22-MA’RUZA
Mavzu: Somsimon (laqqasimon)lar turkumi umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari.
Oilalari.
Reja:
1. Somsimon (laqqasimon)lar turkumi
umumiy tuzilishi,
2. Xarakterli belgilari. Oilalari.
Tayanch iboralar: Cypriniformes,
jabra yoylari, tishlari,
halqum tishlari, veber apparati,
v’yunlar, mezokaroid, sikloid, metamormoz,
vebyer apparati, pilorik pridatkilar,
akklimatizatsiya, ikra.
Somsimonlar (Siluriformes) turkumi, umumiy tuzilishi,
xarakterli belgilari. Somsimonlar yoki laqqa baliqlar ham deyiladi, bu turkumga haqiqiy
tangachasi bo‘lmaydigan yoki tanasi yolong‘och, og‘zi tishli bo‘lgan baliqlar kiradi.
Laqqalarning xarakterli belgilari:
-
haqiqiy tangachalari yo‘q;
-
jag‘larida tishlari bor;
-
bir nechta mo‘ylovlari bor;
-
veber apparati murakkab tuzilishga ega;
-
muskullar aro suyaklari yo‘q;
-
ayrim turlarida yog‘
suzgichlari mavjud;
-
ko‘krak va orqa suzgichlarida tikanlari bo‘lishi mumkin;
-
ayrim somsimonlarda teri tishi mavjud;
-
ayrimlarda, masalan kasatkalarning bosh suyagida rudiment organ hisoblangan
yorug‘likni sezuvchi organ epifiz uchun pineal teshik bor.
Ayrim somsimonlarda tanasi qalqon bilan qoplangan bo‘lib qalqonli somlar deyiladi.
Tana uzunli 12 sm dan (arman somi) 3 m (oddiy som) gacha bo‘lishi mumkin.
Barcha somlar
yomon suzadi, lekin o‘ljasini sezish organi hisoblangan mo‘ylovlari bilan biladi. Serpushtligi
unchalik katta emas. Avlodi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Ikralari yirik.
Dengiz laqqa baliqlari
ikraslarini og‘ida olib yuradi. Ayrim vakillarida esa sametslari ikralarni himoya qiladi.
Oziqlanishi yirtqich yoki bentofag. Ayrim vakillari somsimonlari, masalan amerika somi parazit
hayot kechiradi. Ayrim vakillarida ko‘rish organi reduksiyaga uchragan, chuqur joylarda ya’ni
qorong‘i joylarda yashashga moslashgan. Sanoat ahamiyatiga ega baliqlar hisoblanadi.
Somsimonlarning 4 oilasi ma’lum:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: