Taroqlilar (ctenophora) tipi


Download 95.76 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi95.76 Kb.
#212834
  1   2   3   4   5
Bog'liq
taroqlilar


TAROQLILAR  (CTENOPHORA)  TIPI

Taroqlilar -  dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko ‘pchilik turlari 

suv  qa’rida,  boshqalari  suv  tubida  o ‘rmalab  hayot  kechiradi.  Tanasi 

bo'shliqichlilarga o ‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endoder- 

madan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko'pchilik taro 

qlilaming  yopishuvchi hujayralari bo‘ladi.  Shaklan o'zgargan kipriklar 

yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.

TAROQLILAR  (CTENO PHO RA)  SINFI

Tanasi odatda xaltaga o ‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi 

(oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. 

Tananing asosiy o ‘qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi.  Asosiy o ‘q orqali 

ikkita har xil simmetriya yuzasini o ‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun 

taroqlilami  ikki  nurli  simmetriyali  hayvonlar  deyish  mumkin.  Ammo 

ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy 

tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli 

va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birin­

chi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi pay­

do bo'ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat 

vazifasini maxsus aboral organ bajaradi Taroqlilar  tanasining  ikki  yonida 

shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari  joylashgan. Paypaslagichlar cho'zilishi 

yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib,  qisqarishi  mumkin.  Paypaslagichlarda 

joylashgan juda  ko'p  yopishqoq  hu­jayralar o'ljasini ushlab turish uchun xiz­

mat  qiladi.  Ayrim  taroqlilaming  pay­paslagichlari bo'lmaydi


Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator 

taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali 

bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me’yorda 

silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan 

iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo'lib, taroq plastinkalari va 

paypaslagichlari ostida joylashgan.


Hazm  qilish  sistemasi.  Og'iz  teshigi  ektodermal  yassi  halqumga 

ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xalta­

ga  o'xshab  halqumga  perpendikulyar  yo'nalishda  yassilashgan.  Pay­

paslagichlari  ana  shu  yuzada joylashganidan  tananing  bu  qismi  pay­

paslagichlar yuzasi deyiladi.  Oshqozondan beshta nay  boshlanadi.  Shu 

jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo ‘ylab og ‘iz teshi­

gi tomonga yo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi. Bu 

yerda ikki marta shoxlanib, to'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. 

Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqari­

ga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi 

tomonga (tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi.  Ular shox­

lanib, ikkitadan juft vabittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar 

yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional nay- 

larga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylash­

gan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.

Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan 

boshlanadigan naylar vapaypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim- 

metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni ular simmetriyasi ko'p nurli emas, 

balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi.

Nerv  sistemasi.

Taroqlilar  nerv  sistemasi  ektodermada joylashgan 

nerv to'ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig'iz 

joylashib, aboral tomonga yo'nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral or­

gan murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbon- 

at zarrachasidan iborat bo'lib, kiprikchalaming bir-biriga yopishishidan 

hosil  bo'lgan  to'rtta kamarchada  osilib  turadi.  Ustki  tomondan  statolit 

qopqoqcha bilan yopilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to'rtta egatcha 

dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral or­

gan tana muvozanatmi saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi.




Download 95.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling