I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Xazm qilish organlari.og‘iz bo‘shlig‘ini chegaralovchi jag‘larda, odatda, ancha yirik 
tishlar bo‘ladi.Og‘iz bo‘shlig‘i jabra yoriqlari bilan kesilgan xalqumga tutashadi. YUqorida 
aytilgan jabra yoriqlarining rudimental bo‘lgan sachratgichlar ham halqumga ochiladi. Kalta 
qizil o‘ngach yoysimon egilgan medaga ochiladi.Medadan esa kalta ingichka ichak 


boshlanadi.Yo‘g‘on ichakning diametric ancha kalta bo‘lib,spiral klapanlari bor.Uning xizmati 
to‘garak o‘g‘izlilar klapanlarining vazifasidan farq qilmaydi.Ammo ular hosil qilgan spirallar 
yirik bo‘lgani uchun chuqur halqalar paydo bo‘ladi.Ikki pallali jigarining o‘t pufagi bo‘lib, uning 
yoli ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi. 
SHunday qilib tog‘ayli baliqlarning xazm qilish organlari morfologik nuqtai nazardan 
murakkablashib,bu murakkablanishi birinchidan, uning togarak og‘izlilarga nisbatan ko‘p 
qismlarga bo‘linishida, ikkinchidan, xazm qilish yolida qayirmalar paydo bo‘lishi bilan uning 
uzunlashishida ko‘rinadi. To‘garak og‘izlilarning xazm qilish yo‘li to‘g‘ri ekanligi ni eslatib 
o‘tamiz. 
Nafas olish organlari.Har bir jabra yorig‘ining bir uchi halqumga, ikkinchi uchi, mustaqil 
tashqariga ochiladi.Jabra teshiklari jabralar aro keng to‘siqlar bilan bir-biridan ajralgan bo‘lib,bu 
to‘siqlarda tog‘aydan iborat jabra yoriqlari joylashgan.Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining 
oldingi va orqa devorida joylashib, yarim jabralarni hosil qiladi.Baliqlarning jabra yaproqchalari 
ektodyermadan kelib chiqqanligi bilan to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. 
Qon aylanish sistemasi.Tog‘ayli baliqlarning yuragi ikki kamyerali bo‘lib, yurak bo‘lmasi 
va qorinchasidan iborat. YUrak bo‘lmasiga yupqa devorli keng vena sinusi yondoshgan 
bo‘lib,unga vena qoni quyiladi. 
YUrak qorinchasining orqa (qon oqimiga qarab ) qismiga arterial konus joylashgan.U 
qorin aortasining boshlang‘ich qismiga o‘xshash bo‘lsa ham, yurak qorinchasining bir 
qismidur.Arterial konus yurakning bir qismi ekanligini unda (yurakning boshqa qismlaridagi 
kabi) ko‘ndalang yo‘lli muskullar borligidan bilish mumkin.Arterial konusda qorin aortasi 
boshlanib, undan jabralarga tomon besh juft jabra arterial yoylari chiqadi.YOylarning jabra 
yaproqlarigacha qismi qon oqib ketuvchi jabra arteriyalari deb ataladi.Qon olib ketuvchi 
arteriyalar uzunasiga joylashgan aorta tamoni deb ataladigan juft tomirlarga qo‘yiladi. Ular 
o‘zaro qo‘shilib, umurtqa pog‘onasi ostida joylashgan va ichki organlarni qon bilan taminlovchi
orqa aortani hosil qiladi.Aorta tomirlaridan (chiqaruvchi jabra arteriyalarining birinchi juftidan) 
uyqu arteriyalari chiqib, boshni qon bilan taminlaydi. 
Vena qoni boshdan juft bo‘yinturuq (boshqacha qilib ildingi kordinal vena deb xam 
atalgan) venalarga yig‘iladi.Tanadan qon juft orqa kardinal venaga to‘planadi, ular yurak 
tekisligida tegishli tomonning bo‘yinturuq venalari bilan tutashib vena sinusiga quyiladigan juft 
kyuvyer oqimini hosil qiladi.Ichaklardan qon ichak osti venasiga quyiladi, u jigarda qopqa vena 
sistemasini hosil qiladi.Jigardan qon jigar venasi orqali ( ko‘pincha juft boladi) vena sinusiga 
quyiladi. 
Nerv sistemasi.Bosh miyyasi nisbatan kotta. Nerv moqqasi faqat oldingi miyaning osti va 
yon tomonlariga emas, balki uning qopqog‘ida ham bo‘ladi. O‘rta miyasi yaxshi rivojlangan, 
miyachasi katta. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling