I X t I o L o g I y a
-rasm. Olabug’aning tashqi tuzilish sxemasi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu
- Mashg’ulotning maqsadi
2.1-rasm. Olabug’aning tashqi tuzilish sxemasi. Nazorat savollari: 1. Baliqlarning terisi haqida ma’lumot byering. 2. Baliqlarning tangachalari va suzgichlarining tuzilishini tushuntiring? 3. Baliqlarning yoshini qanday aniqlasa bo‘ladi? 4. Baliqlarning suzgich qanotlari necha turga bo‘lib o‘rganiladi? 5. Toq suzgichlarini sanab byering va ular qanday vazifalarni bajaradi? 6. Baliqlarda juft suzgichlarni aytib byering va ular organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? 4-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Baliqlar skeletining tuzilishi. Kerakli materiallarva jihozlar: zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlar- ning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli jadvallar. Mashg’ulotning maqsadi: zog’ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Asosiy matn. Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan. Uning asosini umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dumigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa pog‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (zog‘orabaliqda 39-42 ta umurtqa bor). Skeleti, asosan, umurtqa pog‘onasini tashkil etadigan baliqlar va boshqa hayvonlar umurtqali hayvonlar, qolgan barcha hayvonlar umurtqasiz hayvonlar deb ataladi. Zog‘orabaliq rivojlanayotgan vaqtda uvuldirig‘ida (ikrasida) uning kelgusi umurtqasi o‘rnida xorda hosil bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar rivojlanadi. Voyaga etgan zog‘orabaliqning umurtqalari orasida xordaning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi. Oq bakra, bakrabaliqda va ba’zi boshqa baliqlar turida xuddi lansetnikdagi singari, xorda ularning butun hayoti davomida saq lanib qoladi. Har bir umurtqa umurtqa tanasidan, ustki va ostki bir juft umurtqa yoylaridan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi natijasida ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashadi. Gavda bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomonidan qilichsimon qovurg‘alar kelib birikadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi. Ularning ostki tomonida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa po g‘onasining oldingi uchi kalla suyagi bilan harakatsiz birikmada bo‘ladi. Suzgich qanotlarining skeleti suzgichlar yoylari suyaklaridan iborat. Zog‘orabaliqda juft qorin suyakchalari skeleti, umurtqani tanasi bilan tutashtirib turadigan kamar skeleti, rivojlanmagan bosh skeleti, bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va Jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat bo‘ladi. Har bir umurtqa tanadan va yuqoridagi uzun o‘simta bilan tugallanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar ketmaket yig‘ilib, orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qiladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling