I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari: 
1. Okunsimonlar (olabug‘asimonlar) turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilariqanday? 
2. Okunsimonlar turkumining kenja turkumlari asosiy xarakterli belgilariqanday? 
3. Dengiz yoki tosh okunlarning oilasi vakillarini sanang? 
4. Quloqli okunlar oilasi vakillarini sanang? 
5. Stavridlar oilasi yoki otsimon makrellar vakillarini sanang? 
6. Ularning sanoatdagi ahamiyati qanday? 
 


26-MA’RUZA 
Mavzu: Skorpensimonlar turkumining tavsifi 
 
 
1.
 
Kambalasimonlar turkumi. 
2.
 
Skorpensimonlar oilasi. 
3.
 
Tuzilishi, biologiyasi. 
 
Tayanch iboralar: paleontologiya, entodermal, gipofiz, visseral, trias, mezazoy,  
 
Kambalasimonlar (Pleuronectiformes) turkumi vakillarining tanasi yon tomondan kuchli 
yassilashgan, ko’zlari boshining bir yonida joylashgan. Suzgich pufagi bo’lmaydi. U suv tubida 
hayot kechiradi, yon tomoni bilan suzadi. qorin tomoni oq, orqa tomoni qoramtir bo’ladi. 
Kambalaning tuxumdan chiqqan lichinkalari dastlab suv yuzasida suzib yuradi, keyinchalik suv 
tubida yashashga o’tishi bilan tanasi yon tomondan yassilashib, ko’zlari boshining bir yoniga 
ko’chadi. Kambalalarning bir necha o’n turi ma’lum. Orol va Kaspiy dengizlaridan tashqari 
hamma dengizlarda uchraydi. Ular juda serpusht bo’lib, sohil yaqiniga bir necha mingtagacha 
tuxum qo’yadi. Suv tubidagi har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Kambalalar tral yordamida 
ovlanadi. 
Hozirgi bosh skeletlilar (ya’ni umurtqalylar) orasida eng soddasi to’garak 
og’izlilar (Cyclpstomata) dir. Shu bilan bir qatorda, ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar 
ekanligi ma’lum. Afsuski, paleontologiya umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi. savolga 
bevosita javob bermaydi. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon 
davrlariga mansub. Bu qatlamlardan qalqonlilar yoki pansirlilar (Ostrocodermi) sinfi deb 
ataluvchi baliqsimon hayvonlar topilgan. Tanasini qoplab turgan yirik suyak qalqonga qarab 
ularga shunday nom berilgan. 
Qalqonlilar ma’lum darajada to’garak og’izlilarga yaqin Uxshashlik ularda gipofizlar 
xaltachaga ochiluvchi toq burun teshigi, jag’ apparati bo’lmasligi, jabra, yoylarining bo’g’imlarga 
bo’linmaganligi, jabralari entodermal ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo’lmasligi,
qulog’ida faqat ikkita yarim aylana kanallar bo’lishida ko’rinadi. (Ostrocodermae) hozirgi 
to’garak og’izlilar singari, Agnatha guruhiga kiradi 
Qalqonlilar faqat tashqi ko’rinishi bilan emas, balki ancha , muhim biologiyasi bilan
ham to’garak og’izlilardan farq qiladi. Aksariyat qalqonlilar tanasi elka-qorin tomoni bo’ylab 
yassilashgan, aytilganidek, suyak qalqon bilan qoplangan bo’ ladi. Bu esa ular suv tubida 
yashagan, deb taxmin qilishga imqon beradi. Bosh qalqonining orqa tomonida joylashgan 
ko’zlari ham shuni tasdiqlaydi. Ularda tepa ko’z yaxshi rivojlangan bo’lgan. Boshining orqa 
tomonida bshlang’ich ko’krak suzgichlarini eslatuvchi ikkita o’simtasi bor. Og’zi xuddi hozirgi 
to’garak og’izlilarniki kabi so’ruvchi tipda bo’lgan va ular plankton va detrit bilan 
oziqlangan. 
Qalqonlilar ancha katta guruh bo’lib, uch turkumni tashkil qiladi. Ularga boshqa 
Ostrocodermilardan qalqoni va birlamchi harakat organlari bo’lmasligi, ammo umurtqa 
pog’onasi yaxshi rivojlanganligi bilan keskin farq qiluvchi devon davri Palaeospondylus lari 
kiritiladi. Palaeospondylus miksinlarga yaqin turadi, degan fikr bor. 
Qalqonlilar devon; davrida qirilib ketgan. 


Fanda hali ma’lum bo’lmagan birlamchi bosh skeletlilar (Protocrania) ikki tarmoq xosil 
qilgan. Ularning biri jag’sizlar (Agnatha Entobranchiata). Bu tarmoq, o’z navbatida, ikki 
yo’nalishda rivojlangan:
1) suv’tubida yashashga moslashib, bentos bilan oziqlangani tufayli himoya organi 
sifatida qalqon hosil qilgan qalqonlilar;
2) chala parazit xolat-ga o’tish bilan so’ruvchi apparat, shox tishlar, ilonsimon tana 
kabi o’ziga xos moslanishga ega bo’lgan to’garak og’izlilar.
Ikkinchi asosiy tarmog’i Protocrania jag’lilardan (Grathostomata Ectobranchiata) 
tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar hosil bo’lgan. 
Baliqlarning haqiqiy ajdodlari hali noma’lum. Ularning tangachalar shaklidagi eng qadimgi 
qoldiqlari yuqori silur yotqyaziqlaridan topilgan. Devon davrida esa juda xilma-xil guruhlarning 
vakillari topilgan. Oddiy tuzilganlari bilan bir qatorda ancha murakkab byolgilarga ega bo’lgan 
eng oldingi guruhlaridan biri kalqonli baliqlar hisoblanadi. Masalan, ularning ichki skeleti asosan 
tog’aydan iborat bo’lsa ham, jag’lari suyakdan iborat bo’lib, tanasi suyak pansir bilan 
koplangan, Juft suzgichlari (ko’pincha oldingi jufti) qismlarga bo’lingan, suyak plastinkalar 
bilan qoplangan bo’lgan. Pansirli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho’r bo’lmagan suvlarda 
yashagan. Ular toshko’mir davrigacha yashagan. 
Haqiqiy tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) devon davridan ma’lum bo’lib, bir 
necha kenja sinflardan tashkil topgan. Bu lardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak 
plastinkalar bilan qoplangan mayda Acanthodii ni ko’rsatish mumkin. Ular suz gichining 
asoslari ancha keng bo’lib, ko’krak va qorin suzgich lari orasida keng asosli qator
qo’shimcha suzgichlar bo’lgan. Bunday tuzilishda qachonlardir juft suzgichlarni hosil 
qilgan yaxlit qatlam borligini ko’rish mumkin. Bu baliqlar sod daligini ularning jag’ 
yoylari qismlardan iborat ekanligi da ko’rish mumkin, ya’ni boshqa baliqlarga nisbatan 
jag’ apparatining yupqa visseral yoilarga ko’proq o’xshashligidir. 
Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum 
bo’lgani keyingi devon vakili S1adoselache ni ko’rsatamiz. Ularda ham yaxlit yon 
qatlamini eslatuvchi, asosi keng, uchi ingichka suzgichlarni ko’ rish mumkin. Bu 
baliqlarda rostrum bo’lmagan. Qo’shilish organi ham bo’lmasligi (hozirgi tog’aylilardan 
farq qilib) ularda tashqi urug’lanish mavjud bo’lganligidan dalolat be radi. 
Plastinka jabralilar (Elosmobronchii) toshko’mir davrida topilgan. Ular 
akulasimon baliqlardan iborat bo’lgan. Suv tubida yashashga moslashgan ko’ndalang 
ogizlilarning maxsus tarmog’i — skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo’lgan. Bir oz 
oldinroq triasda yaxlit boshlilar (Holocephali) ajralib chiqqan bo’lib, ular hech qachon 
ko’p sonli bo’lmagan.
Suyakli baliqlar ancha erta, devon davridayoq bir necha gu ruhi paydo bo’lgan.
Ulardan eng qadimgisi paleonissidlar (Palaeoniscoidei) dir. Ular asosan tashqi teri-
suyaklari, dumi geterotserkalligi, rostrumi, ganoid tangachalari bo’lishi, orqa va dum 
suzgichlarida V- shakldagi tangachalar fulkrlar bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Aytilganlarning hammasi ular hozirgi tog’ayli baliqlarga, ayniqsa osyotrsimon larga 
yaqin, deb hisoblashga imkon beradi. Paleonissidlardan 
triasda paydo bo’lgan ular 
bilan suyakli baliqlar o’rtasidagi oraliq forma bo’lgan suyakli ganoidlar (Holostei
kelib chiqqan. Ular mezozoy erasining o’rtalarida hukmron bo’l gan bo’lsada, xozirgi
vaktda faqat ikki vakili amiya va kayman baliqlar saqlanib qolgan. 


Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqkan. Ularning. 
evolyusiyasi juda tez va ko’p yo’nalishli bo’lgan. Hozirgi vaqtda ular hukmron baliqlar 
guruhidir. 
Cho’tka qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlarning ajdodlari, shubhasiz, o’zaro 
yaqin bo’lgan. Ikkala guruh ham devonda paydo bo’lib, yuqori devon va toshko’mir 
davrlarida keng rivojlanadi. Upka bilan nafas oluvchi har ikkala guruh baliklarning 
differensiyalanishi oziq xarakterining o’zgarishiga bog’liq. Cho’tka qanotlilar yirtqich hayot 
kechirib, tez harakat qilib, oziqni chaqqon tutib olish xususiyatini saqlab qolgan bir vaqtda, 
ikki xil nafas oluvchilar suv tubidagi
Umurtqasiz xayvonlar bilan oziqlanib, tez harakat qilish qobiliyatini yo’qotgani uchun 
yaxshi rivojlanmagan suzgichlarini yo’qotgan. Bu holatni ikki xil nafas oluvchilarning xozirgi 
ba’zi vakillarida ko’rish mumkin. CHo’tka qanotlilar boshqa hamma baliqlarga nisbatan 
quruqlikda yashovchi hayvonlarning dastlabki ajdodlariga — pansirli amfibiyalarga 
(Stegocephalia) yaqin turishi bilan diqqatga sazovordir. 
Baliqlar chuchuk suvlarda paydo bo’lib, keyin ancha tez Jahon okeaniga tarqalgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling