I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari:
1.Ugorsimonlar (ilonbaliq) turkumining umumiy tavsifi qanday? 2. Dengiz, daryo ugorlari qanday tuzilgan? 3. Uchar baliqlarning oilasi. 4. Makrellar va sarganlar, ularning tuzilishidagi xarakterli belgilari qanday? 24-MA’RUZA Mavzu: Treskasimonlar turkumining tavsifi. Reja: 1.Treskasimonlar turkumining umumiy tuzilishi 2. Treskasimonlar turkumining xarakterli belgilari, biologiyasi, tarqalishi. 3. Treskasimonlarning sanoatdagi ahamiyati. Tayanch iboralar: mezokaroid, sikloid, metamormoz, veber apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. Treskasimonlar (Gadiformes) turkumining ko’p turlari dengizlarda, ayniqsa, daryolarning dengizga quyiladigan joylarida (treska, mintay, navaga, sayka, sayda, qutb treskasi, piksha va boshqalar) tarqalgan, suv tubida hayot kechiradi. Boltiq, Barens, Oq dengizda va Uzoq Sharqda Shimoliy dengizda treska (Gadus morhua) yashaydi. Treskasimonlar turkumi vakillarining xarakterli belgilari: -ostki jag’ida mo’ylovlari bor; -orqa suzgichlari 1, 2 yoki 3 ta, anal suzgichi 1 yoki 2 ta; -hamma suzgich qanotlari yumshoq; -suzgich qanotlari bo’g’imlarga bo’lingan shu’lalari mavjud; -qorin suzgich qanotlari ko’krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Treskasimonlarning asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Treskasimonlarning 68 turi ma’lum, ularning 51 turi shimoliy yarim shar dengizlarida uchraydi. Tinch okeanida 5 turi uchraydi. Ekvatorial suvlarda uchramaydi. Ko’pchilik turlari Atlantik okeanida yashaydi, aksariyati endem turlardir. Bular shu erda paydo bo’lgan va shu erdan boshqa joylarga tarqalgan. Tinch okeaning shimol tomonidan treskalar Osiyoning shimoliy qirg’oqlariga kirib kelgan, masalan navagalar, Amerikaga xuddi shunday borib qolgan. Treskasimonlar dengiz baliqlari, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Ular sovuq suvni yaxshi ko’radi. Ayrim turlari sayka va navagalar minus haroratda ham uchraydi. Suvni chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari masalan, sayka, sayda, Esmarka treskachasi, putasslar pelagik hayot kechiradi. Qirg’oqqa yashaydigan turlari bor, masalan navagalar. 3000 m chuqurlikda yashaydigan turlari putasslar. Eng sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan turi treskacha. Asosan treskalarning tana uzunligi 1,8 m gacha og’irligi 30 kg gacha bo’lishi mumkin. Esmarka va saykalarni tana uzunligi 30 sm. Asosan qishda tuxum qo’yadi (navaga, sayka). Bahorda tuxum qo’yadigani ham bor (pikshalar). Treska juda serpusht bo’lib, 2,5-10 mln gacha tuxum qo’yadi. Ayrimlarining yashash joyiga ko’ra urchishi ham har xil davrga to’g’ri keladi. Masalan mintaylar Koreya dengizlari qirg’og’ida noyabr-dekabrda tuxum qo’ysa, Bering dengizida fevral-aprelda tuxum qo’yadi. Oziqlanish har xil. Sayka, Esmarka treskachasi putasslar – planktofag. Navaga, pikshalar bentofag. Treska, sayda, merluzalar yirtqich – sosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat ahamiyatiga ega. Asosan mintaylar ko’p ovlanadi. Keyin treska, putasslar, merluzalar, saydalar, Esmarka treskachasi. Hozirgi vaqtda Atlantika treskasi va pikshalarning soni kamaygan. Treskasimonlar turkumining 3 ta kenja oilasi bor: Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasi Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi Merluzasimonlar- Merluccinae kenja oilasi Treskasimonlar – Gadinae kenja oilasining xarakterli belgisi:orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichi 2 ta. Mo’ylovlari bor. Bir nechta (9 ta avlodi) avlodlari ma’lum. Sanoat ahamiyatiga ega. Bu oilaga kiradi: mintay, sayda, piksha, navaga, putass va boshqalar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling