18-MA’RUZA
Mavzu: Seldsimon baliqlarning tuzilishiga tavsif va ularning xarakterli belgilari.
Ularning biologiyasi, tarqalishi va sanoatdagi ahamiyati.
Reja:
1.
Seldsimon baliqlarning tuzilishiga tavsif va ularning xarakterli belgilari.
2.
Ularning biologiyasi, tarqalishi va sanoatdagi ahamiyati.
Tayanch iboralar: vebyer apparati, pilorik pridatkilar,
akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid,
sikloid, metamormoz,
Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra,
S
eldsimonlar turkumi. Suyakli baliqlarning 40 dan ortiq turkumlari bor. Umurtqa
pog‘onasi suyakdan iboratligi bilan o‘ziga xos xarakterga ega. Tangachalari suyak, sikloidli yoki
ktenoidli. Suzgich pufagi ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufag yoki yopiq pufagli. Ko‘pchilik
turlarida arterial konus yo‘q spiral klapan mavjud.
Seldsimonlar (
Clupeiformes)
turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari.
Seldsimonlar turkumiga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi.
Bu turkumga seldlar va
anchouslar oilalari kiradi. Tanasining umurtqalarining o‘rtasida teshik mavjud. Suzgich pufagi
ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufagli bo‘ladi. YOn chiziqlari yo‘q.
Suzgich qanotlarining
shu’lalari yumshoq va bo‘g‘imli bo‘lishi xarakterli. Seldlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37
foizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: