Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13. 4bio-20 guruh talabasi Qurbonova Mohitabonning ixtiologiya va baliq kasalliklari fanidan mustaqil ta’lim uchun tayyorlagan taqdimoti
Download 10.88 Kb.
|
QURBONOVA MOHITABON IXTIOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Losossimon baliqlarning o‘ziga xos belgilari.
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13.4bio-20 guruh talabasi Qurbonova Mohitabonning ixtiologiya va baliq kasalliklari fanidan mustaqil ta’lim uchun tayyorlagan taqdimotiMavzu:Losossimon baliqlar va ularning biologiyasiReja:1. .Losossimon baliqlar vakllarining sistematik, biologik, ovlanish xususiyatlari.2. Losossimon baliqlarning o‘ziga xos belgilari.3.Lossimon baliqlarning jahon akvakulturasida istiqbolli obekti sifatida. Lasossimonlar (Salmonidae) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Lasossimonlar turkumiga o’rtacha va yirik baliqlar kiradi. Lososslar uzun tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich qanotlari yoki yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining bo’lishi bilan xaraktyerlanadi. Bu baliqlardan qimmatbaho go’sht va qizil ikra olinadi. Lososlar mo’’tadil va shimoliy yarim sharda tarqalgan bo’lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlarning ko’pchiligi o’tkinchi baliqlar bo’lib, dengizlarda o’sib, voyaga etadi, urchish uchun daryolarga o’tadi. Lososlarga Uzoq Sharq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nyerka, ko’l va soylarda yashaydigan gulmoy baliqlari kiradi.SEMGA Haqiqiy lasoslar orasida Atlantik okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda, Barens va Oq dengizlarda uchraydigan semga (Salmo salar) ni ko’rsatish mumkin. Semgalar tuxum qo’yish uchun shimoliy Evropadagi daryolarga kiradi. Nyerest migratsiyasi yozda va kuzda bo’ladi. Tuxum qo’ygandan keyin barcha individlari nobud bo’lmasligi bilan Uzoq Sharq lasosidan farq qiladi. Ba’zi individlari to’rt martagacha tuxum qo’yadi. Semgalar uvildirig’ini Uzoq Sharq lasosi singari tuproqqa ko’mib qo’yadi. Shimoliy, Qora va Kaspiy dengizlarida semgaga yaqin bo’lgan kumja (Salmo trutta) uchraydi. Bu baliq esa daryolarda urchiydi, o’sish uchun dengizga chiqadi. Ba’zi individlari daryoda voyaga etadi. Daryolarda kumjaga yaqin irq – forel (Salmo trutta fario) paydo bo’lgan. Ular daryolardan boshqa tog’ ko’llariga ham kiradi. Lasoslar orasida haqiqiy o’troq, chuchuk suvlarda yashovchi turlari ham uchraydi. Bulardan siglar, omular va taymenlarni ko’rsatish mumkin. Lasoslar juda katta sanoat ahamiyatiga ega. Faqat go’shti emas, balki uvildirig’i (ikrasi) ham iste’mol qilinadi. Bu baliqlar sekin urchishi va qimmatbaholigi tuqayli bularni sun’iy urchitish chora-tabirlari ko’rilgan. Lasossimonlar seldsimonlardan kelib chiqqan. Lasossimonlar turkumining xaraktyerli belgilari: -tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich qanotlari yoki yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining mavjudligi; -to’liq yoki noto’liq yon chiziqlari borligi; -skletida tog’ay borligi. 12 ta oilasi bor, shulardan bittasi qirilib ketgan. Lasoslar oilasi. Tangchalari sikloidli, tanasiga zich o’tirgan. Yon chiziqlari to’liq. Yog’li suzgichlarga ega. Yon suzgichlari qisqa. Pilorik pridatkilari (o’simtalari) bor. Oila vakillari o’tkinchi. Qimmatbaho baliq hisoblanadi, go’shti mazali va sifatli. 2 ta kenja oilasi bor: lasoslar va sigosimonlar. Lasoslar kenja oilasiga 7 avlod kiradi: tinch okean lasosi, blagarodniy lasos, golsi, taymen, amyerika golsi, oxridskiy lasoslar, lenki. 1. Blagarodniy lasoslar avlodiga– semgalar, kumjalar, forel, sevan kumjasi kiradi. Semga - yirik baliq 1,5 m keladi, og’irligi 39 kg. Go’shti qimmatbaholigi bilan farq qiladi. O’tkinchi formalari dengizlarda yashaydi. Ikrometaniya vaqtida daryoga o’tadi. Tanasida “x” simon dog’i bor, bu dog’ yon chizidan yuqorida. Orqa tomoni ko’k-kulrang, qorin tomoni kumush-oq rang. Sametslarining yon tomonida tanasida jabra qopqoqlarida qizil dog’ paydo bo’ladi, terisi qalinlashib dag’allashadi, pastki jag’i uzunlashadi va uchki qismida tog’ay ilmoq rivojlanadi. Bu davrda sametslari lox deyiladi. Kumja – tangachasi kichik semgalarga nisbatan. “X” simon dog’ yaxshi ko’rinadi. Kenja tiplari ko’p: qora dengiz kumjasi, aral kumjasi, kaspiy kumjasi va boshqalar. Uzunligi 70 sm, og’irligi 13 kg. Kumjaning kenja turi – forel. Forel – baliqchilik xo’jaligining samarali ob’ekti hisoblanadi. Kumja o’tkinchi baliq, bularning kuzgi va bahorgi formalari bor. Oziqlanishiga ko’ra – yirtqich. Sevan foreli akklimatizatsiya qilingan kenja tur hisoblandi (Issiqko’lda). Jabra yaproqlari ilmoqsimon kengaygan. 5 ta formalari bor, bu formalari bir-biridan joyi va ko’payishi muddati bilan farq qiladi. Download 10.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling