I X t I o L o g I y a


Bir xil rangli yalangbaliq – noemacheilus labiatus ( kessler)


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Bir xil rangli yalangbaliq – noemacheilus labiatus ( kessler) Dum suzgich tanasi 
kallasidan uzun asosidan siqilmagan.Qorin suzgich qanotlari anal teshigigacha etib bormaydi. 
Uzunligi 10 sm, og‘irligi 15 gr bo‘ladigan kichkina baliq. Daryo o‘zani oqimlarida yashaydi. 
Biologiyasi kam o‘rganilgan. Hayotining ikkinchi yilida jinsiy voyaga etadi. urchishi suv 


harorati 17-22ºS etkanida aprel-may oylarida bo‘ladi. Serpushtliligi 3-30 ming dona. Ikralarining 
etilishi porsion. Bentos organizmlar bilan, xironomid lichinkalari, ikkiqanotlilar, qo‘ng‘izlar 
lichinkalari va boshqa organizmlar bilan oziqlanadi. Ovlanish ahamiyatiga ega emas. 
KULRANG YALANGBALIQ – NOEMACHEILUS DORSALIS O‘zbekistonda Sirdaryo 
daryosining tog‘ oldi qismlarida yashaydi (Farg‘ona vodiysi). Elka suzgich qanotida 3 ta 
shoxlanmagan, 6-7 ta shoxlangan, anal suzgich qanotida 3 ta shoxlanmagan va 5 ta shoxlangan 
shulalari bor.Dum suzgich tanasining asosidan siqilgan, baland. Suzgich pufagining bir qismi 
erkin va suyak kapsulasidan tashqarida. Uzunligi 12 sm gacha, og‘irligi 20 gr keladigan kichkina 
baliq. Turg‘un va sekin oqadigan suv xavzalarida yashaydi. Sovuqsevar. 
Kulrang yalangbaliq - noemacheilus dorsalis Hayotining ikkinchi yilida uzunligi 4-5 sm 
bo‘lganida jinsiy voyaga etadi. urchishi mart – iyun oylarida suv harorati 9-10°S ga etganda, 
sayoz va o‘simlik qoplami ko‘p bo‘lgan joylarda bo‘ladi. Ikralarining etilishi porsion. 
Serpushtliligi 400 – 5000 dona. Voyaga etilgan ikralarining diametri 0.8-0.9 mm. Bentos 
organizmlar va suv tubi plankton organizmlari (chig‘anoq, xironomid lichinkalari, eshkak oyoqli 
qisqichbaqasimonlar, qo‘ng‘iz va boshqa hasharot lichinkalari) bilan oziqlanadi. Ovlanish 
ahamiyatiga ega emas. 
1.3-jadval 
NOEMACHEILUS VAN HASSELT kenja turkumi.Noemacheilus kenja turkumi turlarini 
aniqlash bo‘yicha jadvali. 
1 (8)
Elkasida elka suzgich qanotidan keyin terili taroqcha yo‘q. 
2 (7)
YUqorigi jag‘ida oz yoki ko‘p miqdorda ajralib turadigan 
tishsimon o‘simta bor. Dum suzgich qanoti sezilarli darajada 
o‘yilgan. 
3 (4)
Tanasi yalang‘och, ko‘zi kichkina.Tanasining yonida yirik dumaloq 
dog‘lari bor, dum tanasida bu dog‘lar ko‘ndalang yo‘l bo‘lib 
tortiladi. Kushakevich yalangbalig‘i – Noemacheilus kuschakewitschi 
4 (3)
Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan. 
5 (6)
Tanasi qalin mayda tangachalar bilan qoplangan. Barcha suzgich 
qanotlari biroz cho‘zilgan. Qorin suzgich qanoti elka suzgich qanoti 
asosining vertikalidan biroz orqada. Amudaryo yalangbalig‘i – 
Noemacheilus oxianus 
6 (5)
Tanasi qornidan tashqari qalin tikanlar bilan qoplangan. Dum 
tanasi uzun va past.Tanasining rangi kulrang qoramtir, ba’zan 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling