2.4-rasm. Zog’ora baliq ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi:
l-venoz qo’ltig’i, 2-yurak bo’lmasi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so’g’oni, 6-olib
keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuvyerov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo-zon, 10-o’n ikki bannoqli
ichak, 11-ingichka ichak, 12-to’g’ri ichak, 13-anal teshi-gi, 14-jigar, 15-o’t pufagi, 16-o’t yo’li,
17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich pufagi, 20-buyrak, 21-siydik yo’li, 22-siydik-tanosil
o’sig’i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy teshik.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Zog’ora baliqning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha
baliqlardagidek halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q.
Boshqa baliqlarga o’xshash zog’ora baliqda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz
bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan
bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Tag tomonida beshtadan jabra yorig’i
bo’lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam
diffyerensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limini o’n ikki barmoqli
ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi
baliqlar oshqozonining atrofida har xil sondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, zog’ora baliqda
bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi, oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib,
uning pallalari orasida o’t suyuqligi bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki
barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab
tarqalgan. Ichak bog’ichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o’rnashgan. Tana bo’shlig’ining
yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ suzgich pufak joylashgan.
Nazorat savollari:
1.
Baliqlarning oshqozoni qanday tuzilgan?
2.
Baliqlarning ichagi qanday tuzilgan?
3.
Baliqlarning suzgich pufagi qanday vazifa bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |