I X t I o L o g I y a


-rasm. Zog’ora baliqning skeleri


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
2.2-rasm. Zog’ora baliqning skeleri. 


 
Asosiy matn. Baliqlarning tana tuzilishlari, harakatlanish a’zolari. Baliqlar tanasini o‘ngga 
va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, 
anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari 
dumining ostida joylashgan. 
Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi 
tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini 
muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to‘xtashiga, shuningdek, oldinga 
qarab asta-sekin suzishiga yordam byeradi. 
Ko‘pgina baliqlar butun tanasini qayirish natijasida hosil bo‘ladigan to‘lqin hisobiga 
oldinga harakat qiladi. Ba’zilari esa tanasini harakatlantirmay suzgichlarini to‘lqinlantirib 
suzadi.Baliqlar tanasini qanchalik ko‘p qayira olishi umurtqalarining soniga va tangachalarining 
katta-kichikligiga bog‘liq. Umurtqasi qancha ko‘p yoki tangachasi qancha mayda bo‘lsa, baliq 
shunchalik ko‘p qayriladi. SHuningdek, baliqlarning suzish tezligiga teridan ajralib chiqadigan 
va ularning ustini qoplab olgan shilimshiq modda ham katta yordam byeradi. 
Baliqlarning asosiy harakati suzishdan iborat bo‘lsa ham, ba’zan suvdan yuqoriga o‘qdek 
otilib chiqadigan va havoda ancha masofaga uchib boradigan monoplan yoki biplan uchar 
baliqlar; dengiz xo‘rozi, uzunqanot kabi suv ostida o‘rmalab yuruvchilar; shumtakabaliq kabi 
suvdan qirg‘oqqa irg‘ib chiqib, baquvvat ko‘krak suzgichi yordamida quruqlikda hakkalab yurib, 
hasharot tutadigan irg‘uvchi baliqlar ham bor. Ilonbosh kabilar hatto quruqlikka chiqib, sayr 
qilib yuradi, bir havzadan ikkinchi havzaga quruqlik orqali o‘tadi. Qalqonli cho‘rtan esa dumiga 
tayanib suv betida tikka yuradi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling