I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Lasoslar oilasi. Tangchalarissikloidli, tanasiga zich o‘tirgan. YOn chiziqlari to‘liq. YOg‘li
suzgichlarga ega. YOn suzgichlari qisqa. Pilorik pridatkilari (o‘simtalari) bor. Oila vakillari o‘tkinchi. Qimmatbaho baliq hisoblanadi, go‘shti mazali va sifatli. 2 ta kenja oilasi bor: lasoslar va sigosimonlar. Lasoslar kenja oilasiga 7 avlod kiradi: tinch okean lasosi, blagarodniy lasos, golsi, taymen, amyerika golsi, oxridskiy lasoslar, lenki. 1. Blagarodniy lasoslar avlodiga– semgalar, kumjalar, forel, sevan kumjasi kiradi. Semga - yirik baliq 1,5 m keladi, og‘irligi 39 kg. Go‘shti qimmatbaholigi bilan farq qiladi. O‘tkinchi formalari dengizlarda yashaydi. Ikrometaniya vaqtida daryoga o‘tadi. Tanasida “x” simon dog‘i bor, bu dog‘ yon chizidan yuqorida. Orqa tomoni ko‘k-kulrang, qorin tomoni kumush-oq rang. Sametslarining yon tomonida tanasida jabra qopqoqlarida qizil dog‘ paydo bo‘ladi, terisi qalinlashib dag‘allashadi, pastki jag‘i uzunlashadi va uchki qismida tog‘ay ilmoq rivojlanadi. Bu davrda sametslari lox deyiladi. Kumja – tangachasi kichik semgalarga nisbatan. “X” simon dog‘ yaxshi ko‘rinadi. Kenja tiplari ko‘p: qora dengiz kumjasi, aral kumjasi, kaspiy kumjasi va boshqalar. Uzunligi 70 sm, og‘irligi 13 kg. Kumjaning kenja turi – forel. Forel – baliqchilik xo‘jaligining samarali ob’ekti hisoblanadi. Kumja o‘tkinchi baliq, bularning kuzgi va bahorgi formalari bor. Oziqlanishiga ko‘ra – yirtqich. Sevan foreli akklimatizatsiya qilingan kenja tur hisoblandi (Issiqko‘lda). Jabra yaproqlari ilmoqsimon kengaygan. 5 ta formalari bor, bu formalari bir-biridan joyi va ko‘payishi muddati bilan farq qiladi. 2. Tinch okean lasosi avlodi o‘tkinchi, chuchuk suv baliqlari hisoblanadi. Tishli katta og‘iz bilan xaraktyerlanadi. Anal suzgichida shoxlangan shu’lalari mavjud. Og‘zi katta, tishlari bor. Anal suzgichi uzun, o‘tkinchi. CHuchuk suvdagi formalari karlikoviy. Tinch okeani lasosi - ketalar, gorbusha, chavicha, kijuch, nyerka, simalar kiradi. Keta – Tangchasi yirik, yaproqchalarai kam, O‘kinchi, ko‘p ovlanadigan baliq. Uzunligi 1 m, og‘irligi 14 kg. Sametslari tez o‘sadi samkalariga nisbatan. YOzgi va kuzgi formalari mavjud. Gorbusha – tangachalari kichik, bular mayda, tez o‘sadigan baliqlar. Maksimal uzunligi 68 sm. O‘tkinchi. Soni juda ko‘p. Nyerka – Tangchalari yirik, jabra yaproqchalari juda ko‘p. O‘tkinchi. Uzunligi 80 sm, og‘iirligi 5 kg. Chavich – tanasining orqa va yon tomonida mayda yumaloq qora dog‘lari bor. Uzunligi 1m, og‘irligi 20-25 kg. Kijuch – boshi qalin, peshonasi keng baliq, tanasi kumush rang. O‘tkinchi va tinch formalari bor. Uzunligi 88 sm, og‘irligi 6,8 kg. Sima – anal suzgichida o‘ymalari bor. Tanasining orqasida kichik, qora dog‘lar bor. O‘tkinchi va tinch formalari bor. 7. Gol’silarga arktik goletslar. 8. Amyerika goletslari kiradi. 5. Taymen avlodiga oddiy taymen, saxalin taymeni, koreya taymenlari kiradi. 6. Lenki avlodiga bitta tur lenkichalar kiradi. 7. Oxridskiy lasoslar kiradi. Sigosimonlar kenja oilasiga 3 ta avlod kiradi: nelmalar, sigalar, valkilar kiradi. 1. Nelmilarga oq baliq, nelma kiradi.2. Sigalarga ryapushkalar kiradi. 3. Valkilarga tanasi uzunasiga valkovatiy bo‘lan baliqlar kiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling