I X t I o L o g I y a


Somsimonlar (Siluridae) oilasi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Somsimonlar (Siluridae) oilasi 
2.
Kasatkalar (Bagridae) oilasi 
3.
Tog‘ somlari (Sisoridae) oilasi 
4.
SHimoliy amarika somlari (Ictaluridae) oilasi 
Somsimonlar (Siluridae) oilasi. Laqqalar yoki somsimonlar oilasiga oddiy laqqa, amur 
laqqasi va boshqa avlodlar (jami 8 ta avlod) kiradi, lekin oddiy laqqa va amur laqqasi oilasi 
vakillari keng tarqalgan.
Laqqalar oilasining xarakterli belgilari: 
Og‘zi keng, katta, qattiq tukli tishlari bor. Og‘zini atrofida 2-3 juft mo‘ylovlari bor. 
Tanasi yalong‘och. Anal suzgichi juda uzun, orqa suzgichi qisqa.


Oddiy laqqa – Silurus avlodi 3 juft mo‘ylovi bor. 2 ta turi ma’lum – oddiy som va 
Soldatova somi. Oddiy laqqa – Silurus glanis – issiq sevar baliqlar, Evropada, Orol dengizida 
keng tarqalagan. O‘tkinchi formalari ham bor. YAkka holda yashaydi. Uzunligi 5 m gacha, 
og‘irligi 300 kg gacha keladi. 3-5 yoshda 40 – 60 sm da jinsiy voyaga etadi. 
Soldatova somi 4 m uzunligi, Amurda yashaydi.
Amur somi – Parasilurus azotus avlodi vakillari Amurda keng tarqalgan. Uzunligi 1m, 
og‘irligi 8 kg.
Kasatkalar (Bagridae) oilasi. Kasatkalar oilasiga kasatkalarning bir qancha turi kiradi: 
kasatka – skirpun, kasatka plet yoki ussur kasatkasi, kichik ko‘k kasatka, kasatka Gersenshteyn 
va boshqalar. Kasatkalar 30 sm dan (kasatka – skirpun) 1 m gacha (kasatka plet) keladi. Sanoat 
ahamiyati unchalik katta emas. 
Tog‘ somlari (Sisoridae) oilasi. Tog‘ laqqala oilasiga hind bagari, arman laqqasi
turkiston laqqasi kiradi. Tog‘ laqqalari kasatkalarga yaqin turadi. Orqa suzgichlarida tikanlari 
bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Uzunligi 12 sm dan (arman laqqasi) 2 m gacha (hind bagari) keladi. 
Turkiston laqqasi Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi, lekin sanoat ahamiyatiga ega emas.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling