I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
30-MA’RUZA Mavzu: Baliqlarning filogeniyasi. Reja: 1. Baliqlarning filogeniyasi 2. Chuqur suv baliqlarining o’ziga xos tuzilishi va belgtlari. Baliqlarning filogeniyasi. Tayanch so‘z va iboralar: skelet, tog‘ay, umurtqa pog‘onasi, speral klapan, miya qutisi, aubostiliya, difitserkal, gomologik, o‘pka arteriyasi, kovak vena, myuller kanali. Treskasimonlar turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. Kambalasimonlar (Pleuronectiformes) turkumi vakillarining tanasi yon tomondan kuchli yassilashgan, ko‘zlari boshining bir yonida joylashgan. Suzgich pufagi bo‘lmaydi. U suv tubida hayot kechiradi, yon tomoni bilan suzadi. qorin tomoni oq, orqa tomoni qoramtir bo‘ladi. Kambalaning tuxumdan chiqqan lichinkalari dastlab suv yuzasida suzib yuradi, keyinchalik suv tubida yashashga o‘tishi bilan tanasi yon tomondan yassilashib, ko‘zlari boshining bir yoniga ko‘chadi. Kambalalarning bir necha o‘n turi ma’lum. Orol va Kaspiy dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda uchraydi. Ular juda serpusht bo‘lib, sohil yaqiniga bir necha mingtagacha tuxum qo‘yadi. Suv tubidagi har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Kambalalar tral yordamida ovlanadi. Hozirgi bosh skeletlilar (ya’ni umurtqalylar) orasida eng soddasi to‘garak og‘izlilar (Cyclpstomata) dir. SHu bilan bir qatorda, ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar ekanligi ma’lum. Afsuski, paleontologiya umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi. savolga bevosita javob bermaydi. Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davrlariga mansub. Bu qatlamlardan qalqonlilar yoki pansirlilar (Ostrocodermi) sinfi deb ataluvchi baliqsimon hayvonlar topilgan. Tanasini qoplab turgan yi rik suyak qalqonga qarab ularga shunday nom berilgan. Qalqonlilar ma’lum darajada to‘garak og‘izlilarga yaqin Uxshashlik ularda gipofizlar xaltachaga ochiluvchi toq burun teshigi, jag‘ apparati bo‘lmasligi, jabra, yoylarining bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi, jabralari entodermal ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo‘lmasligi, qulog‘ida faqat ikkita yarim aylana kanallar bo‘lishida ko‘rinadi. (Ostrocodermae) hozirgi to‘garak og‘izlilar singari, Agnatha guruhiga kiradi Qalqonlilar faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ancha , muhim biologiyasi bilan ham to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Aksariyat qalqonlilar tanasi 1 elka-qorin tomoni bo‘ylab yassilashgan, aytilganidek, suyak qalqon bilan qoplangan bo‘ ladi. Bu esa ular suv tubida yashagan,, deb taxmin qilishga imqon beradi. Bosh qalqonining orqa tomonida joylashgan ko‘zlari ham shuni tasdiqlaydi. Ularda tepa ko‘z yaxshi rivojlangan bo‘lgan. Boshining orqa tomonida bshlang‘ich ko‘krak suzgichlarini eslatuvchi ikkita o‘simtasi bor. Og‘zi xuddi hozirgi to‘garak og‘izlilarniki kabi so‘ruvchi tipda bo‘lgan va ular plankton va detrit bilan oziqlangan. Qalqonlilar ancha katta guruh bo‘lib, uch turkumni tashkil qiladi. Ularga boshqa Ostrocodermi lardan qalqoni va birlamchi harakat organlari bo‘lmasligi, ammo umurtqa pog‘onasi yaxshi rivojlanganligi bilan keskin farq qiluvchi devon davri Palaeospondylus lari kiritiladi. Palaeospondylus miksinlarga yaqin turadi, degan fikr bor. Qalqonlilar devon; davrida qirilib ketgan. Fanda hali ma’lum bo‘lmagan birlamchi bosh skeletlilar (Protocrania) ikki tarmoq xosil qilgan. Ularning biri jag‘sizlar (Agnatha Entobranchiata). Bu tarmoq, o‘z navbatida, ikki yo‘nalishda rivojlangan: 1) suv'tubida yashashga moslashib, bentos bilan oziqlangani tufayli himoya organi sifatida qalqon hosil qilgan qalqonlilar; 2) chala parazit xolat-ga o‘tish bilan so‘ruvchi apparat, shox tishlar, ilonsimon tana kabi o‘ziga xos moslanishga ega bo‘lgan to‘garak og‘izlilar. Ikkinchi asosiy tarmog‘i Protocrania jag‘lilardan (Grathostomata Ectobranchiata) tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar hosil bo‘lgan. Baliqlarning haqiqiy ajdodlari hali noma’lum. Ularning tangachalar shaklidagi eng qadimgi qoldiqlari yuqori silur yotqyaziqlaridan topilgan. Devon davrida esa juda xilma-xil guruhlarning vakillari topilgan. Oddiy tuzilganlari bilan bir qatorda ancha murakkab byolgilarga ega bo‘lgan eng oldingi guruhlaridan biri kalqonli baliqlar hisoblanadi. Masalan, ularning ichki skeleti asosan tog‘aydan iborat bo‘lsa ham, jag‘lari suyakdan iborat bo‘lib, tanasi suyak pansir bilan kop- langan, Juft suzgichlari (ko‘pincha oldingi jufti) qismlarga bo‘lingan, suyak plastinkalar bilan qoplangan bo‘lgan. Pansirli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho‘r bo‘lmagan suvlarda yashagan. Ular toshko‘mir davrigacha yashagan. Haqiqiy tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) devon davridan ma’lum bo‘lib, bir necha kenja sinflardan tashkil topgan. Bu lardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak plastinkalar bilan qoplangan mayda Acanthodii ni ko‘rsatish mumkin. Ular suz gichining asoslari ancha keng bo‘lib, ko‘krak va qorin suzgich lari orasida keng asosli qator qo‘shimcha suzgichlar bo‘lgan. Bunday tuzilishda qachonlardir juft suzgichlarni hosil qilgan yaxlit qatlam borligini ko‘rish mumkin. Bu baliqlar sod daligini ularning jag‘ yoylari qismlardan iborat ekanligi da ko‘rish mumkin, ya’ni boshqa baliqlarga nisbatan jag‘ apparatining yupqa visseral yoilarga ko‘proq o‘xshashligidir. Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum bo‘lgani keyingi devon vakili S1adoselache ni ko‘rsatamiz. Ularda ham yaxlit yon qatlamini eslatuvchi, asosi keng, uchi ingichka suzgichlarni ko‘ rish mumkin. Bu baliqlarda rostrum bo‘lmagan. Qo‘shilish organi ham bo‘lmasligi (hozirgi tog‘aylilardan farq qilib) ularda tashqi urug‘lanish mavjud bo‘lganligidan dalolat be radi. Plastinka jabralilar (Elosmobronchii) toshko‘mir davrida topilgan. Ular akulasimon baliqlardan iborat bo‘lgan. Suv tubida yashashga moslashgan ko‘ndalang ogizlilarning maxsus tarmog‘i — skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo‘lgan. Bir oz oldinroq triasda yaxlit boshlilar (Holocephali) ajralib chiqqan bo‘lib, ular hech qachon ko‘p sonli bo‘lmagan. Suyakli baliqlar ancha erta, devon davridayoq bir necha gu ruhi paydo bo‘lgan. Ulardan eng qadimgisi paleonissidlar (Palaeoniscoidei) dir. Ular asosan tashqi teri- suyaklari, dumi geterotserkalligi, rostrumi, ganoid tangachalari bo‘lishi, orqa va dum suzgichlarida V- shakldagi tangachalar fulkrlar bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Aytilganlarning hammasi ular hozirgi tog‘ayli baliqlarga, ayniqsa osyotrsimon larga yaqin, deb hisoblashga imkon beradi. Paleonissidlardan triasda paydo bo‘lgan ular bilan suyakli baliqlar o‘rtasidagi oraliq forma bo‘lgan suyakli ganoidlar (Holostei) kelib chiqqan. Ular mezozoy erasining o‘rtalarida hukmron bo‘l gan bo‘lsada, xozirgi vaktda faqat ikki vakili amiya va kayman baliqlar saqlanib qolgan. Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqkan. Ularning. evolyusiyasi juda tez va ko‘p yo‘nalishli bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ular hukmron baliqlar guruhidir. CHo‘tka qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlarning ajdodlari, shubhasiz, o‘zaro yaqin bo‘lgan. Ikkala guruh ham devonda paydo bo‘lib, yuqori devon va toshko‘mir davrlarida keng rivojlanadi. Upka bilan nafas oluvchi har ikkala guruh baliklarning differensiyalanishi oziq xarakterining o‘zgarishiga bog‘liq. CHo‘tka qanotlilar yirtqich hayot kechirib, tez harakat qilib, oziqni chaqqon tut.ib olish xususiyatini saqlab qolgan bir vaktda, ikki xil nafas oluvchilar suv tubidagi Umurtqasiz xayvonlar bilan oziqlanib, tez harakat qilish qobiliyatini yo‘qotgani uchun yaxshi rivojlanmagan suzgichlarini yo‘qotgan. Bu holatni ikki xil nafas oluvchilarning xozirgi ba’zi vakillarida ko‘rish mumkin. CHo‘tka qanotlilar boshqa hamma baliqlarga nisbatan quruqlikda yashovchi hayvonlarning dastlabki ajdodlariga — pansirli amfibiyalarga (Stegocephalia) yaqin turishi bilan diqqatga sazovordir. Baliqlar chuchuk suvlarda paydo bo‘lib, keyin ancha tez Jahon okeaniga tarqalgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling