I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarda jag‘sizlar katta sinfi to‘garak og‘izlilar sinfi, tuzilishi, 
skeleti, xazm qilish organlari, jabra apparati, qon aylanish sistemasi to‘g‘risida mikroskopik 
ishlarni amalga oshirish kunikmalari shakllanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Miksinalarning xarakterli belgilari 
Tugarak og‘izlilar sinfining umumiy tavsifi. To‘garak og‘izlilar umurtqali hayvonlarning 
primitiv gruppasi bo‘lib, minoga va miksinlarni o‘zi ichiga oladi. To‘garak og‘izlilarning gavdasi 
silindrsimon cho‘ziq bo‘ladi. Terisi yalang‘och, shilimshik. Juft suzgich qanotlari bo‘lmaydi. 
Og‘zi jag‘siz bo‘lib, Og‘iz so‘rg‘ichining to‘rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod 
saqlanadi. Orqa miyasining yon tomonlarida juft tog‘ay o‘simtalari metamer xolda joylashadi. 
Bu o‘simtalar umurtqalilarning ustki yoylarining kurtagidir. 
Daryo minogasi misolida to‘garak og‘izlilarni ichki va tashqi tuzilishi. Morfologiyasi. 
Gavdasi uzun ilonga o‘xshaydi va uch qismga - bosh, tana va dumga bo‘linadi. Boshining 
oldingi past qismida Og‘iz oldi voronkasi bor. Og‘zi oldi voronkasida shox tishlari bo‘ladi. 
Boshning ikki yon tomonida bir juft ko‘zi bo‘ladi. Ikki ko‘zining orasida toq burun teshigi bor. 
Boshining ikki yon tomonida ettitadan jabra teshiklari bo‘ladi. Orqa tomonida oldingi va keyingi 
toq orqa suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich 
qanoti birlamchi teng pallali protatserkal tipda bo‘ladi. Gavdaning ostida, tana bilan dum 
qo‘shilgan erda orqa chiqaruv teshigi va siydik-tanosil organlari joylashgan. 
Teri qoplag‘ichi yumshoq bo‘lib, unda tashqi skeletning asari ham yo‘q. Terisida talaygina 
bir hujayrali bezlar bor. Skeleti asosan tog‘aydan tashkil topgan. O‘q skeleti bo‘lib, umrbod 
saqlanadigan xorda xizmat qiladi. Xordani va orqa miyani biriktiruvchi to‘qimali parda o‘rab 
turadi. Orqa miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo‘ylab mayda tog‘aylarning 
juft qatori bor. Bu tog‘aylar umurtqalar murtagi hisoblanadi. 
Bosh skeleti miya qutisi, og‘iz oldi voronkasi skeleti va visseral apparat skeletidan 
iborat.Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o‘rab oladi. Miya qutisining 
engsa bo‘limi taraqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov 
kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi. 
Og‘iz oldi voronkasi skeleti faqat to‘garak og‘izlilarga xosdir. U voronka devorining 
yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog‘aylardan tuzilgan. 
Visseral skelet jabra qutisidan, stilesimon tog‘aydan va ko‘z osti yoyidan iborat. Jabra 
kutisining o‘zi tog‘ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog‘ayi tegib turadi. 
Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan. 
Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichik va miyacha uzunchoq 
miyadan ajralmagan, bosh miyaning bo‘limlari bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Oldingi 
miya yarim sharlarining tagi targ‘il tanadan tuzilgan, usti yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh 
miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. 
Orqa miyasi lentasimon shaklda bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari 
boshqa umurtqalilarga qarshi o‘laroq bir-biri bilan qo‘shilib, aralash nerv tanasi hosil qilmaydi. 
Sezuv organlari kam taraqqiy etgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va 
unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko‘zida shox parda rivojlanmaydi. Xid bilish organi toq. 
YOn chiziq organi teri yuzasiga joylashgan. 
Ovqat hazm qilish organlari og‘iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og‘iz bo‘shlig‘iga 
ochiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida shox tishlar va til bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘idan faqat to‘garak 
og‘izlilarga harakterli ikkita nay-pastda nafas nayi va ustida qizilo‘ngach nayi ketadi. 
Qizilo‘ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida xazm qilish yuzasini 
kengaytiruvchi spiral klapani bo‘ladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. 
Oshkozon osti bezi ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshkozon osti bezi 


ichakning butun devoriga tarqalgan. Nafas olish organlari yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra 
xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomonidan yaproqsiz ichki jabra yo‘llari 
ochiladi. Ichki jabra yo‘llari nafas nayiga chiqadi. To‘garak og‘izlilarning jabra xaltachalari va 
ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi. 
Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo‘l bilan orkaga 
qaytib tashqariga chiqib ketadi. 
Qon aylanish sistemasi — lansetnikning qon aylanish sistemasi shaklida tuzilgan. Lekin 
minogalarda yurak bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor. YUrak 
qorinchasidan qorin aortasi chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvchi jabra 
arteriyalari chiqib, jabra oraliq to‘siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi. Oksidlangan qon olib 
ketuvchi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig‘iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab 
gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun 
gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqa aortasi chiqadi. Gavdaning bosh 
tomonidan venoz qon bir juft kardinal venalarga yig‘iladi. Bularning har qaysi mustaqil ravishda 
vena sinusiga quyiladi. Ichakdan venoz qon-jigar o‘pka venasiga yig‘iladi. Bu erdan venoz qon 
jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo‘lmasiga, yurak bo‘lmasi esa 
yurak qorinchasiga ochiladi. 
Ayirish organlari bir juft mezonefritik tipdagi buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda 
bo‘shlig‘ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig‘i bor. Siydik kanali 
bo‘lib Volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi. 
Ko‘payish organlari toq bo‘ladi. Pishib etilgan jinsiy hujayralar gavda bo‘shlig‘iga tushadi 
va siydik tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi, urug‘lanish suvda o‘tadi. 
To‘garak og‘izlilarning sistematikasi va ahamiyati. Jag‘sizlar (Agnatha) ikkita sinfga: 
To‘garakog‘izlilar (Cyclostomata) va qolqondorlar (Ostracodermi) sinflariga ajratiladi. 
qolqondorlar kichik baliqsimon ko‘rinishdagi hayvonlar bo‘lib, silur-devon davrida qirilib 
ketgan.
To‘garakog‘izlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo‘linadi. 
1-kenja sinf — minogalar 
Minogalar bitta minogasimonlar turkumini va minogalar oilasini o‘z ichiga oladi. Bular 
dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib ovqatlanadi. Minogalar ko‘pincha 
baliqlarning gavdasiga yopishib olib, uning qoni va go‘shtini so‘radi. Ko‘zlari yaxshi 
rivojlanmagan. Jabra teshiklari 7 juft bo‘lib, qar biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi. 
Minogalarga vakil qilib, gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi va
daryo minogalarini misol keltirish mumkin. 
2-kenja sinf — miksinalar 
Miksinalarning orqa suzgich qanoti yo‘q, ko‘zlari terisi ostiga yashiringan. Jabra teshiklari 
15 juftgacha bo‘ladi. Ichki qulog‘ida faqat bitta yarim doirali kanali bo‘ladi. Jabra teshiklari 
kanallar holida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi. 
Bu belgilarning hammasi miksinalarning ovqatlanishiga asoslangan, ya’ni miksinlar 
baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini eydi. SHu sabali bular parazit 
hayvonlar deb ataladilar. 
Ahamiyati. Minogalar ovqatga ishlatiladi. Rossiyada minogalar, asosan, Volga daryosidan 
tutiladi. Miksinlar to‘rga tushgan baliqlarni eb ko‘yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli 
darajada zarar etkazadi. 
Savollar 
1. 
Tugarak og‘izlilar sinfi qanday harakterli belgilarga ega? 


2. 
Daryo minogasining tuzilishi qanday? 
3. 
To‘garak og‘izlilar sinfi qanday kenja sinflarga va turkumlarga bo‘linadi? 
4. 
To‘garak og‘izlilar sinfi vakillarining o‘rganishning qanday ilmiy va amaliy 
ahamiyati bor. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling