I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga suyakli baliqlar. seldsimonlar turkumi, lasossimon 
baliqlar, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.xazm qilish organlari to‘g‘risida umumiy 
ma’lumotlar byeriladi va mavzu bo‘yicha bilim, malaka va kunikmalari shakllantiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Karpsimonlar Ugorsimonlar Treskasimonlar turkumining tavsifi.
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga karpsimonlar ugorsimonlar treskasimonlar 
turkumining tavsifi haqida umumiy ma’lumotlar byerish va ularni bir biridan farqlash 
kunikmalarini shakllantirish. 
Mazmuni. Karpsimon baliqlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilar. 
Karpsimon baliqlar (Cypriniformes) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko‘pchiligi 
chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar 
baliqlar seldsimonlarga o‘xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar
miya qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan. 
Karpsimon baliqlarning xaraktyerli belgilari: 
-
og‘zida tishlari bo‘lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o‘rnashgan halqum tishlari bor; 
-
suzgich pufagi ichak bilan bog‘langan;
-
suzgichlari yumshoq; 
-
suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning labirint pardasi bilan 
tutashtiruvchi suyakchalar sistemasi – vebyer apparati bor. 
Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o‘tkinchi baliqlar bo‘lib, 
mo‘‘tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida – 
tog‘ daryolaridan tortib to balchiq ko‘llargacha yashaydi. Bularga qizilko‘z - chavoq, yaz, lin, 
karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog‘ora va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik turlari o‘troq - 
qizilko‘z, yaz, lin, karas. Lekin ayrim turlari yuqorida aytganimizdek o‘tkinchi - vobla, taran, 
qutum va boshqalar bular urchish uchun daryoga o‘tadi. 
Karpsimon baliqlar turkumining 4 ta kichik turkumlari bor 
5.
Xaratsinsimonlar (Characinoidei) 
6.
Elektr ugrilar (Gymnotoidei) 
7.
Karpsimonlar (Cyprinoidei) 
8.
Somsimonlar (Siluroidei) 
Somsimonlar laqqa baliqlar ham deyiladi.
Karpsimon baliqlar kichik turkumining 6 ta oilasi bor. 
4.
CHukuchanovlar oilasi 
5.
V’yunlar oilasi 
6.
Karplar (Cyprinidae) oilasi 
Karpsimonlarning tanasissikloid tangacha bilan qoplangan yoki yolong‘och. Bular asosan 
chuchuk suv baliqlari. Ba’zilari sho‘r suvda ham uchraydi.
Karplar oilasining xaraktyerli belgilari –
-
jag‘larida tish bo‘lmaydi,
-
xitinni va boshqa oziqni maydalash uchun xizmat qiluvchi orqa jabra yoyida 
joylashgan, 
-
tomoq tishlarining bo‘lishi; 
-
yog‘ suzgichlari yo‘q. 
Unchalik katta emas, uzunligi 20-40 sm. Ayrimlari 1 m etadi, masalan oq amur, usachlar, 
do‘ng peshona, sazan va boshqalar. 
Oziqlanishi turli – tuman. Masalan, sazan – hamaxo‘r, do‘ng peshona va oq amur – 
o‘simlikxo‘r, lesh – bentofag. Tuxum qo‘yib ko‘payadi, tirik tug‘adigan formalari yo‘q.


Karplar oilasi vakillari chuchuk suvlarda keng tarqalgan baliqlardir. Bu oilaga daryo va 
ko‘llarda yashaydigan qizilko‘z – chavoq, ya’ni plotva (Rutilus rutilus), Kaspiy-Volga havzasida 
yashaydigan Kaspiy voblasi (Rutilus rutilus caspius) (vobla o‘tkinchi baliq), daryo yazi 
(Leuciscus idus), Volga kaspiy leshchi (Abramis bramas) (leshch o‘tkinchi), zog‘ora baliqlar 
(Cyprinus carpio) va uning xonaki irqi karp, karas (Carassius carassius), lin (Tinca tinca) va 
boshqalar kiradi.
Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida 
uchraydigan mo‘ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga 
kiradi.
Plotvalar avlodiga plotva, taran, kaspiy voblasi, orol plotvasi kiradi. 
Qora amur avlodiga qora amurni o‘zi kiradi. Suzgichlari qora. Iqlimlashtirilgan.
Oq amur avlodiga oq amur kiradi. Tana rangi och rang.
Elsilar avlodiga oddiy elsi, chebak, amur chebagi va boshqalar kiradi.
Qizil qanot avlodi, jyerexlar avlodi, shemaylar avlodi, leshch avlodi, lin avlodi va 
boshqalar kiradi. 
Usachlar kenja oila – usachlar avlodi, xramuli avlodi kiradi. 
Keng qorinli karplar kenja oilasiga marinkalar kiradi.
Sazanlar kenja oilasiga – sazan yoki karp, karaslar (oltin karas, kumush kras) kiradi.
Do‘ng peshona kenja oilasiga oq do‘ng peshona, chipor do‘ng peshona kiradi. 
Sultirine kenja oilasiga leshlar kiradi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling