I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Nazorat savollari
1. Seldsimonlar (Clupeiformes) turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilarini aytib bering? 2. Tog‘ay ganoidli baliqlarning tuzilishi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 19-MA’RUZA Mavzu: Lasossimon baliqlar. Reja: 1. Lasossimon baliqlarning umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. 2. Lassosimon baliqlarning sistematikasi. 3. Lasossimon baliqlarning sanoatdagi ahamiyati. Tayanch iboralar: vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, Lasossimonlar (Salmonidae) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Lasossimonlar turkumiga o’rtacha va yirik baliqlar kiradi. Lososslar uzun tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich qanotlari yoki yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining bo’lishi bilan xaraktyerlanadi. Bu baliqlardan qimmatbaho go’sht va qizil ikra olinadi. Lososlar mo’’tadil va shimoliy yarim sharda tarqalgan bo’lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlarning ko’pchiligi o’tkinchi baliqlar bo’lib, dengizlarda o’sib, voyaga etadi, urchish uchun daryolarga o’tadi. Lososlarga Uzoq Sharq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nyerka, ko’l va soylarda yashaydigan gulmoy baliqlari kiradi. Haqiqiy lasoslar orasida Atlantik okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda, Barens va Oq dengizlarda uchraydigan semga (Salmo salar) ni ko’rsatish mumkin. Semgalar tuxum qo’yish uchun shimoliy Evropadagi daryolarga kiradi. Nyerest migratsiyasi yozda va kuzda bo’ladi. Tuxum qo’ygandan keyin barcha individlari nobud bo’lmasligi bilan Uzoq Sharq lasosidan farq qiladi. Ba’zi individlari to’rt martagacha tuxum qo’yadi. Semgalar uvildirig’ini Uzoq Sharq lasosi singari tuproqqa ko’mib qo’yadi. Shimoliy, Qora va Kaspiy dengizlarida semgaga yaqin bo’lgan kumja (Salmo trutta) uchraydi. Bu baliq esa daryolarda urchiydi, o’sish uchun dengizga chiqadi. Ba’zi individlari daryoda voyaga etadi. Daryolarda kumjaga yaqin irq – forel (Salmo trutta fario) paydo bo’lgan. Ular daryolardan boshqa tog’ ko’llariga ham kiradi. Lasoslar orasida haqiqiy o’troq, chuchuk suvlarda yashovchi turlari ham uchraydi. Bulardan siglar, omular va taymenlarni ko’rsatish mumkin. Lasoslar juda katta sanoat ahamiyatiga ega. Faqat go’shti emas, balki uvildirig’i (ikrasi) ham iste’mol qilinadi. Bu baliqlar sekin urchishi va qimmatbaholigi tuqayli bularni sun’iy urchitish chora-tabirlari ko’rilgan. Lasossimonlar seldsimonlardan kelib chiqqan. Lasossimonlar turkumining xaraktyerli belgilari: -tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich qanotlari yoki yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining mavjudligi; -to’liq yoki noto’liq yon chiziqlari borligi; -skletida tog’ay borligi. 12 ta oilasi bor, shulardan bittasi qirilib ketgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling