Tinch okeani lasosi - ketalar, gorbusha, chavicha, kijuch, nyerka, simalar kiradi. Keta – Tangchasi yirik, yaproqchalarai kam, O’kinchi, ko’p ovlanadigan baliq. Uzunligi 1 m, og’irligi 14 kg. Sametslari tez o’sadi samkalariga nisbatan. YOzgi va kuzgi formalari mavjud. Gorbusha – tangachalari kichik, bular mayda, tez o’sadigan baliqlar. Maksimal uzunligi 68 sm. O’tkinchi. Soni juda ko’p. Nyerka – Tangchalari yirik, jabra yaproqchalari juda ko’p. O’tkinchi. Uzunligi 80 sm, og’iirligi 5 kg.
Chavich – tanasining orqa va yon tomonida mayda yumaloq qora dog’lari
bor. Uzunligi 1m, og’irligi 20-25 kg. Kijuch – boshi qalin, peshonasi keng baliq, tanasi kumush rang. O’tkinchi va tinch formalari bor. Uzunligi 88 sm, og’irligi 6,8 kg. Sima – anal suzgichida o’ymalari bor. Tanasining orqasida kichik, qora dog’lar bor. O’tkinchi va tinch formalari bor.
1. Golsilarga arktik goletslar.
2. Amyerika goletslari kiradi.
5. Taymen avlodiga oddiy taymen, saxalin taymeni, koreya taymenlari kiradi.
6. Lenki avlodiga bitta tur lenkichalar kiradi.
7. Oxridskiy lasoslar kiradi.
Sigosimonlar kenja oilasiga 3 ta avlod kiradi: nelmalar, sigalar, valkilar kiradi. 1. Nelmilarga oq baliq, nelma kiradi. 2. Sigalarga ryapushkalar kiradi. 3. Valkilarga tanasi uzunasiga valkovatiy bo’lan baliqlar kiradi. Karpsimon baliqlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilar. Karpsimon baliqlar (Cypriniformes) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko’pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar baliqlar seldsimonlarga o’xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar, miya qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan. Karpsimon baliqlarning xaraktyerli belgilari: -og’zida tishlari bo’lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o’rnashgan halqum tishlari bor; -suzgich pufagi ichak bilan bog’langan; -suzgichlari yumshoq; -suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning labirint pardasi bilan tutashtiruvchi suyakchalar sistemasi – vebyer apparati bor.
Ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o’tkinchi baliqlar bo’lib, mo’’tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida – tog’ daryolaridan tortib to balchiq ko’llargacha yashaydi. Bularga qizilko’z - chavoq, yaz, lin, karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog’ora va boshqalar kiradi. Ko’pchilik turlari o’troq -
Do'stlaringiz bilan baham: |