I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari? 
1. Kambalasimonlar turkumining umumiy tuzilishi haqida ma’lumot bering? 
2. Ularning xarakterli belgilari nimalardan iborat? 
3. Kambalalilar oilasining tuzilishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
4. Oila vakillarining biologiyasi haqida nimalarni bilasiz?. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28-MA’RUZA 
Mavzu: Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi.
Reja: 
1. Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
2. CHuqur suv baliqlari haqida ma’lumot. 
3. Ikki xil nafas oluvchilarning xarakterli belgilari.
4. Ikki xil nafas oluvchilarning biologiyasi. 
5. Baliqlarning filogeniyasi. 
Tayanch so‘z va iboralar: skelet, tog‘ay, umurtqa pog‘onasi, speral klapan, miya qutisi, 
aubostiliya, difitserkal, gomologik, o‘pka arteriyasi, kovak vena, myuller kanali. 
IKKI 
XIL 
NAFAS 
OLUVCHILAR 
KENJA 
SINFI 
(DIPNOI). 
MUMIY 
XARAKTERISTIKASI. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar aloxida tuzilishga ega bolgan, chuchuk 
suvlarda yashaydigan baliqlardir. Bularda kislorod kam bo‘lgan suvlarda yashashga imkon 
beruvchi sodda belgilari bilan bir qatori yuqori darajada moslashgan belgilar ham 
mujassamlashgan. Jumladan hozirgi vakillari skeletining ko‘p qismi butun umr davomida 
togaydan iborat bo‘ladi. YAxshi rivojlangan xorda saqlanadi. Umurtqa pog‘onasi deyarli 
rivojlanmagan bo‘lib, umurtqalarning boshlang‘ich ustki va ostki yoylaridan iborat. Miya qutisi 
asosan tog‘aydan iborat bo‘lib, faqat ba’zi joylarda suyak bilan qoplangan. YUqorigi jag‘ va 
jag‘lararo suyaklari yo‘q. Xuddi tog‘ayli baliqlardagi singari ichakda spiral klapon, yurakda esa 
qisqaruvchi arterial konus bor. Bu belgilarning hammasi sodda tuzilgandir.
SHu bilan bir qatorda ikki xil nafas oluvchi baliqlarda tanglay kvadrat tog‘ayi miya 
qutisiga bevosita qo‘shilib ketadi (aubostiliya). Dum suzgichi difitserkal tipda. Nixoyat ikki xil 
nafas oluvchilarning eng asosiy xususiyati jabra bilan nafas olishdan tashqari o‘pka bilan nafas 
olishdir. O‘pka bilan nafas olish organi sifatida ichak sistemasining ostki tomoniga ochiluvchi 
bitta yoki ikkita pufakcha xizmat qiladi. Bu xosilalar suyakli baliqlarning suzgich pufakchalari 
bilan gomologik emas.
Burun teshiklari ochiq bo‘lib, o‘pka orqali nafas olishda ham ishtirok etadi. Qon o‘pkaga 
to‘rtinchi juft jabra arteriyalaridan chiquvchi maxsus tomir orqali keladi. Extimol, bu tomirlar 
o‘pka arteriyasiga gomologikdir. O‘pkadan maxsus qon tomirlar qonni yurakka olib boradi. Bu 
tomirlarni o‘pka venalariga gemologik deyish mumkin. YUrak bo‘lmasida uni qisman chap va 
o‘ng qismga bo‘luvchi to‘siq bor. YUrak bo‘lmasining chap qismiga qon o‘pka venalaridan, 
o‘ng qismiga kyuv’er oqimidan va keyingi kovak venalardan keladi. SHuni qayd qilish kerakki
kovak vena (ko‘p nurlilardan tashqari) yuqorida tanishilgan kenja sinflarda yo‘q va tomir 
quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos. Kovak vena o‘ng kardinal venaning ajralishidan hosil 
bo‘ladi.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning progressiv belgilaridan yana biri oldingi miyaning 
kuchli rivojlanishidir. Uning qopqog‘i suyakli baliqlardagi singari epitelial bo‘lmasdan balki 
nerv xujayralariga ega. Nihoyat, jinsiy-tanosil sistemasi bir tomondan tog‘ayli baliqlarga, 
ikkinchi tomondan amfibiyalarga o‘xshaydi.
Tana boshlig‘iga ochiluvchi myuller kanali tuxum yo‘li vazifasini bajaradi. Maxsus urug‘ 
yo‘li yo‘q va jinsiy yo‘l sifatida dastlab mezonefrik buyrakning oldingi qismi orqali o‘tuvchi 
vol’f kanali xizmat qiladi, unga urug‘ chiqaruvchi kanalchalar qo‘shiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling