I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Treska avlodi - Gadus. Treska – Gadus morhua kiradi. Bir nechta kenja turlari ma’lum,
masalan atlantik treskasi - Gadus morhua morhua. Boltiq treskasi, tinch okeani treskasi va boshqlar. Treskalar yilning hamma vaqtida oziqlanadi, faqat urchishdan oldin oziqlanmaydi, ayniqsa urchish davrida umuman oziqlanmaydi. Kichiklari umurtqasiz hayvonlar bilan voyaga etganlari esa baliqlar bilan oziqlanadi. Pikshalar avlodi – Melanogrammus. Pikshalarni o’zi kiradi bu avlodga. Pikshalar sanoat ahamiyatiga ega. Asosiy xarakterli belgilar orqasi qoramtir bo’ladi. Merlanglar avlodi – Odontogadus. Merlang - Odontogadus merlangus turi Evropa dengizlarida uchraydi. Mintaylar avlodi – Theragra. Mintay. Tinch okeani endem turi. Sanoat ahamiyatiga ega. Putasslar avlodi – Micromesistius. Janubiy va shimoliy putasslar farq qilinadi. Arktika treskasi avlodi – Arctogadus. Navaga avlodi - Eleginus. Chuqurlikda yashaydi. Dengizdan daryolargacha kirib keladi. 2 ta turi ma’lum: shimol navagasi, tinch okeani navagasi. Saykalar avlodi yoki qutb treskasi – Boreogadus saida. Sovuqni sevadi. Esmarka treskachasi – Tricopterus. Esmarka treskachasi - Tricopterus esmarki. Demak, treskalar sanoat ahamiyatiga baliqlar bo’lib, ular faqat go’shti uchun emas, balki baliq moyi deb ataladigan, ya’ni vitaminga boy bo’lgan jigar moyi uchun ham ovlanadi. Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi. 1 ta avlod - Nalimlar avlodi kiradi. Bu avlodga dengiz cho’rtanlari yoki molvalar, ikki mo’ylovli, to’rt mo’ylovli, besh mo’ylvli nalimlar va boshqalar kiradi. Merluzasimonlar- Merluccinae kenja oilasi. Merluzalar avlodi kiradi. Bu avlod vakillari – kap merluzasi, kumush rang merluza, Evropa merluzasi, tinch okean merluzasi va boshqlar kiradi. Cho’rtansimonlar (Esociformes) turkumi vakillari kam sonli, jag’larida o’tkir tishlari bo’lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho’rtan daryo va ko’llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o’tlari orasida yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo’jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 1,5 m ga etadi. Olabug’asimonlar, ya’ni tikan nurlilar (Acanthopterygii) turkumiga kiruvchi baliqlar suzgich nurlarining bir qismi o’zaro ajralmagan tikanchalarni hosil qiladi. qorin suzgichlari ko’krak suzgichlari ostida yoki ulardan oldinroqda joylashgan. Olabug’asimonlar turkumiga 6500 dan ortiq tur kiradi. Ular barcha suv havzalarida tarqalgan. Olabug’asimon baliqlarga okunsimonlar, yershlar, skumbriyalar, tuneslar, buqacha baliqlar misol bo’ladi. qora va Kaspiy dengizlarida, Amudaryoning quyi oqimida uchraydigan sudak (oq sla) katta sanoat ahamiyatiga ega. Sudaklarning uzunligi 130 sm, vazni 12 kg gacha boradi. Daryo va ko’llarda hayot kechiradigan olabug’a (okun)ning uzunligi 50 sm, og’irligi 1 kg gacha va undan ko’proq bo’ladi. Olabug’a baliqlardan ilonbosh va oq amur Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, respublikamiz suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Skumbriyalar (Scombridae), tuneslar (Thunoidae) va buqacha baliqlar (Gobiidae) dengizlarda hayot kechiradi, faqat buqacha baliqlarning ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi. Tunes va skumbriyalar ko’plab ovlanadi. Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. Kefalsimonlar turkumi vakillarining tanasi duksimon. Kefalsimonlar turkumining xarakterli belgilari: -qorin suzgichlari ko’krak suzgichlarining orqasida joylashgan; -orqa suzgichlari ikkita; -tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan. Bu turkumning 2 ta kenja turkumi ma’lum 1. Dengiz cho’rtansimonlar (Sphyraenoidei) kenja turkumi vakillari jag’larida o’tkir va kuchli tishlari bo’lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho’rtan daryo va ko’llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o’tlari orasida yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo’jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 3 m ga etadi. 2. Kefalsimonlar (Mugiloidei) kenja turkumiga 2 ta oila kiradi. Kefalsimonlar (Mugilidae) va aterinsimonlar (Atherinidae) oilalari. Kefalsimonlar oilasiga singillar, lobanlar, o’tkir tumshuqlilar, pilengaslar va boshqalar kiradi. Boshi unchalik katta emas, og’zi kichik, tishlari mayda, tanasida yon chiziqlari yo’q. Iliq va o’rtacha sovuq suvlarda uchraydi, masalan, Atlantik, Tinch, Hind okeanlarida. Bular qirg’oqqa yaqin joylarda yashaydi. Lobanlar - asosan chuchuk suv baliqlari hisolanadi. Uzunligi 75 sm. Ko’krak suzgichlarida uzunchoq tangachalari mavjud.Yosh lobanlar zooplakton bilan, voyaga etganlar – hamaxo’r (o’simliklar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, detritlar). Singillar –O’rta er dengizi, Qora dengiz, Azov dengizlarda yashaydi. Kaspiy dengiziga iqlimlashtirilagan. Aterinsimonlar unchalik katta bo’lmagan dengiz yoki chuchuk suv baliqlari bo’lib, tropik va subtropik dengizlarda yashaydi. Bularda boshi yon tomondan siqilgan bo’ladi. Qora dengiz, Azov dengizlarda va Kaspiy dengizlarda uchraydi. Tanasida kumush rang yo’l bor. Aterinlarni ham bir qancha turlari majud, masalan qora dengiz aterinasi va boshqlar. Sanoat ahamiyati unchalik katta emas. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling