Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu
baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi.
Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xarakterli belgilaridan
biri katta og‘zi. YUqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q.
YOn chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib
yashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga
migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli
chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va
mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi
migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi.
Er sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga peru anchouslari kiradi. Peru anchouslari Peru
qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki
mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Peru qirg‘oqlarida baklanlar,
pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Peruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi
Seldsimonlar oilasi.
Anchouslar oilasi.
Seldsimonlar turkumining xarakterli belgisi:
Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida
(poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak
suzgichlaridan uzoqda. Tangachalari sikloidli.
Seldsimonlar oilasi xarakterli belgisi:
Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining
orqasiga vertikal kirib bormaydi.
Anchouslar oilasining xarakterli belgisi:
Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal
chuqur kirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |