Qishda uxlaydigan qushlar


Download 207.5 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi207.5 Kb.
#1197640
  1   2   3   4
Bog'liq
Qishda uxlaydigan qushlar1111




MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….…..2
I-BOB BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA "" QISHDA UXLAYDIGAN QUSHLAR " MAVZUSINI OʻRGANISHNING NAZARIY ASOSLARI…………………………..………..….5
1.1 Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida " Qishda uxlaydigan qushlar" " mavzusini oʻrganishning mazmun mohiyati…………………………………………………..…...5
1.2 “Qishda uxlaydigan qushlar" mavzusini oʻrganishda nutqiy kompetentsiyalarni shakllantirish…………………………………………………………………………...7
II-BOB. BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA " QISHDA UXLAYDIGAN QUSHLAR " MAVZUSINI OʻRGATISHNING YOʻLLARI VA USULLARI……………………………………………………………..………….....12
2.1. " Qishda uxlaydigan qushlar" " mavzusini o‘rgatishning metodik usullar ……12
2.2 Dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda " Qishda uxlaydigan qushlar" mavzusini o‘tish yo‘llari……..…………………………………………………………………..15
XULOSA VA TAFSIYALAR………………………………………………….…..21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI……………………………..22
ILOVALAR………………………………………………………………………….24


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahonda amalga oshayotgan ijtimoiy-iqtisodiy globallashuv jarayoni ta’lim tizimida ko’zga tashlanmoqda. Elementar bilimlar bilan qurollantirish hamda savodxonlikni oshirishda muhim bosqich hisoblangan boshlang’ich ta’limga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Boshlang’ich ta’limga, ta’lim jarayoniga individual yondashuv muammosiga turli mamlakatlar ta’lim sohasi vakillarida turlicha yondashuv amalga oshirilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Xususan, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida bola shaxsiga qaratilgan ta’lim texnologiyalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili va o’qish savodxonligini oshirish muammosi, ularning individual xususiyatlarini ro’yobga chiqarish, qiziqishlari hamda ehtiyojlariga tayanish tendentsiyalari ustunlik qiladi.
Ta’lim tizimining dunyo amaliyotida o’qitish metodikasini individuallashtirish va kompetentsiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ta’lim sifatini ta’minlashning yetakchi omili sifatida qaraladi. Xususan, ona tili va o’qish savodxonligini shakllantirish va takomillashtirish texnologiyalarini, ona tili ta’limini tizimli tarzda tashkil etishning metodologik asoslari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nutq va tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirishning, shuningdek, interfaol ta’limni mediatexnologiyalar vositasida tashkil etishning didaktik ta’minotini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar boshlang’ich ta’limdan boshlab o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilim o’zlashtirishga ehtiyojini, asosiy milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili va o’qish savodxonligini shakllantirishning pedagogik yondashuvlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida o’qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, kichik yoshdan o’quvchilarda o’qishga sog’lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish1 kabi muhim vazifalar belgilangan. Umumiy o’rta ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, PIRLS tadqiqot metodlari asosida o’quvchilarda ona tili va o’qish savodxonligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida ona tili va o’qish savodxonligining sifati va samaradorligiga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda ta’lim jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar boshlang’ich ta’limdan boshlab o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishga ehtiyojini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning me’yoriy asoslar ishlab chiqildi va moddiy texnika bazasi takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2da “Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” masalasiga ustuvorlik berilgan. Natijada ona tili ta’limida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish strategiyalarini takomillashtirishning metodik imkoniyatlari yanada kengayadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307 son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi, 2019 yil 30 sentyabrdagi PQ-4467-son “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-sonli “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2020 yil 14 dekabrdagi VMQ-781 son “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari, shuningdek, mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 207.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling