I X t I o L o g I y a


TIBET YALANGBALIG‘I – NOEMACHEILUS STOLICZKAI


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
TIBET YALANGBALIG‘I – NOEMACHEILUS STOLICZKAI Sirdaryo, Amudaryo
Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzalarining tog‘ va tog‘ oldi havzalarida yashaydi. 
Elka suzgich qanotida 3 ta shoxlanmagan, 6-8 ta shoxlangan, anal suzgich qanotida 3 ta 
shoxlanmagan va 5-6 ta shoxlangan shulalari bor. Oyquloq ustunchalari kalta, suzgich pufagi 
to‘liq suyak kapsulasi bilan qoplangan. Tanasi yalang‘och elka qismi qora, qorin qismi oqish. 
Elkasida xira dog‘lar bor. Ular ko‘proq elka suzgich qanotidan keyin kndalan yo‘lak hosil qiladi. 
Turli suv havzalarida tanasining rangi turlicha bo‘lish xususiyatiga ega. Toq suzgich qanotlarida 
mayda nuqtalari bor. Dum suzgich qanoti qisman o‘yilgan. Ko‘zidan tumshug‘ining oxirigachi 
teri burmasi cho‘ziladi. 
Tibet yalangbalig‘i - noemacheilus stoliczkai Uzunligi 10-15 sm, og‘irligi 50 gr bo‘ladigan 
mayda 
baliq. 
Tog‘ daryolari va ko‘llarning shag‘al toshli qismida yashaydi. 


Biologiyasi kam o‘rganilgan. Hayotining 2-3 yilida 5-7 sm bo‘lganida jinsiy voyaga etadi. 
Urchishi suv harorati 8-10°S ga etganida aprel-may oylarida tubi shag‘al toshli bo‘lgan tog‘ 
daryo va ko‘llarida bo‘lib o‘tadi. Ikralarining etilishi porsion. Serpushtliligi 1.5-7 ming dona. 
Bentos organizmlar bilan: xironomid, oligoxetlichinkalari boshqa sodda hayvonlar va o‘simlik 
organizmlari 
bilan 
oziqlanadi. 
Ovlanish 
ahamiyatiga 
ega 
emas. 
 
 
Nazorat savollari? 
1. Eshvoylar oilasi baliqlarining biologiyasi haqida ma’lumot bering?
2. Asosiy xarakterli belgilari, tarqalishi haqida ma’lumot bering?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling