I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Xarakterli belgilari: ichaklarida spiral klapan mavjud, arterial konus saqlangan, bosh 
suyagining aksariyat qismi tog‘aydan iborat.
Osetrasimonlar turkumi. Osetrasimonlar oilasi. Osetrasimonlar tog‘ay-suyakli 
baliqlar (Chondros) hisoblanadi. Bu kenja sinfi o‘z ichiga faqat Osyotrsimonlar 
(Acipenseriformes) turkumini oladi.
Osyotrsimon baliqlar xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda 
qimmatbaho go‘sht va qora ikra olinadi. SHuning uchun osetrasimonlarga kengroq to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Osetrasimonlar tuzilishlarida qadimgi belgilar saqlanib qolgan. Tanasida beshta bo‘ylama 
qator rombsimon suyak plastinlar mavjud. Suyak plastin ganoidli tangachalarning rudiment 
organi hisoblanadi. Ganoidli tangachalar - fulkr asosan dum suzgichlarining yuqori qismda 
saqlangan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining 
uchida qazg‘ichi (rostrumi) bor, uning tagida og‘iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum 
suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. 
Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar gavdasi 
bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi.
Ichki sklet tog‘aydan iborat.O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan 
o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yo‘llari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog‘aydan 
tashkil topgan, lekin uning qopqog‘i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi 
suyaklardan iborat. SHuning uchun bular tog‘ay-suyakli baliqlar yoki tog‘ay-gonoidli baliqlar 
deyiladi. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor.


Osetrasimonlar turkumining xarakterli belgilari: primitiv belgilar saqlangan, ya’ni 
tanasida 5 qator rombsimon suyak plastin mavjud, Ganoidli tangacha dum suzgichining yuqori 
panjasida saqlangan shuning uchun bu baliqlar tog‘ay gonoidli yoki tog‘ay-suyakli baliqlar 
deyiladi. Ichki skleti tog‘ay. Haqiqiy suyak bu baliqlarda tog‘ayli bosh miyasini ustida bo‘ladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling