I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari: 
1.Suyakli baliqlar sinfi, xaraktyerli belgilari qanday? 
2. Panjaqanotli baliqlar qanday tuzilgan?. 
3. Cho‘tka qanotli baliqlar qanday tuzilgan?. 
4. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar qanday tuzilgan? 
5. Shu’la qanotli baliqlar qanday tuzilgan? 
6. Tog‘ay-ganoidli baliqlarning tavsifi. 
7. Suyak ganoidli baliqlar va ularning umumiy tuzilishi qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14-MA’RUZA 
Mavzu: Panjaqanotli baliqlar. Cho’tka qanotli baliqlar.
Reja: 
1. Cho’tka qanotli baliqlarning tuzilishidagi asosiy xususiyatlar va evolyusion ahamiyati.
2. Cho’tka qanotli baliqlarning biologiyasi. 
 
Tayanch iboralar: Selokantlar, Degenerasiya, Bazaliya, Radialiya, Arterial konus
.Kosmoid, Amfibiya, Diffeserkal, Karakord, Sachratgich, vebyer apparati, pilorik pridatkilar, 
akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, 
ikra,
 
Panja qanotli baliqlar (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — balikdar infra 
sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxi-riga kelib 
deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlar b.dan dastlabki quruqlikda yashovchi 
umurtqalilar kelib chiqqan. Uz. 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi 
bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga 
oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan 
iborat; tayanch funksiyasini ba-jaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk 
suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. 
Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari 
yaqini)da uchraydi.
[1]
 
Qadimiy va deyarli butunlay qirilib ketgan o’ziga xos baliqlar guruhi. Cho’tka qanotli 
baliqlar devon va karbon davrlarida nisbatan keng tarqalgan. Mezozoyda turlarining soni va 
tarqalish areali ancha qisqargan. Yaqin vaqtgacha cho’tka qanotlilar yuqolib ketgan, deb 
hisoblangan. Bu ajoyib baliqlarning birinchi nusxasi 1938 yilda Hind okeanida Afrikaning 
janubiy qirg’oqlarida Xalumna daryosi quyiladigan joyda 70 m chuqurlikdan tutilgan. Bu 
baliqning uzunligi 150 sm, massasi 57 kg bo’lgan. U latimeriya (Latimeriya chalumnae) deb 
atalgan. Qunt bilan qidirishlarga qaramay, 1952 yilda ikkinchi cho’tka qanotli baliq, topilgan. U 
ham Hind okeanining Anjuan oroliga yaqin joyda (12° 15
1
j. k va 44°33
1
sh. q) qirg’oqdan 200 
m ichkarida 15 m chuqurlikdan tutilgan. Uzunligi 139 sm bo’lgan. Keyinchalik shu rayonda 
cho’tka qanotli baliqlar bir necha marta tutilgan. 
Hozirgi cho’tka qanotlilar— latimeriyalar, ya'ni selokan-lar faqat Komor orollari 
rayonida 400—1000 m chuqurlikda va suv temperaturasi +10 + 14°C bo’lgan joylardan topilgan. 
Ular yorug’likdan qochadi. Selokantlar yirtqich baliqlar bo’lib, og’zida o’tkir tishlari bor. Jinsiy 
jihatdan voyaga yetgan baliqlarning uzunligi 125—180 sm, massasi 25—80 kg. Umurtqalari 
boshlang’ich holatda va xordasi bir umr yaxshi rivojlangan. Birlamchi bosh skeletining ko’p 
qismi tog’aydir. 
Tana bo’shlig’ida moy bilan to’lgan degeneratsiyalashgan katta o’pka topilgan. Ichki 
burun teshiklari bo’lmaganligi va havo kislorodi bilan nafas olmasliklari bilan mezozoyda 
yashagan cho’tka qanotlilardan farq qiladi. 
Cho’tka qanotlilar suvda ham quruqda yashovchilar paydo bo’lgan baliqlarning tarmori 
bo’lishi bilan qiziqarlidir. Ikki xil nafas oluvchi baliqlardagi singari, bular uchun ham ikki xil 
nafas olish, ya'ni o’pka va jabra bilan nafas olish xosdir. Qirilib ketgan ko’p turlarida burun 
teshiklarining ochiq bo’lganligi ana shundan dalolat beradi. Ammo hozirgi cho’tka 
qanotlilarning ochiq burun teshiklari yo’q. 


Juft suzgichlari alohida tuzilishga ega. Ularning asosida seret keng palla joylashgan 
bo’lib, uning ichida suzgichning skeleti joylashgan. Shunday qilib, ularning harakat organlari 
muskulaturasi boshqa baliqlardagi singari faqat tanada emas, balki quruklikda yashaydigan 
umurtqalilardagi singari, erkin harakat organlarining o’zida joylashgan. Ba'zi cho’tka qanotlilar 
suzgichining shakli xuddi besh barmoqli harakat organlari skeletiga o'xshash. Suzgichning asosi 
bitta element (bazaliya) bilan saqlanadi. Bu element orqa suyagiga gomologdir. Undan keyin 
bilak va tirsak suyaklariga gomolog bo’lgan yana ikkita element (bazaliyalar) joylashgan. 
Oxirida periferiyada kaft suyaklariga mos keladigan qator nurlar (radialiyalar) joylashgan (1-
pasm). 
Tanasi to’garak yoki romb shakldagi kosmoid (o’zgargan dentin) va yupqa emal qavati 
bilan qoplangan qalin suyak kosmoid tangachalar bilan qoplangan. Birlamchi amfibiyalar 
tanasida ham suyak pansir hosil qiluvchi harakterli teri suyak elementlari bo’lganligini qayd qilib 
o’tish nihoyatda muhimdir. Nixoyat, amfibiyalarda o’rta quloq bo’shlig’iga aylanuvchi, cho’tka 
sanotlilarda bo’lgan visseral yoriq qoldig’i—sachratkichni ko’rsatish lozim. 
1.17-rasm. Cho’tka sanotli baliq, suzgichining skeleti. 
Cho’tka qanotlilar, shubhasiz ikki xil nafas oluvchi baliqlarga yaqin bo’lib, extimol, ular 
bir tomirdan kelib chiqqan. Dastlab ular vaqt-vaqti bilan kislorod yetishmaydigan chuchuk suv 
havzalarida yashagan. Shu munosabat bilan ikki xil nafas olish rivojlangan. Kislorod kam 
bo’lganda ular hozirgi ikki xil nafas oluvchilar singari suv yuzasiga ko’tarilib, xavo yutgan. Suv 
havzalarida o’simliklarning ko’plab o’sishi va ularning chirishi natijasida paydo bo’lgan holatlar 
natijasida ehtimol, aytilgan suzgichlarning o’z muskuli juft harakat organlari rivojlanishiga va 
skeletning qismlarga ajralmaganligi tufayli ular faqatgina suzish uchungina emas, balki, qattiq 
substratga tayanishda ham xizmat qilgan. Masalan, o’simliklar tanasi va shoxlariga ham 
tayanishda xizmat qilgan. Bu o’z navbatida bunday suzgichlarining besh barmokli harakat 
organlariga aylanishiga imkon bergan. Cho’tka qanotlilar chuchuk suv havzalarida paydo bo’lib, 
keyin dengizga o’tgan. Hozirgi latimeriyalar shu cho’tka qanotli baliqlarning qoldig’idir. 
Nazorat savollar: 
1.
Cho’tka qanotli baliqlar mezazoyda yashagan cho’tkaqanotlilardan qanday farq qiladi? 
2.
Cho’tka qanotli baliqlar qaysi davrlarda nisbatan keng tarqalgan? 


3.
Cho’tka qanotli baliqlar birinchi marta qayerda tutilgan? 
4.
Juft suzgichlari qanday tuzilgan? 
5.
Jinsiy jihatdan voyaga yetgan cho’tka qanotli baliqlarning uzunligi va massasi qancha? 
6.
Cho’tka qanotli baliqlarning tanasi qanday tuzilgan? 
7.
Cho’tka qanotli baliqlar kislorod kam bo’lganda qanday nafas oladi? 
8.
Ikkichi cho’tka qanotli baliq nechanchi yilda topilgan? 
9.
Cho’tka qanotli baliq tanasidagi o’zgargan detin yana qanday nomlanadi? 
10.
Karakoid nima? 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling