I X t I o L o g I y a
IKKI XIL NAFAS OLUVCHILARNING SISTEMATIKASI VA EKOLOGIYASI
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. BIR O‘PKALILAR TURKUMI (MONOPNEUMONES)
- 2. QO‘SH O‘PKALILAR TURKUMI (DIPNEUMONES).
IKKI XIL NAFAS OLUVCHILARNING SISTEMATIKASI VA EKOLOGIYASI.
Ikki xil nafas oluvchilar o‘rta devonda paydo bo‘lib paleoziy oxirida va mezoziy boshida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda uchta oila va uchta avlodni birlashtirgan ikkita turkumi saqlangan. 1. BIR O‘PKALILAR TURKUMI (MONOPNEUMONES) Bitta oilasi (Ceratodidae) va hozirgi zamonda yashaydigan bitta Neoceratodus avlodi bor. Vakili neotseratod (N. forsteri). Bu hozirgi eng yirik ikki xil nafas oluvchi baliq bo‘lib, uzunligi 175 sm. SHarqiy Avstraliyaning Kvenslend daryosida tarqalgan. Ikkita simmetrik qismga bo‘linmagan toq o‘pka xaltasi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Jabralari yaxshi rivojlangan. Neotseratod ham o‘pka bilan, ham jabra bilan yoki aloxida aloxida nafas olishi mumkin. SHuning uchun ham boshqa baliqlar yashay olmaydigan, o‘simliklar o‘sib ketgan suvlarda yashay oladi. YOzda suv kamayib, o‘simliklar chirishi bilan suvda kislorod nixoyatda kam bo‘lgan vaqtda ular qisman yoki to‘liq o‘pka orqali nafas oladi. Baliq tez tez suv satxiga ko‘tarilib, shalpillab tovush chiqarib, xavodan nafas oladi. Kuzda xovuzlar asta sekin to‘lishi bilan o‘pka orqali nafas olishningmoxiyati kamayadi va ko‘pincha qonning oqsillanishi jabra orqali bo‘ladi. Neotseritodlar butunlay qurib ketmaydigan xavzalarda yashagani uchun uyquga ketmaydi. Suv tubiga yaqin joylarda yashab, ko‘p vaqt suv tubida yotadi. Qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar va molyuskalar bilan oziqlanadi. Sentabr oktabr oylarida urchiydi. Tuxumini o‘simliklar orasiga qo‘yadi. O‘zgarishsiz rivojlanadi, yosh baliqchalarda tashqi jabralar bo‘lmaydi. 2. QO‘SH O‘PKALILAR TURKUMI (DIPNEUMONES). Bu turkumga o‘zaro juda yaqin bo‘lgan ikki oila; tropic Afrikada tarqalgan Protopteridae va Janubiy Amerikaning Amazonka vodiysida yashaydigan Lepidosirenidae kiradi. Birinchi oilaga protopterus (Protopterus) avlodiga mansub bir necha tur. Ikkinchisiga esa bir avlod va bir tur lepidosiren (Lepidosiren) kiradi. Qo‘sh o‘pkalilarga jabra orqali nafas olishning axamiyati jabra bilan nafas olishga nisbatan ko‘p. Bu baliqlar suvda kislorod ko‘p bo‘lganda ham o‘pka bilan nafas bilan yashay olmaydi. Juft suzgichlarning rivojlanmaganligi va ularning ingichka chilvir shaklda bo‘lishi xarakterlidir. Ular neotserotidlarga nisbatan mayda; lepidosirenniki 125 cm gacha, protopteusniki 140 sm gacha uzunlikda. Daryolarda va bazan butunlay qurib qoladigan sayoz botqoqliklarda yashaydi. Protopterus xavzalar qurigan vaqtda baliqqa ko‘milib, kapsulaga o‘ralib oladi. Lepidosiren kapsula hosil qilmaydi. YOzgi uyqusi 5 oy davom etadi. Sun’iy holatda protopterus 3-4 yil uxlashi mumkin. Uxlagan vaqtda faqat o‘pka orqali nafas oladi. Xavo tuproqdagi yo‘laklar orqali og‘iz bo‘shlig‘iga yoki burun teshiklari orqali o‘pkasiga o‘tadi. YOmg‘ir fasli boshlanishi bilan baliq uyg‘onadi. Uyqu davrida protopterusda faqat nafas olish emas balki azot almashinuvi ham o‘zgaradi. Masalan, suvda bo‘lganda siydigida (huddi boshqa baliqlardagi singari) ammiak ko‘p bo‘ladi. Uning xissasi mochevinaga nisbatan 3 marta ko‘p. Suvda bo‘lmagan vaqtida bu nisbat aksincha bo‘ladi. Ikki xil nafas oluvchilar suv tubidagi hayvonlar, qisman o‘simliklar bilan oziqlanadi. Uvildirig‘ini chuqurchalarga yoki suv tubidagi iniga qo‘yadi. O‘zgarish bilan rivojlanadi. Lichinkalarida voyaga etgan protopteruslarda ham rudemunt holda saqlanib qoladigan tashqi jabralar bor. Ikki xil nafas nafas oluvchilar katta sanoat axamiyatiga ega emas. Ularni maxalliy xalq shaxsiy manfaatlari uchun ovlaydi. Bu baliqlar quruqlikda yashovchi hayvonlarning ajdodlari bo‘lmasada, ular bilan qator o‘xshash belgilarga ega ekanligi bilan katta ahamiyatga ega. Ikki xil nafas oluvchilarning hayotini o‘rganish baliqlarning suvda ham quruqlikda yashovchilarga aylanish yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. 1. Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar qadimgi va o‘ziga xos chuchuk suvda yashovchi baliqlar gruppasi bo‘lib, tuzilishida primitiv belgilari bilan bir qatorda kislorodi kamaygan suv muxitlarida yashashga o‘ta moslashgan belgilari borligi bilan xarakterlanadi. Masalan; skeletning asosiy qismi umrbod tog‘ay xolatida qoladi. Xordasi yaxshi rivojlanmagan va ustki xamda pastki yoylar kurtagidan tashkil topgan. Bosh skeleti tog‘aydan tashkil topgan bo‘lib, faqat bir nechta qoplovchi suyaklari bo‘ladi. Jag‘ oraliq va yuqori jag‘ suyaklari yo‘q. Ichaklarida spiral klapan, yuraklarida arterial konus bor. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar jabradan tashqari o‘pkasi bilan xam nafas oladi. O‘pka bilan nafas olish organi bo‘lib qizilo‘ngachning qorin tomoniga ochiladigan bitta yoki ikkita pufakchali o‘pka xizmat qiladi. Ichki burun teshiklari-xoanalari bor. Jabralarga qon olib keluvchi arteriyalarning birinchi juftidan o‘pka arteriyasi chiqadi, o‘pkadan esa yurak bo‘lmasining chap yarmiga quyiladigan o‘pka venasi chiqadi. YUrak bo‘lmasida yupqa parda bo‘lib, uni o‘ng va chap qismlariga bo‘lib turadi. Bundan tashqari, venoz sistemasidan keyingi juft vena bilan bir qatorda keyingi kovak vena xam bor. Siydik-tanosil sistemasi akulaning siydik tanosil sistemasiga o‘xshash. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar suv qurib qolganda o‘pkasi yordamida, suv kelganda jabralari bilan nafas oladi. Bu kenja sinfga bitta o‘pkasi bo‘lgan va Avstraliyada yashaydigan shox tish yoki seratod, ikkita o‘pkasi bo‘lgan va Amazonka daryosida yashaydigan lepidosiren xamda ekvatorial Afrikada yashaydigan protopteruslar kiradi .Baliqlar ekologiyasi. Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o‘tadigan hayvonlardir. Baliq suvdan chiqarib olinsa, u ojizlanib, tezda xalok bo‘ladi Demak suv baliqlar yashaydigan yagona muxit xisoblanadi va uning o‘ziga xos bir qancha xossalari bor: 1.Suv atmosfera xavosini erita oladi. SHu sababli baliqlar erigan kislorod bilan nafas oladi. 2.Suv kuchli erituvchidir, shu sababli suvdagi moddalar suv organizmlarining (baliqlarning) iste’moli uchun yaroqli holga keladi.3. Suvda bug‘ xosil qiladigan yashirin issiqlik bo‘ladi, shu sababli suv bug‘langanida uning ustki qatlami tez soviydi va pastga tusha boshlaydi. Bu esa suvning aylanib yurishiga sabab bo‘ladi.4. Suvning issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lganidan, uning temperaturasi sutka va yil fasllariga qarab amosfera temperaterasiga nisbatan kam o‘zgaradi.5. Suv muzlaganda uning ustki qavati muzlaydi. Muz qatlami pastki qatlamlaridan issiqlik ajralishni tutib turadi va suvning tubigacha muzlashga yo‘l qo‘ymaydi.6. Suvning solishtirma og‘irligi baliqlarning solishtirma og‘irligiga yaqin. SHunga ko‘ra ko‘pchilik baliqlar butun umrini suv bag‘rida o‘tkazadi va substratga muxtoj emas. Suvda yashaydigan baliqlarning hayotida suvning temperaturasi, suvdagi kislorod va tuzlar katta axamiyatga ega. 1.18-rasm. ikki hil nafas oluvchilar Afrikada olimlar ozuqa va suvsiz bir necha yil yashay oladigan shoxlitish nomli baliqni uchratdi. Noqulay sharoitda baliq o‘z organizmidagi barcha jarayonlarni sekinlatib, uyquga ketadi. SHoxlitish u eta oladigan joyda chuchuk suv paydo bo‘lguniga qadar uxlaydi. Uyqu davri uch yildan besh yilgacha davom etishi mumkin.Hozirgi paytda olimlar uyqu davrida baliq hujayralarida yuz beruvchi holatlarni o‘rganmoqda. Ta’kidlash joizki, shoxlitish ikki xil nafas oluvchi baliq turi hisoblanadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling