I X t I o L o g I y a
Osetrasimonlar turkumining sistematikasi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari 1.
Osetrasimonlar turkumining sistematikasi.
Osetrasimonlar oilasi. Kurakburunlilar oilasi. Osetrasimonlar oilasiga ikkita avlod kiradi. Bulugi va osetralar avlodlari. Osyotrsimonlarning turlari uncha ko‘p emas, ularning hammasi shimoliy yarim sharda yashaydi. Bu turkum ikkita oilani o‘z ichiga oladi. Osyotrlar oilasiga qora, Kaspiy dengizlarida yashaydigan rus osyotri va sevryuga, Pechora, Kalim daryolaridan to SHimoliy Muz okeani qirg‘oqlarigacha uchraydigan Sibir osyotri, Amur daryosida yashovchi Amur osyotri, Uzoq SHarq belugasi va boshqalar kiradi. O‘rta Osiy daryolarida yashaydigan g‘alati filbo‘yinlar ham shu oilaga mansub. Kurakburunlilar oilasiga esa bitta kurakburunlilar avlodi kiradi. Kurak burunlar oilasi uzun va uchi keng rostrumi, yalang‘och terisi bilan ajralib turadi. Bular SHimoliy Amrikada va Janubi-SHarqiy Osiyda tarqalgan. Nazorat savollari 1. Shu’la qanotli baliqlarning tuzilishi va ahamiyati haqida ma’lumot bering? 2. Shu’la qanotli baliqlar biologiyasi qanday? 16-MA’RUZA Mavzu: Tog’ay-ganoidli baliqlarning tavsifi. Reja: 1. Tog’ay-ganoidli baliqlarning tuzilishi va ahamiyati. 2. Tog’ay-ganoidli baliqlarning sanoatdagi ahamiyati. Tayanch iboralar: vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, Osetrasimonlar turkumi. Osetrasimonlar oilasi. Osetrasimonlar tog‘ay-suyakli baliqlar (Chondros) hisoblanadi. Bu kenja sinfi o‘z ichiga faqat Osyotrsimonlar (Acipenseriformes) turkumini oladi. Osyotrsimon baliqlar xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho go‘sht va qora ikra olinadi. SHuning uchun osetrasimonlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Osetrasimonlar tuzilishlarida qadimgi belgilar saqlanib qolgan. Tanasida beshta bo‘ylama qator rombsimon suyak plastinlar mavjud. Suyak plastin ganoidli tangachalarning rudiment organi hisoblanadi. Ganoidli tangachalar - fulkr asosan dum suzgichlarining yuqori qismda saqlangan. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining uchida qazg‘ichi (rostrumi) bor, uning tagida og‘iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar gavdasi bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi. Ichki sklet tog‘aydan iborat.O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yo‘llari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog‘aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog‘i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi suyaklardan iborat. SHuning uchun bular tog‘ay-suyakli baliqlar yoki tog‘ay-gonoidli baliqlar deyiladi. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling