I X t I o L o g I y a


DOG‘LI YALANGBALIQ – NOEMACHEILUS STRAUCHI (KESSLER)


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

DOG‘LI YALANGBALIQ – NOEMACHEILUS STRAUCHI (KESSLER) 
Toshkent viloyati “Damashi” baliqchilik xo‘jaligiga Balxash ko‘li xavzasidan olib 
kelingan baliqlar bilan tasodifan kelib qolgan. Baliq xo‘jaligidan chirchiq daryosiga o‘tgan va 
uning o‘rta oqimida yashaydi. Elka suzgich qanotida 3-4 ta shoxlanmagan, 7-9 ta shoxlangan
anal suzgich qanotida 3 ta shoxlanmagan va 5 ta shoxlangan shulalari bor.Birinchi oyquloq 
yoyida 11-17 ta ustunchasi bor. Dum suzgich tanasi asosidan (anal suzgich qanotidan keyin) 
yonidan siqilmagan. Tanasi yalang‘och burun teshiklari bir biriga yaqin joylashgan. Suzgich 
pufagining orqa qismi yayaxshi rivojlangan. 
Dog‘li yalangbaliq – noemacheilus strauchi (kessler) Uzunligi 15 sm, og‘irligi 40 gr 
bo‘lgan mayda baliq. Ko‘llar, suv omborlarning sayoz joylaridagi o‘simliklar orasida yashaydi. 
Biologiyasi kam o‘rganilgan. Hayotining 2-3 yilida jinsiy voyaga etadi. Urchishi suv harorati 10-
20ºS bo‘lganida, mart-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Serpushtliligi 5-20 ming dona. Ikralarining 
etilishi porsion, ya’ni ikralarini bo‘lib – bo‘lib tashlaydi. Asosan bentos organizmlar, suv tubi 
planktonlari va baliqlar ikrasi bilan oziqlanadi. Ovlanish ahamiyatiga ega emas. 
 BIR XIL RANGLI YALANGBALIQ – NOEMACHEILUSLABIATUS(KESSLER) 
Tinch okeaniga qo‘yiladigan Osiyoning uzoq sharq daryolarida yashaydi. O‘zbekiston suv 
havzalariga 1960 – yillar boshida olib kelingan boshqa karpsimon baliqlar bilan birgalikda 
tasodifan kelib qolgan. Dastlab Toshkent viloyati suv havzalarida kuzatilgan, keyinchalik 
respublikaning deyarlibarcha suv havzalariga tarqalib ketgan. Sirdaryo, Zarafshon 
daryosi, Qashqadaryo va Amudaryoda uchragan. Hozirgi paytda ularning soni baliqchilik 
xo‘jaliklarida ham, daryolarda ham keskin kamayib ketgan. Elka suzgich qanotida 3 ta 
shoxlanmagan, 6-7 ta shoxlangan, anal suzgich qanotida 3 ta shoxlanmagan va 5 ta shoxlangan 
shulalari bor. Birinchi oyquloq yoyida 12-13 ta ustunchasi bor. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling