I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-MA’RUZA Mavzu: Tog‘ayli baliqlar. Reja: 3. Plastinkajabralilar va yaxlitboshli baliqlarning biologiyasi 4.
Nazorat savollari
Minoganing tashqi tuzilishi, shuningdek, tanasining bo'yiga ham-da ko'ndalangkesimlaridan tayyorlangan preparatlarda ichki organ-larining joylashishi va tuzilishini o 'rganib bo 'Igach quyidagi rasm-lami albomga chizib oling: 1. Minoganing yonidan tashqi ko'rinishi; 2. Sagittal (bo yiga) kesimida ichki organlarining joylashishi; 3. Minoga ichagi atrofi ko'ndalang kesimi; 4. Minoga jabra xaltalari atrofi ko'ndalang kesimi; 5. Minoganing bosh skeleti (yon tomondan ko'rinishi); 6. Minoganing qon aylanish sistemasi sxemasi. 12-MA’RUZA Mavzu: Tog‘ayli baliqlar. Reja: 3. Plastinkajabralilar va yaxlitboshli baliqlarning biologiyasi 4. Akulalarning tuzilishidagi xaraktyerli belgilar. 5. Skatlarning tuzilishi. 6. Rombsimon skatlar. Tayanch iboralar: pterigopodiylari, jinsiy demorfizm, arterial konus, spiral kanal, plakoid. Jag’og’izlilar katta sinfi. Tuzilishi, xaraktyerli belgilari. Jag’og’izlilar (Gnathostoma) katta sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari yoki to’garak og’izlilardan farqi jag’ va juft suzgichlari bor. Ma’lumki jag’sizlar umurtqali hayvonlar orasida eng oddiy tuzilishga ega, harakatchang jag’lari mavjud emas va juft harakat organi yo’q. Jag’og’izlilarning ko’rish organlari yaxshi rivojlangan. Sezish organlari juft. Yarim aylana kanallari 3 ta. Nafas olish organlari jabralar. Ma’lumki jabralar kelib chiqishiga ko’ra ektodyermal. Ko’pchilik baliqlarning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Baliqlar (Pisces) ikkita sinfga bo’linadi. 1. Tog’ayli baliqlar sinfi (Chondrichthyes). 2. Suyakli baliqlar sinfi (osteichthyes). Tog’ayli baliqlar sinfi. Tog’ayli baliqlar sinfining xaraktyerli belgilari quyidagilardan iborat: - skleti tog’aydan iborat bo’lib, egiluvchan va mustahkam; - tog’ayli baliqlarning tanasi plakoidli tangachalar bilan qoplangan, ayrimlari esa yalong’och; - yuragida arterial konus mavjud. - Ichaklarida spiral kanallar bor; - suzgich pufagi yo’q; - juft suzgichlari gorizontal joylashgan; - jinsiy demorfizm yaxshi rivojlangan, yerkaklarida qorin suzgichlarida maxsus o’simtalari – pterigopodiylari bor; - Otalanish ichki, tuxumlari yirik, kapsula bilan qoplangan; - tuxum qo’yadi, tirik tug’uvchi vakillari ham bor - kloakasi mavjud. Tog’ayli baliqlar sinfiga 600 turdan ortiq baliq kiradi. Ular asosan dengiz baliqlari hisoblanadi. Tog’ayli baliqlar sinfi sistematikasi: 1. Plastinkajabralilar kenja sinfi. 2. Selnogolovie (yaxlit boshlilar) kenja sinfi. Plastinkajabralilar kenja sinfi. Plastinkajabralilar kenja sinfining xaraktyerli belgilari: - jabra yaproqlari o’troq, jabra to’sig’i plastinka ko’rinishida; - o’q skleti umurtqalardan iborat bo’lib, amfitsel umurtqali ko’rinishida; - jabra yoriqlari 5 tadan 7 tagacha bo’lib, jabra yoriqlari jabra qopqog’i bilan mahkamlanmagan; - purgagichlarga ega; - dum suzgichlari getyerotsyerkal. Plastinkajabralilar kenja sinfi akula va skatlar katta turkumlariga bo’linadi. Akulalar katta turkumi (Selachomorhpa). Akulalarning tanasi duksimon. Jabra yoriqlari boshining ikki yonida joylashgan. 15 sm dan 20 metr uzunlikda. Masalan, pakana akulalarda 15 sm, kitlarda 20 metr. Akulalarning 300 turi ma’lum. Akula – dengiz baliqlari hisoblanadi, lekin ba’zilari chuchuk suvlarda uchraydi, doimiy yashaydiganlari ham bor. Chuchuk suvda uchraydiganlari asosan issiq sevarlar bo’lib jahon okeaning tropik va subtropik joylarida uchraydi. Ayrimlari sovuq suvlarda uchraydi, masalan qutb akulasi, seldsimonlar, mushuksimon akula va boshqalar. Akulalar qirg’oqqa yaqin joylarda va okean o’rtasida yashaydi, ayrim turlari 100 m chuqrlikda yashaydi. Akulalar tuxum qo’yadi va tirik tug’adi. Tuxum qo’yuvchilar: qutb akulasi va mushuksimonlar, tirik tug’uvchilar: katran, seldsimonlar. Syerpushtligi 3 malkovdan 300 ta tuxumgacha qo’yadi. Akulalarning ko’pchiligi yirtqich bo’lib, baliqlar, kalmarlar, qisqichbaqasimonlar va dengiz yulduzlari bilan oziqlanadi. Eng yirik akulalar kitsimonlar va yirik gigant akula zooplanktonlar bilan oziqlanadi, mushuksimonla esa bentos oziqlanadi. Ko’pchilik turlari oziq qidirib, yoki oziqni orqasidan migratsiya qilib hayot kechiradi, masalan seldsimonlar va yirik akulalar. Ayrimlari sutkalik migratsiya qiladi, ya’ni kechalari yuqoriga ko’tariladi ozi uchun kunduzlari suv qa’riga tushadi. Ayrimlari tuxum, yoki malkovlarni qo’yish uchun qirg’oqqa yaqin kelish uchun migratsiya qiladi. Akulalarning 50 dan ortiq turi odam uchun xavfli. Xo’jalik ahamiyatiga ega turlari ko’p. Masalan, mushuksimonlar, katran, qutb akulasi, seldsiomonlar ko’k akula va boshqalar. Akulalar katta turkumi 6 ta turkumga bo’linadi. 1. Lamnosimonlar turkumi. 2. Arraburunlilar turkumi Pilonosoobraznыe. 3. Katransimonlilar 4. Skvatinosimonlilar Lamnosimonlar turkumiga 6 ta oila kiradi 1. Kitsimon akulalar oilasi . 2. Seldsimon akulalar oilasi. 3. Yirik akulalar oilasi. 4. Mushuksimon akulalar oilasi 5. Ko’k akulasimonlar oilasi. 6. Akula-moloti oilasi Arraburunlilar turkumi Pilonosoobraznыe turkumiga 5 tur kiradi. Xaraktyerli belgilari ikki tomonlama joylashgan uzun rilo tishlarga ega. Katransimonlilar turkumiga 3 ta oila kiradi. To’g’ri og’izlilar va tikanli akulalar oilasi. Skvatinosimonlilarga 11 tur kiradi. Skatlar katta turkumi (Batovorpha). Skatlar katta turkumi vakillari dengiz tubida yashaydigan turlar, shuning uchun ularning tana tuzilishi o’ziga xos. Xaraktyerli belgilari: - jabra yoriqlari qorin tomonda joylashgan; - puflagich mavjud; - tishlari yassi va o’tmas; - Tanasi yalogg’och yoki shipiklar bilan qoplangan; - Ko’krak suzgichlari kuchli rivojlangan, 13 sm dan 6,6 metrgacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Tropik mamalakatlarda, mo’tadil va sovuq suvlarda uchraydi. 300 turi ma’lum. Dengiz hayvonlari hisoblanadi. Tuxum qo’yib ko’payadi. Lekin tirik tug’uvchi turlari ham bor. Bentos bilan oziqlanadi, lekin ayrim turlari baliqlarni ham eydi. Mantalar mayda baliqlar va zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim turlarida himoya vositalari mavjud. Masalan dum qismida tikanli dum shikiklari bor yoki elektr organlari bor. Skatlar katta turkumi 5 ta turkumga bo’linadi. 1. Rombsimon skatlar oilasi. 2. Arrarombsimonlar oilasi. Birinchi turkum tuzilishi bilan akulalarga yaqin turadi, ya’ni haraktlanish organi asosan dum. Xo’jalik ahamiyati deyarli yo’q. Ikkinchi turkum vakillari arrasimon tishlarga ega. Xo’jalik ahamiyati deyarli yo’q. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling