YAxshi rivojlangan xorda saqlanadi. Umurtqa pog‘onasi deyarli rivojlanmagan bo‘lib, umurtqalarning boshlang‘ich ustki va ostki yoylaridan iborat. Miya qutisi asosan tog‘aydan iborat bo‘lib, faqat ba’zi joylarda suyak bilan qoplangan. YUqorigi jag‘ va jag‘lararo suyaklari yo‘q. Xuddi tog‘ayli baliqlardagi singari ichakda spiral klapon, yurakda esa qisqaruvchi arterial konus bor. Bu belgilarning hammasi sodda tuzilgandir. SHu bilan bir qatorda ikki xil nafas oluvchi baliqlarda tanglay kvadrat tog‘ayi miya qutisiga bevosita qo‘shilib ketadi (aubostiliya). Dum suzgichi difitsyerkal tipda. Nixoyat ikki xil nafas oluvchilarning eng asosiy xususiyati jabra bilan nafas olishdan tashqari o‘pka bilan nafas olishdir. O‘pka bilan nafas olish organi sifatida ichak sistemasining ostki tomoniga ochiluvchi bitta yoki ikkita pufakcha xizmat qiladi. Bu xosilalar suyakli baliqlarning suzgich pufakchalari bilan gomologik emas. Burun teshiklari ochiq bo‘lib, o‘pka orqali nafas olishda ham ishtirok etadi. Qon o‘pkaga to‘rtinchi juft jabra arteriyalaridan chiquvchi maxsus tomir orqali keladi. Extimol, bu tomirlar o‘pka arteriyasiga gomologikdir. O‘pkadan maxsus qon tomirlar qonni yurakka olib boradi. Bu tomirlarni o‘pka venalariga gemologik deyish mumkin. YUrak bo‘lmasida uni qisman chap va o‘ng qismga bo‘luvchi to‘siq bor. YUrak bo‘lmasining chap qismiga qon o‘pka venalaridan, o‘ng qismiga kyuv’yer oqimidan va keyingi kovak venalardan keladi. SHuni qayd qilish kyerakki, kovak vena (ko‘p nurlilardan tashqari) yuqorida tanishilgan kenja sinflarda yo‘q va tomir quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos. Kovak vena o‘ng kardinal venaning ajralishidan hosil bo‘ladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning progressiv belgilaridan yana biri oldingi miyaning kuchli rivojlanishidir. Uning qopqog‘i suyakli baliqlardagi singari epitelial bo‘lmasdan balki nerv xujayralariga ega. Nihoyat, jinsiy-tanosil sistemasi bir tomondan tog‘ayli baliqlarga, ikkinchi tomondan amfibiyalarga o‘xshaydi. Tana boshlig‘iga ochiluvchi myullyer kanali tuxum yo‘li vazifasini bajaradi. Maxsus urug‘ yo‘li yo‘q va jinsiy yo‘l sifatida dastlab mezonefrik buyrakning oldingi qismi orqali o‘tuvchi vol’f kanali xizmat qiladi, unga urug‘ chiqaruvchi kanalchalar qo‘shiladi. Ikki xil nafas oluvchilar o‘rta devonda paydo bo‘lib paleoziy oxirida va mezoziy boshida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda uchta oila va uchta avlodni birlashtirgan ikkita turkumi saqlangan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling