Jismoniy mashq nima? Jismoniy mashqlar paytida xavfsizlikning ahamiyati
Download 27.23 Kb.
|
1 - referat. Jismoniy mashqlarni bajarish davomida harakat xavfsizligiga e\'tibor berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mashq nima Jismoniy mashqlar
Reja: Jismoniy mashq nima? Jismoniy mashqlar paytida xavfsizlikning ahamiyati Jismoniy mashqlar bilan bog'liq umumiy jarohatlar Jismoniy mashqlar bilan bog'liq jarohatlarga sabab bo’luvchi omillar To'g'ri texnikaning ahamiyati To'g'ri qizib olish va sovunish(nafasni rostlash) Dam(tanaffus) olishning ahamiyati To'g'ri ovqatlanishning ahamiyati To'g'ri kiyim va jihozlarning ahamiyati Rivojlanish va ortiqcha yuklanishning ahamiyati Har xil turdagi mashqlar uchun xavfsizlik bo'yicha maslahatlar Xulosa Jismoniy mashq nima? Jismoniy mashqlar - kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan Jismoniy mashqlar. jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va h.k.ni keltirib chiqardi. Ilmiy asosda tanlangan jismoniy mashqlar barcha harakat organlarining faoliyatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi.jimoniy mashqlar turlari toʻgʻri va aniq tasnif qilinishni taqozo etadi. Shunda ulardan koʻzlangan samaraga erishish mumkin. Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi boʻlib, u tarixan gimnastika, oʻyinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq -deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, oʻyinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati toʻplandi va toʻldirildi. Jismoniy mashqni vujudga kelishi - tarixan qator darsliklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tizimi davriga toʻgʻri keladi deb koʻrsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida obyektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin toʻydirish maqsadida ov qilishi, subyektiv sabab sifatida ongning shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam oʻz oʻljasini (ovini)holdan toldirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muhtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi etarli boʻlmaganlarining oʻzlari oviga em boʻlgan. Shunga koʻra vaqt oʻtishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala boʻlib chiqadigan boʻldilar. Download 27.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling