I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari: 
1. Zog‘ora baliqning skeleti qanday tuzilgan? 
2. Baliqlarning umurtqa pog‘onasi haqida ma’lumot byering? 
3. Zog‘ora baliqda nechta umurtqa bor? 
4. Zog‘ora baliqning uvildirig‘ida umurtqa o‘rnida nima bo‘ladi? 
5. Gavda bo‘limlaridagi umurtqalarga nima kelib birikkan? 
6. Baliqlarning bosh skeleti haqida ma’lumot byering? 
7. Baliqlarning muskullari tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot byering? 
8. Suzgichlari baliqlar organizmida qanday rol o‘ynaydi? 
9. Baliqlar tanasini qanday harakatlantiradi? 
10. Baliqlarning juft suzgichlarining vazifasi nimadan iborat? 
 


6-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Baliqlarning hazm qilish tizimining tuzilishi 
 
Kerakli materiallarva jihozlar: zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir nechta turli 
yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, 
preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), 
mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlarning tashqi 
ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli 
jadvallar. 
Mashg’ulotning maqsadi: zog’ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining 
xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. 
Baliqni ichki tuzilishini organish. 
Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda 
chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga 
kichik kesik hosil qiling. 
Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan 
og’izgacha kesing.
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga 
kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab 
kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling. 
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining 
tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va 
Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini 
o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil 
qiling. 
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib 
baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv 
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi). 
Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning 
och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni 
tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va 
qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling. 
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz 
bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon 
osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini chiqarib olib, uning shakli va 
tuzilishini o’rganing. 
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. 
Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini en-
sadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh 
skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv 
tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang. 
Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor 
preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi. 
Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib 
chiqing (2-rasm). 



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling