Zond qo’yish, oshqozon yuvish texnikasi stomatitlarda og‘iz shilliq par


Download 77.55 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1577263
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI


ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI


1. Stomatitlarda og‘iz shilliq pardasiga ishlov berish texnikasi

l. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: antiseptik eritmalar (natriy gidrokar-bonatning 0,2% li eritmasi, furatsillinning 1:5000 eritmasi), lotok, pinset, Koxer qisqichi, doka salfetkalar, shpatel, xloraminning 3% li eritmasi, og‘iz kengaytirgich, til tutgich.
3. Bola yoki uning onasi ogohlantiriladi va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash zarurligi tushuntiriladi.
4. Bola boshi yon tomonga buriladi, lunji ostiga suvqog‘oz va buyraksimon lotok qo‘yiladi.
5. Qo‘lqoplar kiyiladi.
6. Bolaga og‘izni kattaroq ochish va tilni chiqarish taklif qilinadi, agar bola o‘zi og‘zini ocha olmasa, og‘iz kengaytirgich va til tutgich yordamida ohista tili tashqariga tortiladi.
7. Qisqich yordamida tampon olinadi va yuqoridagi eritmalarning birida ho‘llanadi.
8. Bola lunji shpatel yordamida tortiladi.
9. Tampon bilan bolaning barcha tishlari, milki, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, tili ishqalanadi.
10. Lablari qurigan va yorilgan bo‘lsa ularga vazelin yoki sariyog‘ surtib qo‘yiladi.
11. Qo‘lqoplar yechilib, ishlov beriladi.

2. Og‘iz oqarishida og‘iz shilliq pardasiga ishlov berish texnikasi

Bunday hollarda og‘iz bo‘shlig‘ida ishqoriy muhitni saqlab turish juda muhim, buning uchun natriy bikarbonat (soda) ning 2% li eritmasi bilan og‘iz chayiladi yoki shilliq pardadagi oq karashlar yo‘qolgunicha artib chiqiladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga ba’zan metilen ko‘kining suvdagi 1% li eritmasi, 100% li qand sharbati bilan ishlov berish ham


samarali bo‘lib chiqadi. Og‘iz oqarishiga asosan zamburug‘lar sabab bo‘lishini hisobga olib, shilliq parda artib tozalangach, unga nistatin yoki levorin tabletkalaridan maydalab sepib turish yaxshi natija beradi.


Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling