4. 2-mavzu: Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi Reja


Download 85 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1604768
  1   2   3   4
Bog'liq
4.2-мавзу


4.2-mavzu:Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi


Reja:



  1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o’rni.

  2. Qisqacha tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari, ularni iqtisodiga ta’siri.

  3. Aholisi va davlat tuzimi

  4. Xo’jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari:

    1. Sanoati

    2. Qishloq xo’jaligi

    3. Transporti

  5. Ichki tafoutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.

1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o’rni. Rossiya Federatsiyasi – Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan davlat. Maydoni 17.075 000 km2 bo’lib, dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barliq, Oq, Qora, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota Yapon dengizlari (Tinch okean) va 16 davlat bilan chegaradosh.


Ma’muriy jihatdan 89 sub’ekt: 21 respublika, 6 o’lka, 49 viloyat, 2 federal shahar (Moskva, sank-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okruga bo’linadi.
Rossiyada 2000 y. Markaziy , Shimoliy-G’arbiy, Janubiy, Volga bo’yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq federal okruglari tashkil etildi.
Rossiya xududi meridian bo’ylab 2,5 - 4 ming kmga, g’arbdan sharqqa 9 ming km ga cho’zilgan. Rossiya hududining 45% o’rmon, ;% suv, 13% qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, 19 % bug’u yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.
2. Qisqacha tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari, ularni iqtisodiga ta’siri. Rossiya maydonining qarayib 70% tekislik. G’arbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (cheka shim.-g’arbida dengiz iqlimi), Sibir va Uzoq Sharq shimolda keskin kontinantal, Janubda musson iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi Yevropa qismining g’arbida va Kavkaz shimolida 0 – 5o, Saxa sharqida – 40o – 50o , iyulning o’rtacha temperaturasi 1odan, 24-25o gacha yetadi. Eng ko’p yog’ingarchilik Kavkaz tog’larida (yiliga 3200 mm gacha), uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha), Sharqiy Yevropa tekisligi o’rmon zonasida (850 mm gacha) yog’in tushadi.
Rossiyada uzunligi 10 km.dan oshadigan 120 ming ga yaqin daryo bor. 2 mln.dan ortiq chuchuk va sho’r suvli ko’li bor.
Rossiya juda boy mineral – xom ashyo zahiralariga ega. Dunyodagi 7 ta eng yirik ko’mir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Dunyodagi temir rudasi, berilliy zahirasining 30 %, neftning 17-18 %, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70-75%, palladiyning 50% nikelning 40%, uranning 10 % i Rossiyada joylashgan. Jumladan, Uralda boksit, Shimoliy Kavkaz, O’rta va janubiy Ural, Sharqiy Sibirda miss, Saxosda olmos konlari mavjud.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling