I X t I o L o g I y a


SHimoliy amarika somlari (Ictaluridae) oilasi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

SHimoliy amarika somlari (Ictaluridae) oilasi. Amerika somlari yoki mushuksimon 
somlar ham kasatkalarga yaqin turadi, lekin qorin suzgichlarida nurlar yoki shu’lalar ko‘pligi 
bilan farq qiladi. Tanglayida tishlari yo‘q. Bu oilani vatani SHimoliy Amerika. Uzunligi 45 sm, 
og‘irligi 2 kg. Hamaxo‘r, yovvoyi baliq. Sanoat ahamiyati yo‘q.
Belorussiyaga keltirilgan. Keltirilagn turning uzunligi 30 sm og‘irligi 300 g. 
SHimoliy Amerika somining ikkinchi turi kanal somi – SHimoliy Amerikaning chuchuk 
suvlarda keng tarqalagan. Katta daryolarda uchraydi. Oldingi soyuz davrida keltirilgan. Kanal 
somining tanasi yalong‘och. Orqa va ko‘krak suzgichlarida kuchli tikanlari brligi bilan 
xarakterlanadi. Tanasida sochma dumaloq qora dog‘lari bor. Uzunligi 50 sm, og‘irligi 11 kg. 
Krasnodarga keltirilagn turlarining uzunligi 3-4 m. Brachniy igra o‘ynaydigan baliqlar. Ikralarini 
uyasiga qo‘yadi. Sametslari ikralarni qo‘riqlaydi. O‘rtacha serpushtligi 30 mingtacha ikralar 
qo‘yadi. Baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
Nazorat savollari? 
1. Somsimon (laqqasimon)lar turkumi umumiy tuzilishi, 
2. Xarakterli belgilari. Oilalari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23-MA’RUZA 
Mavzu: Ugorsimonlar turkumining tavsifi. 
Reja: 
1.Ugorsimonlar (ilonbaliq) turkumining umumiy tavsifi. 
2. Dengiz, daryo ugorlari. 
3. Uchar baliqlarning oilasi. 
4. Makrellar va sarganlar, ularning tuzilishidagi xarakterli belgilari. 
Tayanch iboralar: mezokaroid, sikloid, metamormoz, veber apparati, pilorik pridatkilar, 
akklimatizatsiya, ikra, 
Ugorsimonlar (Anguiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari. 
Ugorsimonlar ilonbaliqlar ham deyiladi. Ularning tanasi uzunchoq, ilonsimon shuning uchun 
ilonbaliq nomini olgan. Ugorsimonlar xarakterli belgilari:
-ochiq pufagli; 
-suzgich qanoti yumshoq; 
-mezokaroid mavjud emas; 
-tanasi uzunchoq, ilonsimon; 
-tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan, ba’zan yalong’och ham bo’lishi mumkin; 
-qorin suzgichlari yo’q.
Ugorsimonlar turkumining 22 ta oilasi bo’r davridan ma’lum. Bular hammasi tropik va 
subtropik dengiz baliqlari hisoblanadi. Bu turkum vakilidan faqat daryo ugrisi - Anguillidae 
chuchuk suvda uchrashi mumkin. Ugorsimonlarning ko’pchilik vakillari voyaga etgan davrda 
qirg’oqqa yaqin joylarda hayot kechiradi. Ba’zi vakillari esa juda chuqurliklarda uchraydi, 
masalan, siemsimonlar – Cyemidae va Synaphobranchidae. Voyaga etgan ugorsimonlarning 
deyarli barchasi oziqlanishiga ko’ra yirtqichlar hisoblanadi. Ugorsimonlar orasida baliqlar 
parazitlari ham bor, masalan, maymun ugor – Simenchelys parasiticus Gili – yirik baliqlarga 
tashlanadi, tanasini yirtib ichki organlari bilan oziqlanadi.
Ugorsimonlar dengizning ancha chuqur joylarida ko’payadi. Ikralari pelagik. 
Metamormoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka ota- onasiga o’xshamaydi, bir 
necha o’zgarishlar bilan rivojlangandan keyin ota-ona organizmiga o’xshash bo’lib qoladi. 
Bunday rivojlanish metamorfoz orqali rivojlanish deyiladi.
Dengiz ugori – Congridae oilasi. Dengiz ugori oilasi vakillarining tanasi yalong’och, orqa 
va anal suzgichlari uzun. Ko’krak suzgichlari bor. Orqa suzgichlari ko’kragining ustidan yoki 
orqaroqdan boshlanadi. Dengiz ugori oilasiga dengiz ugori (Conger conger) kiradi. Dengiz ugori 
yirik baliq, uzunligi 3 m, og’irligi 65 kg. Urchish davrida qirg’oqdan uzoqlashadi. Serpusht 3 
tadan 8 mln gacha ikra tashlaydi. Metamormoz orqali rivojlanadi. Yirik lichinkalari dengiz 
to’lqinlari bilan qirg’oqqa keladi. Urchigandan keyin aksariyati o’lib ketadi. Dengiz ugorlari 
yirtqich baliqlar, asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Sanoat ahamiyati katta emas. Go’shti uncha 
baholanmaydi.
Daryo ugori – Anguillidae oilasi. Daryo ugori oilasining vakillarini tanasi mayda 
tangachalar bilan qoplangan, tanasi uzun , ilonsimon. Og’zida juda ko’p o’tkir tishlari bor. Orqa 
suzgichlari ko’krak suzgichlaridan uzoqda joylashgan. Bu baliqlar o’tkinchi, chuchuk suvlarda 
yashaydi, dengizda ko’payadi. Atlantik, Tinch va Hind okeanlarida tarqalgan. Daryo ugori 
oilasining 1 ta avlodi - Anguilla bor. Anguilla avlodi 10 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. 
Rossiyada Anguilla avlodidan oddiy daryo ugor, yapon ugori uchraydi. 


Oddiy daryo ugori - Anguilla anguilla deyiladi Evropada ko’llarda va suv omborlarida 
iqlimlashtirilgan. Uzunligi 1,5 m, massasi 4-6 kg. Tanasining orqa tomoni to’q yashil, terisi 
sariq, qorin tomoni oq yoki sariq. Oddiy daryo ugorining 2 ta vakili bor: keng boshli oddiy daryo 
ugori va ingichka boshli oddiy daryo ugori. Ugorlarning voyaga etganlari daryolarda yashaydi, 
ko’llarda ham uchratish mumkin daryo bilan qo’shilgan bo’lsa. Jinsiy voyaga etgan darvdan 
oldin oziqlanshdan to’xtaydi. Bosh qismi ingichkalashadi va tana rangi o’zgaradi hamda 
tananing orqa tomoni qorayadi, qorin tomoni esa kumush rang oq bo’ladi. Ko’zlari va ko’krak 
suzgichlari yiriklashadi. 2000 m chuqurlikda ko’payadi. 4 – 8 yoshida sametslari dengizga 
ketadi, samkalari 7-12 yoshda. Urchigandan keyin o’lib ketadi.
Ikralardan lichinkalari chiqqan vaqtda ularning tanasi yon tomondan siqilgan bo’ladi, 
shaffof rangda, og’zi katta tishlari uzun bo’ladi. Chuqrlikdan yuqoriga ko’tariladi – bu davrda 
leptotsefalga aylanadi. Leptotsefal – kichik boshli ko’zi va og’zi ham kichik lichinkalari. Keyin 
tanasi yarim shaffof silindrsimon lichinkalarga, ugorchalarga aylanadi qirg’oqqa yaqin joylarda. 
Keyingi metamorfozda ularning tanasi kichiklashadi, tana rangi o’zgaradi va hokozo. Ularni jinsi 
yashyash joyiga qarab aniqlanadi. Daryoda juda yuqoriga ko’tariladiganlari samkalari. Tungi 
hayot tarzga ega, kunduzlari soyada yotadi. Qishda ugorlar oziqlanmaydi, balki chuqurlikda 
yarim anabiotik holda harakatsiz tiqilib oladi.
Kenboshli ugorlar –yirtqich, boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Ularning ikralari kichik. 
Daryo ugori qimmatbaho sanoat ahamiyatiga ega. Yosh lichinkalari ko’llarga, suv 
omborlariga tashlanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling