I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-MA’RUZA Mavzu: Suyak ganoidli baliqlar va ularning umumiy tuzilishi. Tarqalishi, biologiyasi va sanoatdagi ahamiyati. Reja: 1.
- Xarakterli belgilari
17-MA’RUZA Mavzu: Suyak ganoidli baliqlar va ularning umumiy tuzilishi. Tarqalishi, biologiyasi va sanoatdagi ahamiyati. Reja: 1. Suyak ganoidli baliqlar va ularning umumiy tuzilishi. 2. Tarqalishi, biologiyasi va sanoatdagi ahamiyati. Tayanch iboralar: vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra. Suyakli ganoidlar (Holostei) katta turkumidan hozirgi vaqtda faqat ikkita vakili kaymon baliq ikki panserli cho‘rtan baliq va loyqa baliq (Amiya) saqlanib qolgan. Bu baliqlar ichaklarida ham osyotrsimon baliqlardagi singari spiral klapani, yuraklarida arterial konus saqlangan, ustki ensa suyagi yo‘q. Suyakli ganoidlar katta turkumi vakillari: kaymon balig‘i va loyqa baliq SHimoliy Amerika suvlarida yashaydi. Xarakterli belgilari: ichaklarida spiral klapan mavjud, arterial konus saqlangan, bosh suyagining aksariyat qismi tog‘aydan iborat. Suyakli baliqlar sinfi va ularning xarakterli belgilari. sistematikasi. Suyakli baliqlar sinfiga keng qanotli (panja qanotli) va chetka qanotli baliqlar kenja sinflari kiradi. Suyakli baliqlar sinfiga baliqlar katta sinfiga mansub juda ko‘p baliq turlari kiradi. Suyakli baliqlar xilma-xil suvlarda tarkalgan. Suyakli baliqlarning suyaklardan tuzilgan jabra qopqog‘i bo‘ylab, bu qopqoq jabra teshigining ustidan qoplab, jabra apparatining ancha mukammallashtiradi va ikkilamchi jag‘i qoplagich suyaklardir. Skeletida xamma vaqt ma’lum miqdorda qoplagich suyaklar bo‘ladi. Ichki skeletida, garchi qisman bo‘lsa xam, albatta suyak bo‘ladi. Tangachalari ganoid ikki suyak tangacha bo‘ladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari, barcha suyakli baliqlarning suzgich qanotlarini suyak shulalar tutib turadi. Jabralararo to‘sik yoki kichkina yoki umuman bo‘lmaydi. SHuning uchun jabra yaproqlari bevosita jabra yoylariga o‘rnashadi. Erkaklarida juft kopulyativ organi yo‘q. Ikralari mayda va urug‘lanish tashqi bo‘ladi. Suyakli baliqlar sinfining xarakterli belgilari misolida zog‘ora baliqning tashqi va ichki tuzilishi. Zog‘ora baliqning gavdasi duksimon bo‘lib, yon tomondan birmuncha qisilib kelgan. O‘tkir uchli boshi tanasi bilan qo‘shilib ketadi. Tanasi esa torayib borib dum bo‘limiga aylanadi. Orqa chiqaruv teshigining bevosita orqa tomonida siydik tanosil so‘rg‘ichi joylashgan bo‘lib, unda jinsiy teshik va uning orqasida siydik teshigi bo‘ladi. Ko‘krak suzgich qanotlari gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga joylashgan, qorin suzgich qanotlari qorin tomonga o‘rnashgan. Toq suzgich qanotlari ikkita orqa suzgich qanotdan, dum suzgich qanot bilan orqa chiqaruv suzgich qanotlaridan iborat. Zog‘ora baliqning barcha suzgich qanotlarini suyak shu’lalar tutib turadi. Dumi gomotserkal tipda yani teng suzgich qanotli. qovoqlari bulmaydi. boshining ustki tomonida ko‘zining oldida bir juft burun teshigi bor. Boshining orqasida– tanasining ikki yonida jabra qopqoqlari bor, undan pastroqda jabra pardasining tutib turadigan shullalar bor. Dum suzgich qanoti dum bilan birga rol vazifasini bajaradi. Juft suzgich qanotlarining yordami bilan baliq o‘ng va chap tomonlarga buriladi. Bundan tashqari gavdani tutib turishga xam yordam beradi. Agar juft suzgich qanotlari kesib tashlansa baliq chalqanchasiga ag‘dariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling