I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Karpsimonlar turkumi. Reja
- Karpsimon baliqlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilar. Karpsimon baliqlar (Cypriniformes
Nazorat savollari:
1. Lasossimon baliqlarning umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari qanday? 2. Lassosimon baliqlarning sistematikasi bo’yicha sanang? 3. Lasossimon baliqlarning sanoatdagi ahamiyatiqanday? 20-MA’RUZA Mavzu: Karpsimonlar turkumi. Reja: 1.Karpsimonlar turkumining kenja turkumlari va ularning tuzilishiga tavsif, xarakterli belgilari. 2. Karpsimonlarning biologiyasi, tarqalishi va sanoatdagi ahamiyati. Sistematikasi. Tayanch iboralar: Cypriniformes, jabra yoylari, tishlari, halqum tishlari, veber apparati, v’yunlar, mezokaroid, sikloid, metamormoz, vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra. Karpsimon baliqlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilar. Karpsimon baliqlar (Cypriniformes) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko‘pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar baliqlar seldsimonlarga o‘xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar, miya qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan. Karpsimon baliqlarning xarakterli belgilari: - og‘zida tishlari bo‘lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o‘rnashgan halqum tishlari bor; - suzgich pufagi ichak bilan bog‘langan; - suzgichlari yumshoq; - suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning labirint pardasi bilan tutashtiruvchi suyakchalar sistemasi – veber apparati bor. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o‘tkinchi baliqlar bo‘lib, mo‘‘tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida – tog‘ daryolaridan tortib to balchiq ko‘llargacha yashaydi. Bularga qizilko‘z - chavoq, yaz, lin, karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog‘ora va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik turlari o‘troq - qizilko‘z, yaz, lin, karas. Lekin ayrim turlari yuqorida aytganimizdek o‘tkinchi - vobla, taran, qutum va boshqalar bular urchish uchun daryoga o‘tadi. Karpsimon baliqlar turkumining 4 ta kichik turkumlari bor 1. Xaratsinsimonlar (Characinoidei) 2. Elektr ugrilar (Gymnotoidei) 3. Karpsimonlar (Cyprinoidei) 4. Somsimonlar (Siluroidei) Somsimonlar laqqa baliqlar ham deyiladi. Karpsimon baliqlar kichik turkumining 6 ta oilasi bor. 1. CHukuchanovlar oilasi 2. Vyunlar oilasi 3. Karplar (Cyprinidae) oilasi Karpsimonlarning tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan yoki yolong‘och. Bular asosan chuchuk suv baliqlari. Ba’zilari sho‘r suvda ham uchraydi. Karplar oilasining xarakterli belgilari – - jag‘larida tish bo‘lmaydi, - xitinni va boshqa oziqni maydalash uchun xizmat qiluvchi orqa jabra yoyida joylashgan, - tomoq tishlarining bo‘lishi; - yog‘ suzgichlari yo‘q. Unchalik katta emas, uzunligi 20-40 sm. Ayrimlari 1 m etadi, masalan oq amur, usachlar, do‘ng peshona, sazan va boshqalar. Oziqlanishi turli – tuman. Masalan, sazan – hamaxo‘r, do‘ng peshona va oq amur – o‘simlikxo‘r, lesh – bentofag. Tuxum qo‘yib ko‘payadi, tirik tug‘adigan formalari yo‘q. Karplar oilasi vakillari chuchuk suvlarda keng tarqalgan baliqlardir. Bu oilaga daryo va ko‘llarda yashaydigan qizilko‘z – chavoq, ya’ni plotva (Rutilus rutilus), Kaspiy-Volga havzasida yashaydigan Kaspiy voblasi (Rutilus rutilus caspius) (vobla o‘tkinchi baliq), daryo yazi (Leuciscus idus), Volga kaspiy leshchi (Abramis bramas) (leshch o‘tkinchi), zog‘ora baliqlar (Cyprinus carpio) va uning xonaki irqi karp, karas (Carassius carassius), lin (Tinca tinca) va boshqalar kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchraydigan mo‘ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga kiradi. Plotvalar avlodiga plotva, taran, kaspiy voblasi, orol plotvasi kiradi. Qora amur avlodiga qora amurni o‘zi kiradi. Suzgichlari qora. Iqlimlashtirilgan. Oq amur avlodiga oq amur kiradi. Tana rangi och rang. Elsilar avlodiga oddiy elsi, chebak, amur chebagi va boshqalar kiradi. Qizil qanot avlodi, jerexlar avlodi, shemaylar avlodi, leshch avlodi, lin avlodi va boshqalar kiradi. Usachlar kenja oila – usachlar avlodi, xramuli avlodi kiradi. Keng qorinli karplar kenja oilasiga marinkalar kiradi. Sazanlar kenja oilasiga – sazan yoki karp, karaslar (oltin karas, kumush kras) kiradi. Do‘ng peshona kenja oilasiga oq do‘ng peshona, chipor do‘ng peshona kiradi. Sultirine kenja oilasiga leshlar kiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling