I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu 
baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi.
Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xarakterli belgilaridan 
biri katta og‘zi. YUqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q. 
YOn chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib 
yashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga 
migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli 
chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va 
mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi 
migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi.
Er sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga peru anchouslari kiradi. Peru anchouslari Peru 
qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki 
mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Peru qirg‘oqlarida baklanlar, 
pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. 
Peruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi 
Seldsimonlar oilasi.
Anchouslar oilasi. 
Seldsimonlar turkumining xarakterli belgisi: 
Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida 
(poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak 
suzgichlaridan uzoqda. Tangachalari sikloidli.
Seldsimonlar oilasi xarakterli belgisi: 
Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining 
orqasiga vertikal kirib bormaydi. 
Anchouslar oilasining xarakterli belgisi: 
Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal 
chuqur kirib boradi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling