I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Nazorat savollari: 
1.Treskasimonlar turkumining umumiy tuzilishi qanday? 
2. Treskasimonlar turkumining xarakterli belgilari, biologiyasi, tarqalishi. 
3. Treskasimonlarning sanoatdagi ahamiyatiqanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


25-MA’RUZA 
Mavzu: Okunsimonlar turkumining tavsifi. 
Reja: 
1. Okunsimonlar (olabug‘asimonlar) turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. 
2. Okunsimonlar turkumining kenja turkumlari asosiy xarakterli belgilari. 
3. Dengiz yoki tosh okunlarning oilasi. 
4. Quloqli okunlar oilasi 
5. Stavridlar oilasi yoki otsimon makrellar. 
6. Ularning sanoatdagi ahamiyati. 
Tayanch iboralar: ktenoid, sikloid, mezokaroid, sikloid, metamormoz, veber apparati, 
pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, 
Okunsimonlar 
(Perciformes) 
turkumi, 
umumiy 
tuzilishi, 
xarakterli 
belgilari. 
Okunsimonlar turkumi eng keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan baliqlar. 150 dan ortiq oilalari 
va 6 mingdan ortiq turi bor. Okunsimonlar turkumi xarakterli belgilari: 
-suzgich pufagi yopiq
-suzgichlarida tikanlari bor; 
-tanasi ktenoidli yoki sikloidli tangchalar bilan qoplangan. 
Okunsimonlar dengiz baliqlari hisoblanadi, lekin chuchuk suvlarda ham uchraydi. Juda 
ko’p turlari yoki oilalari vakillari sanoat ahamiyatiga ega, masalan, okunsimonlar, 
skumbriyasimonlar va boshqalar. 
Okunsimonlar turkumining bir nechta kenja turkumlari bor. 
1.
Okunsimonlar (Percoidei) kenja turkumi. Bu turkumga serranlar, okunlar, sultan 
okuni, stavridlarquloqli okunlar, lufarlarsparlar yoki dengiz karasi, bukrilar, gubanlar, dengiz 
ajdarchasi, yulduzsimonlar va boshqa oilalar kiradi. 
Serranlar oilasi – anal suzgichlarida 3 ta nur bor, orqa suzgichi odatdagidek 1 ta, qorin 
suzgichlarida 5 ta nur bor. Tropik va subtropik suvlarda keng tarqalgan. Yirtqich baliqlar. 
Serranlar uchun xarakterli belgilaridan biri – germofrodit. Bitta turni o’zida ham ikra ham 
sperma bo’ladi. Agar ikralar etilsa o’z-o’zini otalantiradi.
Okunlar oilasi – tanasi ktenoidli tangacha bilan qoplangan. Anal suzgichida 1 – 2 nurlar 
mavjud. Jabra qopqoqlarining cheti tishchali. Okunlar oilasiga okunlar, sudaklar, ershilar 
perkarinlar avlodlari kiradi. Okunlar avlodiga sariq okun, oddiy okun va balxash okuni kiradi. 
Sariq okun asosan Amerikada tarqalgan.
Oddiy okun Evropa va Morkaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Chuchuk suvlarda 
yashaydi, ayniqsa kislorod rejimi yaxshi suvlarda ko’p uchraydi. Xarakterli belgisi: 
-tanasi mayda ktenoidli tangachalar bilan qoplangan; 
-birinchi orqa suzgichi ikkinchisidan yuqoriroqda joylashadi; 
-birinchi orqa suzgichlarida qora dog’lari bor; 
-tanasi yashil-sariq; 
-tanasida 5-9 ta ko’ndalang qoramtir yo’llari bor; 
-qorin, anal va dum suzgichlari ochiq qizil rangda. 
Tana uzunligi 50 sm, og’irligi 1,5 kg. 2 ta turi bor: birinchisi mayda qirg’oqqa yaqin 
yashaydiga turi va ikkinchisi yirik turi chuqur joylarda uchraydi. Qirg’oqda yashaydiganlari gala 
bo’lib yashaydi. Sekin o’sadi, zooplankton bilan oziqlanadi. Chuqur joylarda yashaydigan turlari 
tez o’sadi, baliqlar bilan oziqlanadi. Bu ikki tur yashash joyi bilan farq qiladi.


Sametslari 2-3 yoshda, samkalari 3-4 yoshda voyaga etadi, 10-16 sm uzunlikda. Pakana 
sametslari bor 1 yilda voyaga etadigan. Okunlar bahorda ko’payadi 8-15 grad. Ikralarini 
o’simliklarning orasiga qo’yadi. Tasmaga o’xshash uzun o’ralgan holda ikralarini tashlaydi. Bu 
ikrali tasmalarni uzunligi qirg’oq okunlarida 10-40 sm, chuqurlikda yashaydiganlarida 1 m 
bo’lishi mumkin. 10 mingdan 900 mingta gacha ikra qo’yadi. Birinchi yilda tez o’sadi.
Balxash okuni Balxashda keng tarqalgan, yirtqich, xarakterli belgisi voyaga etganlarida 
ko’ndalang yo’llar yo’q.
Sudaklar avlodi. Tanasi baland emas, oddiy okun singari. Chuchuk suv va yarim 
o’tkinchi baliqlar. Qorin suzgichlari orasi uzoq, yaqin emas. Boshida sliz yoki shilimshiq modda 
chiqaradigan chuqurchalar kam. Tanasida ko’ndalang sariq yo’llar bor. SHimoliy Amerika, Orol 
dengizi, Kaspiy va boshqa dengizlarda uchraydi. 5 ta turi ma’lum. 3 ta turi soyuzda uchraydi – 
sudak, bersh, dengiz sudaki. 
Oddiy sudak – Jag’ida klik (ortiqcha et) bor. Yuqori jag’ suyagi uzun. Tana uzunligi 130 
sm. Og’irligi 15 kg. Balxash, Issiqko’lda iqlimlashtirilgan. Voyaga etganlari 40-60 sm bo’ladi. 3-
7 yoshda voyaga etadi. Ikkita formalari bor: o’troq va yarim o’tkinchi. O’troqlari daryo va suv 
omborlarida yashasa, yarim o’tkinchilari sho’r suvlarda hayot kechiradi. Yarim o’tkinchilari tez 
o’sadi, sanoat ahamiyatiga ega o’troqlariga nisbatan. 19-20 grad urchiydi. Ikralarini suv 
o’simliklari ildiziga yaqin joylarga qo’yadi. Sametslari ikralarni himoya qiladi.200 mingdan 2,5 
mln tagacha ikra qo’yadi. Ikralari yoshishuvchi, sariq rangda. Yosh sudaklar 
qisqichbaqasimonlar bilan, voyaga etganlari yirtqich (mayda baliqlar). Qimatli sanoat 
ahamiyatiga ega.
Bersh – Kaspiy Azov va Qora dengizlarda tarqalgan. 
Dengiz sudaki – Qora dengiz va Kaspiy dengizda tarqalgan.
Ershilar avlodi – 2 ta turi bor. Oddiy ershi va ersh-nosar yoki biryuchok.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling