I X t I o L o g I y a


Amudaryo katta kurakburuni


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Amudaryo katta kurakburuni 
Pseudoscaphirhinchus kaufmanni (Bogdanov) 
Tavsifi. Tumshug‘i keng, kuraksimon. Tumshug‘ining oxirida 2-4 ta o‘tkir va qattiq 
tikanlari bor; kattalarida juft tikanlar ko‘zi oldida va juft tikanlar ko‘zining orqasida joylashgan. 
Dum ipi odatda yaxshi rivojlangan. Elka suzgich qanotida 29-32, anal suzgich qanotida 18-19 
shu’lalar mavjud. Elka bo‘rtmalari 10-13, yonlariniki 32-38 ta. Uzunligi 75 sm gacha, og‘irligi 2 
kg atrofida (4-rasm). 
3.4-rasm. Pseudoscaphirhinchus kaufmanni 
 
Tarqalishi. Amudaryo va uning irmoqlari. 
Biologiyasi. Jinsiy voyaga 6-7 yoshda etadi. Urchishi mart-aprel oylarida. Uvildirig‘ini 
toshli va shag‘alli suv oqimi tez bo‘lgan joylarga tashlaydi. Suv tubidagi hayvonlar, shuningdek 
kichik baliqlar bilan bilan ovqatlanadi. 
Ahamiyati. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash taqiqlangan. O‘zbekiston Qizil 
Kitobiga kiritilgan. 
Amudaryo kichik kurakburuni 
Pseudoscaphirhinchus hyermanni (Kesslyer) 
Tavsifi. Tumshug‘i ingichka, cho‘zilgan. Odatda boshida tikanlari bo‘lmaydi, ba’zan 
tumshug‘ining oxirida rivojlanmagan tikanlari bo‘ladi. Dum ipi yo‘q. Oyquloq ustunchalari 
lansetsimon. Elka suzgich qanotida 29-30, anal suzgich qanotida 17-20 ta shu’la bor. Elka 
bo‘rtmalari 9-13, yonlariniki 31-38 ta. Uzunligi 27 sm gacha (5-rasm). 
3.5-rasm. Pseudoscaphirhinchus hyermanni 


Tarqalishi. Amudaryo havzasi, Daryoning Tyermez atrofidan to uning quyilish joyigacha. 
Biologiyasi. Kata amudaryo kurakburuni balig‘ining biologiyasi bilan o‘xshash. 
Ahamiyati. Orol dengizi havzasi endemigi. Juda noyob. Ovlash taqiqlangan. O‘zbekiston 
Qizil Kitobiga kiritilgan. 
 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarga tog‘ay-suyakli baliqlar sistematikasi va ekologiyasi
bakrasimonlar oilasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar byeriladi va ularni laboratoriya sharoitida 
o‘rganish kunishmalari shakllantiriladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling