Zond qo’yish, oshqozon yuvish texnikasi stomatitlarda og‘iz shilliq par


Download 77.55 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1577263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI

3. Oral regidratatsiya o‘tkazish

Dispepsiyada bolani parvarish qilishda me'da-ichak yo‘llarini ovqatdan xalos etish uchun uni 6-12-18 soat mobaynida suv-choyli parhezga o‘tkazish juda muhim. Bunday paytda bolaga choy, qaynatilgan suv, izotonik natriy xlorid eritmasi, 5% li glukoza eritmasi, Ringer eritmasi beriladi, albatta, bularni toksikozning og‘ir-yengilligiga qarab bola vaznining har bir kilogrammiga sutkasiga 150-200 ml hisobidan beriladi.


Masalan: Bola 3 oylik bo‘lgan, vazni 5000 gr. Toksik dispepsiya tufayli ovqatlantirish 12 soatga to‘xtatilgan. Binobarin, butunlay ovqat berish bekor qilinib, o‘rniga sutkalik miqdorida suyuqlik berish kerak. 150 mix 5 = 750 ml. Biroq suv-choyli parhez faqat 12 soatga buyurilgan, shuning uchun bu vaqt mobaynida uning yarmi beriladi: 750 ml: 2 = 375 ml, ya’ni taxminan 400 ml. Suyuqliklardan qaynagan suv, shirin choy (5% qand), Ringer eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi kabilarni ichimlik o‘rnida oz-ozdan sovitib har 5-10 daqiqada 2-3 choy qoshig‘ida, ketma-ket qusganda esa, pipetka bilan tomchilab beriladi.

4. Qusayotganda yordam ko‘rsatish

Ko‘krak yoshidagi bola qusganda bolaning boshini yonga buriladi, shunday qilinganda qusuq massalari bilan aspiratsiya bo‘lmaydi. Yoshi kattaroq bola qusganda esa o‘tirgizib qo‘yib oyoqlari orasiga tog‘ora qo‘yiladi, boshini sal oldinga engashtiriladi va boshi ushlab turiladi. Bola qusib bo‘lganidan keyin og‘zini chayib tashlash uchun suv beriladi, emadigan yoshdagi bolaga bir necha qoshiq qaynagan suv ichirib yuboriladi.




5. Me’dani yuvish texnikasi

1. Tayyorlab qo‘yiladi: steril yo‘g‘on oshqozon zondlari, voronka, oshqozonni yuvish uchun eritma (natriy gidrokar-bonatning 4,2% li eritmasi) solingan chelak, suv (1 litrli ob-dastada), suvqog‘ozli fartuk, suvqog‘oz, yuvindi suvlari uchun tog‘ora, sochiq, Jane shpritsi, qo‘lqoplar.


2. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
3. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
4. Qo‘lqoplar kiyiladi va fartuk taqiladi.
5. Bolaga ko‘ylak yoqasi, galstuk, kamarini yechish taklif qilinadi.
6. Bola to‘g‘rilab o‘tkaziladi. U stul suyanchig‘iga suyanib, boshini oldiga egib, oyoqlarini yon tomoniga yozib o‘tirishi kerak.
7. Bola bo‘yni va ko‘kragiga suvqog‘ozni shunday yopish ke-rakki, uning oyoqlari orasiga qo‘yilgan tog‘oraga suvqog‘ozning chetlari tushib tursin.
8. Pinset bilan idish ichidagi sterillangan nam zond olinadi. Uni to‘mtoq uchidan 10-15 sm uzoqlikda o‘ng qo‘l bilan ushlanadi, chap qo‘l bilan esa erkin uchi ushlanadi.
9. Zonddagi belgilarga qarab (yoki oldingi qoziq, tishlardan kindikkacha bo‘lgan masofagacha), zondning kiritilish uzunligi aniqlanadi.
10. Bolaga og‘izni ochish va burun orqali chuqur-chuqur nafas olish taklif qilinadi va zondning to‘mtoq uchi til ildiziga qo‘yiladi.
11. Har bir yutinish harakati bilan zond qizilo‘ngach orqali oshqozonga kerakli belgigacha yuboriladi.
12. Voronka zondning erkin uchiga ulanadi.
13. Voronka bolaning tizzasi sathigacha tushiriladi va unga yuvuvchi suyuqlik to‘ldiriladi.
14. Suyuqlik to‘ldirilgan voronka asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi, bunda suyuqlik sathi voronka bo‘g‘zigacha tushishi kerak.
15. Voronka oshqozondagi moddalar bilan to‘lishi uchun bolaning tizzasi sathigacha tushiriladi va voronka tog‘oraga bo‘shatiladi.
16. 13-15 punktlardagi muolajalar toza suv paydo bo‘lgunga qadar takrorlanadi.
17. Zondning erkin uchi salfetka bilan o‘raladi.
18. Zond salfetka orqali asta-sekinlik bilan tortib olinadi. 19. Boladan suvqog‘ozni yechib olinadi, muolaja uchun
ishlatilgan buyumlar yig‘ishtiriladi, so‘ng ularga ishlov beriladi. 20. Muolajadan keyin bola ahvolidan xabardor bo‘lib
turiladi.

Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling