I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Lasoslar oilasi. Tangchalari sikloidli, tanasiga zich o’tirgan. Yon chiziqlari to’liq. Yog’li 
suzgichlarga ega. Yon suzgichlari qisqa. Pilorik pridatkilari (o’simtalari) bor. Oila vakillari 
o’tkinchi. Qimmatbaho baliq hisoblanadi, go’shti mazali va sifatli.
2 ta kenja oilasi bor: lasoslar va sigosimonlar. Lasoslar kenja oilasiga 7 avlod kiradi:
tinch okean lasosi, blagarodniy lasos, golsi, taymen, amyerika golsi, oxridskiy lasoslar, lenki. 
1. Blagarodniy lasoslar avlodigasemgalar, kumjalar, forel, sevan kumjasi kiradi. 
Semga - yirik baliq 1,5 m keladi, og’irligi 39 kg. Go’shti qimmatbaholigi bilan farq qiladi. 
O’tkinchi formalari dengizlarda yashaydi. Ikrometaniya vaqtida daryoga o’tadi. Tanasida “x” 
simon dog’i bor, bu dog’ yon chizidan yuqorida. Orqa tomoni ko’k-kulrang, qorin tomoni 
kumush-oq rang. Sametslarining yon tomonida tanasida jabra qopqoqlarida qizil dog’ paydo 
bo’ladi, terisi qalinlashib dag’allashadi, pastki jag’i uzunlashadi va uchki qismida tog’ay ilmoq 
rivojlanadi. Bu davrda sametslari lox deyiladi. Kumja – tangachasi kichik semgalarga nisbatan. 
“X” simon dog’ yaxshi ko’rinadi. Kenja tiplari ko’p: qora dengiz kumjasi, aral kumjasi, kaspiy 
kumjasi va boshqalar. Uzunligi 70 sm, og’irligi 13 kg. Kumjaning kenja turi – forel. Forel – 
baliqchilik xo’jaligining samarali ob’ekti hisoblanadi. Kumja o’tkinchi baliq, bularning kuzgi va 
bahorgi formalari bor. Oziqlanishiga ko’ra – yirtqich. Sevan foreli akklimatizatsiya qilingan 
kenja tur hisoblandi (Issiqko’lda). Jabra yaproqlari ilmoqsimon kengaygan. 5 ta formalari bor, bu 
formalari bir-biridan joyi va ko’payishi muddati bilan farq qiladi.
2. Tinch okean lasosi avlodi o’tkinchi, chuchuk suv baliqlari hisoblanadi. Tishli katta 
og’iz bilan xaraktyerlanadi. Anal suzgichida shoxlangan shu’lalari mavjud. Og’zi katta, tishlari 
bor. Anal suzgichi uzun, o’tkinchi. CHuchuk suvdagi formalari karlikoviy.
Tinch okeani lasosi - ketalar, gorbusha, chavicha, kijuch, nyerka, simalar kiradi. Keta – 
Tangchasi yirik, yaproqchalarai kam, O’kinchi, ko’p ovlanadigan baliq. Uzunligi 1 m, og’irligi 
14 kg. Sametslari tez o’sadi samkalariga nisbatan. YOzgi va kuzgi formalari mavjud. Gorbusha 
 tangachalari kichik, bular mayda, tez o’sadigan baliqlar. Maksimal uzunligi 68 sm. O’tkinchi. 
Soni juda ko’p. Nyerka – Tangchalari yirik, jabra yaproqchalari juda ko’p. O’tkinchi. Uzunligi 
80 sm, og’iirligi 5 kg. Chavich – tanasining orqa va yon tomonida mayda yumaloq qora dog’lari 
bor. Uzunligi 1m, og’irligi 20-25 kg. Kijuch – boshi qalin, peshonasi keng baliq, tanasi kumush 
rang. O’tkinchi va tinch formalari bor. Uzunligi 88 sm, og’irligi 6,8 kg. Sima – anal suzgichida 
o’ymalari bor. Tanasining orqasida kichik, qora dog’lar bor. O’tkinchi va tinch formalari bor.
3.
Golsilarga arktik goletslar.
4.
Amyerika goletslari kiradi.
5. Taymen avlodiga oddiy taymen, saxalin taymeni, koreya taymenlari kiradi. 
6. Lenki avlodiga bitta tur lenkichalar kiradi. 
7. Oxridskiy lasoslar kiradi. 
Sigosimonlar kenja oilasiga 3 ta avlod kiradi: nelmalar, sigalar, valkilar kiradi. 1. 
Nelmilarga oq baliq, nelma kiradi.2. Sigalarga ryapushkalar kiradi. 3. Valkilarga tanasi 
uzunasiga valkovatiy bo’lan baliqlar kiradi.
Karpsimon baliqlar turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilar. Karpsimon baliqlar 
(Cypriniformes) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko’pchiligi chuchuk suvlarda 
yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar baliqlar 
seldsimonlarga o’xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar, miya 
qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan. 
Karpsimon baliqlarning xaraktyerli belgilari: 
-og’zida tishlari bo’lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o’rnashgan halqum tishlari bor
-suzgich pufagi ichak bilan bog’langan;


-suzgichlari yumshoq; 
-suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning labirint pardasi bilan tutashtiruvchi 
suyakchalar sistemasi – vebyer apparati bor. 
Ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o’tkinchi baliqlar bo’lib, 
mo’’tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida – 
tog’ daryolaridan tortib to balchiq ko’llargacha yashaydi. Bularga qizilko’z - chavoq, yaz, lin, 
karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog’ora va boshqalar kiradi. Ko’pchilik turlari o’troq - 
qizilko’z, yaz, lin, karas. Lekin ayrim turlari yuqorida aytganimizdek o’tkinchi - vobla, taran, 
qutum va boshqalar bular urchish uchun daryoga o’tadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling